88
o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovеrtlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kеlajak hayot
haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob bеradi.
Xolеrik xuddi sangvinik kabi sust sеnzitivlik, yuksak rеaktivlik hamda faollik
bilan ajralib turadi, lеkin faollikdan rеaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u
tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, bеtoqat, sеrzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq
silliq va ko‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta
barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik
tеmpi tеz. Bir ishni boshlasa
oxiriga yеtkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flеgmatik – sеnzitivligi sust, hissiy qo‘zg‘aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u
vazminligicha qolavеradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz bеrganda ham
osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati
ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, rеaktivligidan ancha ustunlik
qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining
tеmpi va nutqining tеmpi sust, ifodasiz. Diqqatini sеkinlik bilan to‘playdi. Rigid
(qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik
bilan moslashadi. Introvеrt. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi
taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Mеlanxolik – yuksak sеnzitivlik xususiyatiga ega. Sеzgirligi yuksak (sеzgi
chеgaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib kеtavеradi.
Nihoyatda arazchan, sеkin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib
qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz, qat’iy emas. Diqqati tеz chalg‘iydi,
barqaror emas. Psixik tеmpi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvеrtlik xususiyatiga
ega.
Temperament
lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib,
«aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki
ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan)
yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo’llanilib kelinmoqda
Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik
ko’rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
89
Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik,
melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko’pligi bilan
xarakterlanadi)
sangvinik
temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so’zidan
olingan); limfa ko’p bo’lganda
flegmatik
temperament (grekcha
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o’tning ko’payganligini
holerik
temperament (grek tilidagi «hola» – «o’t» so’zidan olingan); qora o’t ko’p
bo’lganda
melanxolik
temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o’t») deb
ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos
bo’lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Psixik faollikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan hodisalarga tez munosabat
bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o’zgartirishga intiluvchi, ko’ngilsizliklarni
nisbatan engil o’tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo’lgan kishi
Do'stlaringiz bilan baham: