Kasbiy psixologiyada shaxs muammosi



Download 263,27 Kb.
bet3/8
Sana16.01.2022
Hajmi263,27 Kb.
#378644
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
165-конвертирован

Psixik funksiyalar

Tafakkur- ratsional

Hissiyot- ratsional

Intuitsiya- irrat963,*sional

Sezgi – irratsional

Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin saqlanishi. Unda bizning o‗tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va tuyg‗ular aks etgan.

Arxetiplar

Arxetiplar birlamchi model yoki kollektiv ongsizlikning tarkibiy elementi hisoblanadi. Ular o‗zida insonlar idrok etganlarini,

kechinmalari va voqealar ta‘siriga javob berishini ma‘lum obrazlarda ilgari surishlari tug‗malik shaklini namoyon etadi. Eng asosiy arxiteplardan biri Men arxetipi, ota, ona, xudo, donishmand va boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‗zida simvollar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Masalan, Mariya, Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda g‗ildiragi.

SHaxs strukturasi SHaxs strukturasi quyidagi tuzilmalardan iborat: ego, person, anima (animus), soya va o‗zlik Ego-ongning markazi bo‗lib, o‗z-o‗zini anglashning asosi hisoblanadi.

Person - bu jamoa kishisi bo‗lib, inson o‗zini boshqalar bilan o‗zaro munosabatda namoyon qiladi. Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni ifodalab, kommunikatsiyaga muvofiqlashtiradi. Ikkinchidan - person individuallikni

bo‗g‗ib qo‗yishi mumkin. SHu bois person-ongning yuqori qatlami, ego ancha chuqurlashuv, botiq qismi.

Soya o‗zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya egoning aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning sotsial

standartlar mavjudligi bilan murosa qila olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab olgan. Soya-hayot quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. SHu sababli ego soya quvvatini zarur oqimga yo‗naltiradi.

Anima va animus

Anima - erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya‘ni ongsiz namoyon bo‗luvchi ayollik tomoni;

Animus- ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon bo‗luvchi ayollik timsoli. YUng anima va animus inson xulq-atvorida uyg‗unlashgan tarzda namoyon bo‗lishi kerak, bu uning har tomonlama muvofiqlashuvini ta‘minlaydi.

O‘zlik

O‗zlik - shaxsning yaxlitlik arxetipi.O‗zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar uyushuvini tashkil etuvchi aynlana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‗unlikni sezadi. SHu sababli, o‗zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir. Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‗lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko‗rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to‗liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub‘ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo‗lmaydi. Bu erda hayotning o‗zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon bo‗ladi, inson hayot tarzi bilan uni to‗ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni

o‗rniga sub‘ekt sifatida namoyon bo‗ladi. Bu erda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‗ladi va shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o‗zaro bog‗liqdir. Bu usul insonning hayoti o‗zidan o‗zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lib, u ―hayotning bu uzluksiz jarayonini to‗xtatib qo‗yishi, uzib qo‗yishi mumkin va insonning g‗oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g‗oyalar dunyosidan tashqaridagi pozitsiyani egallaydi. ―Bunday refleksiyaning namoyon bo‗lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‗liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‗tish imkoniyatini bog‗laydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o‗tish bilan yakunlanadi. SHu vaqtdan boshlab ―ruhiy bo‗shliqqa, ahloqiy skeptizmga, ahloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi anglangan sharoitda ahloqiy inson hayotini qurishga yo‗l ochila boshlaydi‖. Sanab o‗tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‗q bo‗lgan vaziyatda qolganda o‗zining beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba‘zida ―o‗zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o‗zining namoyon bo‗lishiga ko‗ra o‗zini o‗zi safarbar etish deb nomlab bo‗lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo‗qotish mumkin emas. SHunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat modusi - bu insonning tashqi dunyo bilan o‗zaro hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi ko‗pgina munosabatlarning o‗zaro bog‗liqligini to‗liq xarakteridir. Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. Uning ta‘sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi.


Download 263,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish