Kasbiy psixologiya


VII- BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

 
VII- BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING 
TUZILISHI 
Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati 
Zamonaviy  mutaxassislarni  tayyorlashdagi  asosiy  muammolar  orasida  ikkita 
predmetli sohani alohida ajratib ko’rsatish muhimdir: “kasbiy sifatlar” va “kasbiy 
taraqqiyot”.  Kasbiy  sifatlar  insonning  butun  umrida  unga  hamroh  bo’ladigan  va 
hayot  faoliyati  davomida  muhim  o’rin  tutadigan  “Men  kimman?”  degan  ongli 
savolga  asosiy  e’tiborni  qaratadi.  Taraqqiyot  esa  kasbiy  rivojlanishga,  ishning 
sifatini  ortishiga,  izlanishlardagi  kashfiyotlarga,  qaror  qabul  qilishdagi 
egiluvchanlikka yo’naltirilgan bo’ladi. 
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas 
bog’liqdir:  kasbiy  sifatlar  bir  tomondan  kasbiy  taraqqiyot  jarayonida  shakllansa, 
boshqa  tomondan  –shaxsning  mutaxassis  sifatida  namoyon  bo’lishining  muhim 
ko’rsatkichi  hisoblanadi.  Amaliy  jihatdan  bu  quyidagilarni  anglatadi:  yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish, raqobatda sinmaslik, 
farovon  kelajakni  ta’minlash  uchun  mutaxassis  doimiy  rivojlanishda  bo’lishi, 
qolaversa,  ijtimoiy  va  mehnat  sharoitida  o’zining  mavqeini  tahlil  qilib  borishi 
lozim.  Shuning  uchun  kasbiy  sifatlarni  tadqiq  qilishning  zamonaviy  yo’nalishi 
shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish 
hisoblanadi.  
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o’zi 
haqidagi,  kasbiy  va  ijtimoiy  muhitdagi  mavqei  haqidagi  tasavvurlarining 
o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda 
aytadigan  bo’lsak  –  shaxsning  kasbiy  o’z-o’zini  anglashi  bilan  hamohanglikda 
kechadigan  jarayondir.  Kasbiy  shakllanish  inqirozlari  davrida  kasbiy  sifatlar 
yaqqol namoyon bo’ladi.  
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita 
yo’nalish  ko’rsatib  o’tilgan:  birinchisi  kasbiy  taraqqiyotga  shaxsning  o’z  ustida 


310 
 
ishlashiga yo’naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari 
va  omillariga  yo’naltirilgandir.  Dj.Sonenfeld  kasbiy  sifatlar  kasbiy  taraqqiyot 
jarayonida  yuzaga  kelishi  va  shakllanishini  aytib  o’tgan.  Kareraning  o’sishi  turli 
kasbiy sifatlarning o’zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan 
biroz  umumiyroq  kontseptual  sifatlarga  o’tish  sodir  bo’ladi.  Aynan  kontseptual 
sifatlar kareradagi o’sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi. 
R.Finchman  ishlarida  asosiy  e’tibor  kasbni  egallash  jarayonida  kasbiy 
talablar, axloqiy me’yorlar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining 
shakllanish  jarayoni  insonga  kasbiy  o’zini-o’zi  boshqarish  imkonini  beruvchi 
kasbiy  taraqqiyot  davomidagi  individual  xususiyatlar  va  ijtimoiy  ta’sirlarning 
o’zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo’ladi. 
S.Djoshli o’zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va 
mavqeini  tahlil  qilib,  shunday  xulosaga  kelgan:  kasbiy  sifatlar  faoliyat  bilan 
bog’liq  bo’lib,  kasbning  rasmiy  va  norasmiy  mavqeining  o’zaro  muvofiqligi 
asosida  shakllanadi.  Faoliyat  haqidagi  mavjud  tasavvurlar  bilan  muvofiq  kasb 
nomlari  o’ziga  yarasha  me’yoriy  talablarga  egadir  va  shuning  uchun  ham  o’z-
o’zidan  shaxsga  ma’lum  ma’noda  ta’sir  o’tkazadi.  Faoliyat  mazmunidan  tashqari 
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o’zaro hamkorligi 
ham ta’sir qiladi. 
K.Mak-Goven  va  L.Xartlar  asosiy  urg’uni  o’z  tarkibiga  kasbiy  rollarni 
amalga  oshirish  va  yangi  qadriyatlarni,  ustanovkalarni  va  kasbiy  sifatlar  tarkibini 
rivojlanishi  uchun  talab  etiladigan  maxsus  bilim  va  ko’nikmalarni  o’zlashtirishni 
qamrab  oluvchi  ijtimoiy  o’rganish  jarayoniga  qaratadilar.  Pedagoglarning  kasbiy 
shakllanishini  tadqiq  qilish  natijasida  quyidagicha  tahliliy  xulosaga  kelingan: 
pedagog-talabalar  tanqidiy  tafakkur,  shaxslararo  munosabatlar,  nizolarni  bartaraf 
etish  kabi  sohalar  yuzasidan  maxsus  bilim,  ko’nikmalarni  o’zlashtirishlari, 
qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur. 
Kasbiy  sifatlarining  shaxsiy  va  ijtimoiy  aspektlarining  muvofiqligi  g’oyasi 
“psixoijtimoiy  sifatlar”  tushunchasida  to’laligicha  aks  ettirilgan  bo’lib,  u  kasbiy 
taraqqiyotning  ijtimoiy  kontekstlari  bilan  bog’liq  kasbiy  sifatlarni  anglatadi.  Bu 
bilan  shaxs  taraqqiyoti  va  faoliyatni  amalga  oshirishda  ijtimoiy  muhitning  roli 


311 
 
alohida  ko’rsatib  o’tiladi.  Muammoga  bu  jihatdan  yondoshish  G.Teshfelning 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so’ng ommalashib ketdi. Faoliyat va 
o’zaro hamkorlikni o’zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining  o’zaro  munosabatlariga  hamda  individning  kasbiy  taraqqiyotiga  ta’sir 
o’tkazadi. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish