SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHASI VA KASBGA MOSLASHISH
Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‗ra, uning holati haqida fikr yuritish mumkin. His-tuyg‗ular –
kishining o‗z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‗ul bo‗layotganiga nisbatan o‗zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His- tuyg‗ularning kechishi sub‘ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to‗g‗risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma‘lum yoki noma‘lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‗y beradi. SHu hollarning barchasida his-tuyg‗ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so‗z yuritiladi. His-tuyg‗uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma‘noni anglatadi (qo‗rquvdan titrash va h.k.). kishini tez chulg‗ab oladigan va shiddat bilan o‗tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o‗zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‗z-o‗zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda esa, u holda affekt bo‗rondir. Kuchli zo‗riqish (ko‗z yosh to‗kish, kulish) natijasida mayda sa‘i-harakatlar barbod bo‗ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig‗ini tobora ko‗proq darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo‗llarida qo‗zg‗alish kuchaya boshlaydi.
Kayfiyatlar – ancha vaqt davomida kishining butun xatti- harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifodalaydi. U shodlik, qayg‗u, jizzakilik yoki muloyimlik tarzida bo‗ladi. Kayfiyatlar odatda o‗ziga-o‗zi hisob bermasligi va sust namoyon
bo‗lishi bilan belgilanadi. Asosiy hissiyotlar stress holati – inglizcha stress – tazyiq ko‗rsatish, zo‗riqish degan so‗zdan olingan qiziqish malaka va ko‗nikmalarning rivojlanishiga, ta‘lim olishiga moyillik tug‗diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan hissiy holatdir.
Quvonch - qiziqish, hayratlanish, iztirob chekish, g‗azablanish, nafratlanish, jirkanish, qo‗rquv, uyalish – bular hissiyotning
asosiy belgi va ko‗rinishlaridir. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‗nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his- tuyg‗u ehtiros deb ataladi.
Muhabbat – hissiy ijobiy munosabatning ob‘ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko‗rsatadigan, hamda uni sub‘ektining barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo‗yadigan yuksak darajasidir.
Ta‘lim berish jarayonida talabalarda intellektual tuyg‗ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‗otish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. Ma‘lumki, agar talaba ta‘lim olishida bilimga ishtiyoq ustunlik qilmasa, agar u doimo yangi narsani bilib olayotganidan shodlik va baxtiyorlikni his etib turmasa, u holda talaba o‗qishda va mehnatda yuksak natijaga erisha olmaydi. «Aqlli kishi uchun har kuni yangi hayot boshlanadi» bu jumlani qayta- qayta o‗qir ekanman, jismimda, ruhiyatimda yangicha bir kuch, yashashga bo‗lgan ishtiyoq hissi uyg‗onib borardi. Stiven Likok shunday yozadi: «Taajubki, vaqtdan yulib olingan parchani bizning hayotimiz-umr deb ataymiz. Go‗dak o‗zicha «Qachon o‗smir bo‗laman» deb o‗ylaydi. Xo‗sh, keyinchi? O‗smir «Qachon ulg‗ayaman?» deydi . Xullas, u ulg‗aygach, «Qachon uylanaman?» deyishi tabiiy. Nihoyat, uylandi ham. Endi bo‗ldimi? Aslo! Hammasi o‗z navbatida kelaveradi. Pirovardida u «Qachon pensiyaga chiqaman?» deb qoladi. Ana endi pensiya yoshiga etgach, bir bosib o‗tgan «shonli yo‗lga boqadi» yuziga sovuq el urilgandek bo‗ladi. Ko‗z oldida hayotda qanchadan- qancha imkoniyatlarni sovurib yuborganini, u damlar endi mutlaqo qaytib kelmasligi haqidagi achchiq haqiqatni anglab etadi» Biz hayot mohiyati bir maromdagi kun soatida ekanini juda kech fahmlaymiz». Bezovtalik paydo bo‗ldimi, endi u shunchaki o‗tib ketadigan «ruhiy horg‗inlik» emas. Soat sayin, soniya sayin insonning asab tizimlarini xavfli yong‗inday qurshab oluvchi, azob-uqubatlari bilan tinkani qurituvchi ko‗rinmas yovdir. Konfutsiy «Ziqna, izzattalab, maydakash, mahmadona kishilarning turgan-bitgani zahar» degan ekan.
Samimiyat-insondagi eng oliy va ta‘sirchan, beminnat hamda engilmas qurol. Bizni tanqid qila boshlashsa, bir o‗zgarib olamiz ammo bizni maqtay boshlashsa, shunga loyiqmizmi, yo‗qmi, xursand bo‗lib ketamiz. Muhabbatning yonidan qayiqda boylik ketayotganini ko‗rib «ey boylik, meni o‗zing bilan olib ket» deb so‗radi.boylik «hech iloji yo‗q, mening qayig‗imda, juda ko‗p oltinlar va kumushlar, bor qara joy yo‗q».
G‗urur, faxrdan yordam so‗radi «G‗urur iltimos meni o‗zing bilan olib ket» deb so‗rasa. Buning hech iloji yo‗q, qayig‗imda hamma joyim juda chiroyli, sen uni buzib quyishing mumkin-deb javob beribdi.Muhabbat yonidan qayg‗u o‗tib ketayotganini ko‗rib qolib, ey qayg‗u meni ham o‗zing bilan olib ket desa: muhabbat men yolg‗iz qolishni istayman-deb ketib qolibdi. Muhabbat yonidan qayg‗u o‗tib ketayotganini ko‗rib qolib, ey qayg‗u meni ham o‗zing bilan olib ket desa: muhabbat men yolg‗iz qolishni istayman-deb ketib qolibdi. So‗ng yaxshi kayfiyatdan yordam so‗rab baqiribdi. Lekin yaxshi kayfiyat juda baxtli va xursand edi, kimdir uni chaqirayotganini eshitmadi. Bir paytda bir ovoz keldi, ey muhabbat yur men senga yordam beraman degan, qarasa bir keksa odam muhabbatni bir chekaga olib chiqdi. Muhabbat juda baxtli va xursand bo‗lib ketdi va unga kim yordam berganini ham bilmay qoldi. Atrofiga qarasa hech kim ko‗rinmadi, menga kim yordam berdi ey bilim deb so‗radi. Bilim javob berdi, senga vaqt yordam berdi- dedi.
Iroda – bu kishining oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishishida qiyinchiliklarni engib o‗tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‗z-o‗zini boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning inson tomonidan qo‗yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir. Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o‗z ehtiyojlariga ko‗ra o‗zgartirish imkoniyatiga ega bo‗ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo‗ladi. Iroda o‗zaro bog‗liq ikkita vazifaning undovchi va tormozlash (to‗xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta‘minlaydi va ularda o‗zini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |