Kasbiy qayta tayorlash fakulteti


Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan me’yordan og‘ish ko‘rinishlarini oldini olishning psixologik profilaktikasi



Download 249,5 Kb.
bet13/15
Sana29.12.2021
Hajmi249,5 Kb.
#76186
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKTAB PSIXOLOGINING TARBIYASI OG‘IR BOLALAR BILAN OLIB BORADIGAN PROFILAKTIK ISHLARI BMI

Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan me’yordan og‘ish ko‘rinishlarini oldini olishning psixologik profilaktikasi

Keng ma’noda psixologik profilaktika psixologik diagnostika tadbirlarining natijalariga asoslanadi.

Xulqida og‘ish ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan “tarbiyasi og‘ir” o‘smirlar bilan o‘tkaziladigan psixologik profilaktika 3 bosqichda amalga oshiriladi.

Birlamchi profilaktika og‘ishgan hulq turlarini namoyon bo‘lishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Og‘ishgan xulq o‘smir sog‘ligi, hayoti uchun xavfli ekanligini tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu boskichda o‘smirlarning o‘z sog‘liklari uchun kayg‘urish hislari etarlicha faolashmaganligi, ularning hayotiy tajriba va ko‘nikmalari etarlicha emasligini inobatga olgan holda uning ushbu omilning sub’ektiv uchun ahamiyatini anglashiga alohida e’tibor berilishi zarur.

Ikqilamchi profilaktika shakllangan og‘ishgan xulq turlarini murakkablashishi, oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda og‘ishgan hulqning sabab va oqibatlari to‘g‘risida munozaralar, davra suhbatlari, ijodiy insholar o‘tkazilishi asosida o‘smir o‘z o‘zini anglashi, o‘zidagi hissiyotlarni refleksiv tushunishga yordam beradi. Ikkilamchi profilaktikani amalga oshirishda ta’qiq, jazolash, tushuntirish, verbal profilaktika metodlaridan foydalaniladi. O‘zaro emotsional yaqin suhbatlar jarayonida o‘smir uchun uning sog‘ligi uchun tadqiqotda qatnashgan o‘smir bilan ishlashda faqat verbal proofilatikaning o‘zi etarli emas, deb hisoblaydilar. Bu o‘rinda o‘smirga muqobil differensial yondoshuv asosida hulq ko‘rinishlarini (sog‘lom turmush tarzi, yaqin do‘stlar bilan birga bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish, oilaviy yumushlarda o‘z hissasini qo‘shish, uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik va hokazo) taklif etish zarur. Psixologik treninglar shuningdek, o‘smirlarda konstruktiv hayotiy faollikni oshirishga yordam beradi.

Uchinchi boskich-asoratlarni tuzatish. Muloqot treninglari, davra suhbatlari. O‘smirlar uchun emotsional ko‘taringi ruh yaratuvchi ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish. Barcha bosqichlarda o‘smirlar bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish masalasi alohida e’tibor talab qiladi.

Profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish zarur:


  • O‘smir shaxsiga pozitiv yondoshuv.

  • O‘smir hulqida salbiy ko‘rinishlariniga emas, rivojlantirilishi zarur bo‘lgan ijobiy shaxs xususiyatlarini aniqlab, unga tayanish o‘smirda ijobiy ijtimoiy hulq ko‘rinishlariga nisbatan pozitiv munosabatni shakllantirish.

  • O‘smirni axborot madaniyatini shakllantirish.

  • O‘smirlik davrida olingan axborotlarni mantiqiy tahlil uchun hali etarli darajada hayotiy tajribaga ega emasliklarini inobatga olgan holda o‘z fikrlarini ifodalashda axborot nima uchun va kim tomonidan berilayotganligini tahlil qilish.

  • Faollik. O‘smirlarga turli ijtimoiy faoliyat turlarida ishtirok etish imkonini berish, nazorat.

  • Turli ijtimoiy psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish, natijalar monitoringi natijalarini tahlil qilish.

Psixologik profilaktika ishlari bevosita o‘smir ta’lim-tarbiya olayotgan ta’lim muassasalari, oila va mahalla faollari bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Profilaktik ishlar bevosita korreksion va diagnostik tadbirlar bilan birgalikdla amalga oshiriladi. Bunda:



  • Og‘ishgan xulq ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan o‘smirlarni aniqlash;

  • Og‘ishgan xulq ko‘rinishlarini haqiqiy motivlarini diagnostikasini amalga oshirish;

  • O‘rganilayotgan har bir o‘smirning yosh va individual xususiyatlarini o‘rgangan holda differensial yondoshish;

  • Deviant hulq ko‘rinishlari shakllanishini oldini olishga yo‘naltirilgan ijtimoiy munosabatlarga negativ munosabatlarni bartaraf etish imkonini beruvchi profilaktik tadbirlar tashkil etish;

  • O‘smirlarni diagnostik va korreksion tadbirlarda ishtirok etishga nisbatan ijobiy motivatsiyani shakllantirish.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor berilishi zarur:

Og‘ishgan xulq ko‘rinishlariga sabab bo‘luvchi yaqin ijtimoiy muhitdagi negativ ta’sirni bartarf etish.

Ijtimoiy muhitning salbiy ta’siriga nisbatan psixologik himoya mexanizmlarini faollashtirish(asotsial guruh, notinch oiladagi nizolar va h.).

Profilaktik ishlarni amalga oshirilishi bevosita psixoterapevt, psixiatr, psixolog, pedagoglar yaqin hamkorligi asosida amalga oshirilishi profilaktik tadbirlarni kompleks tarzda, amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu hollarda profilaktik tadbirlar zaruriy hollarda davolash muolajalari bilan birga olib borilishi asosida o‘tkaziladi.

Hulqiy og‘ishlar ayrim hollarda o‘smirlik davri uchun xos bo‘lgan xususiyat ham hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqotimizda nazorat guruhi va tajriba guruhidagi harakter aksentuatsiyasi butsicha natijalarning o‘xshashligi fikrimiznin yana bir bor isbotlaydi

O‘smirlarda hulqida og‘ish ko‘rinishlarini shakllanishining oldini olish va bartaraf etish quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor qaratilishi zarur.

O‘smir ongida o‘zining atrofdagilar uchun keraklilik hissini tarbiyalash, ularni ijodiy tushunish, vijdoniylik tuyg‘usini tarbiyalash o‘smir shaxsi va individualligini xurmat qilish.

O‘smirning tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatlarini faollashtirish, ijtimoiy faolligini rivojlantirish.

O‘smirni yaqin ijtimoiy muhitidagi insonlar hatti- harakatlarini to‘g‘ri tushunishiga erishish.

O‘z-o‘ziga xurmat, mustaqillik his-tuyg‘usini shakllantirish.

O‘smirlar orasida, mehnatda va maktabda uni oilada tengdoshlari, katta yoshdagi odamlar muloqotga ko‘nimkalarini shakllantirish.

O‘smirda irodaviy xususiyatlarni rivojlantirish, mas’uliyat, o‘z hatti -harakatlari oqibatlarini mantiqiy tahlil qilish.

O‘smir shaxsini rivojlanishiga yo‘naltirilgan konstruktiv faoliyat turiga jalb qilish.

O‘smirlarda ertangi kunga ishonch, hayotiga maqsadlar qo‘yish, xavotirlanish darajasini me’yorlashtirish.

Ulardagi ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish.

O‘smir qiziqishlari, qadriyatlar tizimi motivatsion sohasini psixologik diagnostikasi natijalariga asoslangan psixologik profilaktika va korreksion tadbirlarni amalga oshirish.

O‘smirlarda og‘ishgan xulq ko‘rinishlari namoyon bo‘lish holatlarini oldini olishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur.

Ota-onalar, pedagoglar, tarbiyachilar, ijtimoiy xizmat xodimlarining o‘smir yoshlarning yosh va individual xususiyatlari haqida psixologik savodxonlik darajasini yuksaltirish ijtimoiy hayotini...

O‘smirlar rivojlanishida og‘ishgan xulq ko‘rinishlarini kelib chiqish sabablarini va ularni hal etish usul va vositalarini aniqlash.

Ularning ichki ma’naviy dunyosini sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlar kerak bo‘ladi. Buning uchun zaruriy hollarda psixologik-tibbiy, pedagogik yordam ko‘rsatish.

Kasb tanlash bo‘yicha maslahat berish bo‘limi.

Oilaviy hayotning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida oila va mahalla hamkorligini mustahkamlash.

O‘smirlarga jinsiy rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha indiviudal maslahatlar berish.

O‘smirlar ijtimoiy faollikni yuksaltirish maqsadida emotsional jozibali ommaviy tadbirlar uyushtirish. Ushbu tadbirlarda ularni faolligini rivojlantirish.

O‘smirlar o‘rtasida ularning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan psixologik diagnostika tadbirlarni amaliyotchi psixologlar tomonidan muntazam tarzda olib borilishi. O‘zaro munosabatlardagi tushunmovchiliklarni agressiya vaziyatida emas, balki vaziyat yumshagandan so‘ng o‘zaro muhokama qilinishi tavsiya etiladi. Lekin bu borada muhokamani uzoq muddatga cho‘zish ham mumkin emas. Begonalarning ishtiroki tavsiya etilmaydi. Suhbat ob’ektiv kuchli emotsional holatlarga berilmagan tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofik. Suhbat jarayonida o‘smirning negativ hulqi oqibatlarining nafaqat atrofdagilar uchun balki o‘zi uchun ham xafvli bo‘lgan jihatlarini atroflicha muhokama qilish zarur. Psixologik korreksiya jarayonida har bir tekshirilayotgan o‘smir bilan suhbat boshidanoq do‘stona munosabat o‘rnatish darkor. Psixolog suhbat uchun shunday iliq muhit yaratishi kerakki, o‘smir bu muhitda o‘zini yaxshi va erkin his qilishi zarur. Psixologlarning tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, xulqida og‘ishga moyilligi bo‘lgan o‘smirlar o‘z harakatlarining ahloqsizligiga qisman bo‘lsa ham ishonadilar.

XULOSA.

YUqoridagi holatlarni psixolog xulqida og‘ishga moyilligi bo‘lgan o‘smir yoshlarning ahloqiy- huquqiy me’yorlarini tahlil-diagnostika qilayotganida e’tiborga olish zarur. YAkka tartibda o‘tkazilgan suhbatlar davomida “tarbiyasi og‘ir” o‘smirlar namoyon qilgan tahliliy ko‘rsatkichlari, nomsiz anketa so‘rovnomasi javoblari orqali to‘ldirish mumkin. SHu maqsadda tuzilgan anketa so‘rovnomalari savollari 20 tadan ortik bo‘lmay, quyidagi ahloqiy va huquqiy me’yorlar haqida tushunchalarni qamrab olsa, maqsadga muvofiqdir:

Jamiyat talab qilayotgan ahloqiy va huquqiy hulq me’yorlarini bilishi;

O‘smirning hayotiy qadriyatlari mezoni;

O‘z hatti-harakatidagi xatolik va huquqbuzarlik darajasini idrok etish;

O‘qituvchilarga, ota-onalarga, oilaning boshqa a’zolariga bo‘lgan o‘z munosabatini baholay bilish;

Sinfdosh va ko‘chadagi do‘stlariga uning munosabati va ularning o‘smirga bo‘lgan munosabatiga baho bera olish;

Deviant hulq namoyon qilishga moyilligini idrok etish;

O‘z sifatlariga, qobiliyat va imkoniyatlariga, o‘z shaxsiyatiga baho bera olish;

Maktabdagi o‘qishiga, o‘z sohasidagi va hayotiy yo‘lidagi kelajagiga bo‘lgan munosabat.

O‘smirlik davri xususiyatlari shunday-ki, u o‘zining nohaqligini tan olishga qiynaladi. Atrofdagilarning uning hulqiga salbiy baholashi unga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun suhbat jarayoni nihoyatda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bunday vaziyatlarda psixolog maslahati o‘smir shaxsini psixologik shikastlantirishda saklagan holda suhbatni olib borilishi nihoyatda muhimdir. Bu borada o‘smirning hatti-harakatlarini keskin salbiy baholash mumkin emas. Imkon qadar uning salbiy jihatlarini minimal tarzda ta’kidlab qo‘yish zarur. Masalan sen uni xafa qilmokchi emasding “Sening niyatlaring boshqacha edi”.

Suhbat jarayonida o‘smirni o‘z fikringizga albatta qo‘shilishini talab qilish mumkin emas, o‘smirga uning nuqtai nazaridan aytishga imkon berish o‘zaro kelishuvga kelish shartlarini hamkorlikda shakllantirish zarur.




Download 249,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish