Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

 
Nazorat uchun savollar:
 
1.  Muxandis  xodimining  ijtimoiy  ongi  va  uning  asosiy  funktsiyalarini 
izohlang. 
2. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o’rin tutadi? 
3. Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo’llari qanday? 
4. Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 
5. Professiografiya nima 
6. Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif. 
7. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat. 
 
 
 
 
 
 
 
 


126 
 
VI-BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA 
UNING TUZILISHI 
 
                    Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot 
 
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas 
bog’liqdir:  kasbiy  sifatlar  bir  tomondan  kasbiy  taraqqiyot  jarayonida  shakllansa, 
boshqa  tomondan  –shaxsning  mutaxassis  sifatida  namoyon  bo’lishining  muhim 
ko’rsatkichi  hisoblanadi.  Amaliy  jihatdan  bu  quyidagilarni  anglatadi:  yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish, raqobatda sinmaslik, 
farovon  kelajakni  ta’minlash  uchun  mutaxassis  doimiy  rivojlanishda  bo’lishi, 
qolaversa,  ijtimoiy  va  mehnat  sharoitida  o’zining  mavqeini  tahlil  qilib  borishi 
lozim.  Shuning  uchun  kasbiy  sifatlarni  tadqiq  qilishning  zamonaviy  yo’nalishi 
shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish 
hisoblanadi. 
 
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o’zi 
haqidagi,  kasbiy  va  ijtimoiy  muhitdagi  mavqei  haqidagi  tasavvurlarining 
o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda 
aytadigan  bo’lsak  –  shaxsning  kasbiy  o’z-o’zini  anglashi  bilan  hamohanglikda 
kechadigan  jarayondir.  Kasbiy  shakllanish  inqirozlari  davrida  kasbiy  sifatlar 
yaqqol namoyon bo’ladi. 
Kasb  tanlashga  yo’llash  -  umuminsoniy  madaniyatni  shakllantirish 
jarayonining  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida  yosh  avlodning  kasbiy  tiklanishi, 
tabiat  in’om  etgan  (tug’ma)  layoqatlarini  rivojlantirishga  ko’maklashish,  insonga 
kasbiy  o’zligini  anglashiga  yordam  beruvchi  maxsus  chora-tadbirlar  majmuasi 
bo’lib,  uning  imkoniyat  va  ehtiyojlarini  xisobga  olgan  holda,  bandlik  va  maqbul 
ta’lim  turini  tanlash  ishlarida,  turli  xil  malakali  kasb  mutaxassislariga  bo’lgan 
ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.  
Kasb  tanlashga  yo’llashning  bosh  maqsadi  o’ziga  xos  usullar  yordamida 
mutaxassisning  mehnat  bozoridagi  raqobatbardoshligini  kuchaytirish  va  aholining 
samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.  


127 
 
Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil 
ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, 
qiziqishi,  qobiliyati,  moyilliklari  va  jamiyatning  kadrlarga  bo’lgan  extiyojidan 
kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.  
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:  
-  mehnat  imkoniyatlarini  oqilona  taqsimlash  va  foydalanish  xisobiga 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;  
-  shaxsni  ijtimoiy  va  iqtisodiy  himoyalash,  chunki  o’z  qiziqishlari,  moyillik 
va  imkoniyatlariga  mos  kelgan  kasbni  tanlagan  inson  ham  kasbiy,  ham  moddiy 
jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.  
Kasb  tanlashga  yo’llash  ishining  pirovard  natijasi  ijtimoiy  -  iqtisodiy  omil 
bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.  
Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:  
- kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;  
-  iqtisodiy  rivojlanish  va  mehnat  bozorini  o’rganish  va  prognoz  kilish  orkali 
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;  
-  shaxsni  kasb  tanlashga  yo’llash  va  psixologik-pedagogik  tashxis  qilish 
shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;  
-  O’zbekiston  fuqarolarining  va  (lozim  bo’lganda)  boshqa  davlat 
fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy 
nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;  
-  kasb  tanlash  yoki  almashtirish,  ta’lim  turi  va  ishga  joylashish 
imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; 
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;  
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va 
tavsiyaviy xarakterda ekanligi;  
-  kasb  tanlashga  yo’llash  xizmatlari  xodimlarining  kasbiy  axloq  normalariga 
rioya etishligi.  
Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:  
- umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari;  


128 
 
-  oliy  o’kuv  yurtlari  talabalari  va  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining 
o’quvchilari;  
- ishdan bo’shashi kutilayotganlar;  
- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.  

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish