Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Ko’pchilik mutaxassislar
marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati” ni
yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tovarlarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
mehnatga haq to’lash darajasi;
madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va
rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd
qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va
iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida
ixtiro qilingan, yaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib,
talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona
tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu siz esa sotishning maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida
hisoblash chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.
Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi
xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida
reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan
birga xaridor psixologiyasi tovar va firma bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga
ham egadir.
Marketologlar, soda veb sahifalarni tashkil etgan holda, iste’molchilarga
yordam berib, kuchilroq iste’molchi munosabatini tashkil etishlari mumkin.
Axborot texnologiyasidagi rivojlanish, T-T ga marketing jarayonini
o’zgartirib yubordi. Online sotib olish, ko’p hollarda e-xarid deb atalib, ohirgi
yillarda tezlikda rivojlandi. 15 yil oldin nomalum bo’lgan, hozirgi kunda ko’p
korxonalar uchun odatiy jarayonga aylanib ulgurdi.
E-xarid, ko’p hollarda korxonalarga yetkazib beruvchilarni aniqlashda yangi
imkoniyatlarni ochib, xarid harajatlarini kamaytirgan holda, ishni ancha
yengillashtirdi. O’z navbatida, marketologlar, iste’molchilar bilan onlayn tarzda
aloqaga kirishgan holatda ma’lumot yetkazish, mahsulot yoki servisni sotish,
iste’molchini quvvatlash xizmatini bajarib, mavjud iste’molchi munosabatini
rivojlantirishi mumkin.
Korxonalar, e-xaridni, ko’p yo’llar orqali bajarishlari mumkin.Ular teskari
auksion, ya’ni buyurtmasni internetga joylashtirgan holda, yetkazib beruvchilar
taklifini kutishlari mumkin.Shuningdek, korxona e-xaridni bajarish maqsadida,
o’ziga tegishli bo’lgan, kompaniya xarid saytlarini tashkil etishlari mumkin. Misol
uchun, GE, o’z ehtiyojlari joylashtirib, takliflarini qabul qilib, muzokara qilish,
joyni kelishish kabi ishlarni bajaruvchi kompaniya xarid saytlarini tashkil etishlari
mumkin. Ba’zi hollarda, kompaniya tanlangan yetkazib beruvchilar bilan ekstranet
ssilkalarini tashkil qilishlari mumkin. Misol uchun, ular Dell yoki Staples kabi
korxonalar bilan umumiy akkaunt ochgan holda, bunda korxona jixoz, manbalarni
to’g’ridan to’g’ri xarid qilishadi. Staples, tadbirkorlikdan tadbirkorlikka
ishlaydigan, Staples Advantage bo’limini tashkil qilib, 20 ta ischi dan tortib Fortune
132
Do'stlaringiz bilan baham: |