5-NAZORAT
IMT-50 guruh talabasi TOLIBJONOV ISLOMJON
KASBIY PSIXOLOGIYA
1.Muloqotning kommunikativ tomoni deganda nimani tushunasiz?
Muloqotning kommunikativ jihati kishilaming o‘zaro malumot almashishlari.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
2.Muloqotda refleksiya nima?
Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Refleksiya — (lotincha «aks ettirish») — o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi. Agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta’sir o'matishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti- harakatining sabablarini o'ylashga majbur bo'ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg'ular, intilish va fikrlashning o'ylab chiqarilishi kauzalatributsiyadeb ataladi. O'qituvchilar tomonidan bola harakatlarining sababi shunday talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi
3.Paralingvistik ta’sir deganda nimani tushunasiz?
-Paralingvistik ta’sir bu inson nutqini bezovchi,uni yoki kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar.Bularga misol nutqning pas yoki baland ovozda gapirilishi,yoki duduqlanish misol bo’la oladi.
4.Muloqotning interaktiv tomoni deganda nimani tushunasiz?
-Muloqotning interaktiv tomoni-muloqot olib borayorgan jamoadagi jamoadoshlarning o’aro bir biriga ta’sir o’tkazishi,bir birlarini muloqotlariga o’zining ta’siriga ega bo’lish hisoblanadi.Bunda ular o’zlari 3 xil amalga oshirishadi ushbu aloqani:har bir inson faqat o’z ishini amalga oshiradi,umumiy ishni hamma tomonidan bajarilishi va bir kishining boshqa kishilar bilan bir ishni amalga oshirishi.
5.Muloqotda identifikatsiya nima?
-Ingliz tilida identification so’zi mavjud.Uning ma’nosi bilish aniqlash degani.Psixologiyadagi identifikatsiya ham huddi shu ma’noda,ya’ni so’zlovchining hayollarini uning o’rnida bo’lib aniqlash,bilishga intilish hisoblanadi.Shnuning uchun ham bu atamani ingliz tilidan kelgan desak bo’ladi.
6.Empatiya nima?
-5-savoldagi kabi bu holatda ham inson o’z suhbatdoshi o’rniga o’zini qo’yib uning kechinmalari,hayollarini o’zida aks ettirishi,o’zida ularning his qilinishini sezish.
7.Muloqotning perseptiv tomoni deyilganda nimani tushunasiz.
-Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir.Muloqotning samarali va tushunarli bo’lishi aynan suhbatdoshlarning bir birlarini tushunishlari idrok etishlaridadir.Bu holat,ya’ni insonning inson tomonidan idrok etilishi psixologiyada “ijtimoiy persepsiya” deyiladi.
8.Attraktsiya nima?
-Bu shunday mexanizmki ,bunda attraktsiya odamlarni o’zaro ijobiy munosabatlari,do’stona tuyg’ulari,yoki har qanday hissiyotni shakllantirishda hissa qo’shadigan hisiyotlar asosida paydo bo’ladi.Bu ham insonni idrok etish yo’llaridan biri hisoblanadi.
9.Proksemika nima?
-Bu ijtimoiy psixologiyaning bir sohasi bo’lib ,bu asosan vaqtinchalik aloqa tizimini o’rganish hisoblanadi.Asosan noverbal muloqotda aks etadi.Asosiy sababi vaqtincha va fazoviy muloqot hisoblanadi.So’zning o’zi ham ingliz tilidan olingan proximity-yaqinlik degan ma’noni anglatadi.
10.Verbal va noverbal muloqot farqlariga misollar keltiring.
-Bu savolga javob berishdan oldin verbal va noverbal muloqot shakllari haqida eslatib o’tsam.
Verbal muloqot-bu so’z va insonning o’z fikrlari orqali bo’ladigan muloqot.
Noverbal esa-bu imo-ishoralar,mimika orqali olib boriladigan muloqot hisoblanadi.Bunda inson o’z fikrini qovoq solish,qoshini chimirish orqali bildiradi.
Ular o’rtasidagi asosiy farqlar:
-verbalda so’zlar ishlatilsa,noverbalda bu so’zlar o’rniga imo –ishoralar beriladi
-noverbal verbalning to’ldiruvchisi hisoblanadi,ya’ni verbalda anglanmagan fikr novverbal yordamida yanada yoqinlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |