31
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar
tizimli
(ma’lum vaqt davomida
ob’ektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va
tizimsiz
(noma’lum
vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va
ko’lamiga ko’ra kuzatishlar
qisqa vaqtli
(farazlarni ifodalash yoki boshqa
metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun
tadqiqotning boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar
davomida keng ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning
kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi
uzoq vaqtli
kuzatishlarga bo’linadi.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg’ularini
o’rganish, inson-texnika munosabatlari jarayonida kelib chiqishi mumkin
bo’lgan muammolarning sub’ektiv va ob’ektiv sabablarini o’rganishdir.
Shu bilan birga bu fanni o’rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida
e’tibor qaratish muhimdir:
–
turli nizolarning oldini olish;
–
personallar o’rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;
–
fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;
–
inson omilini birinchi o’ringa olib chiqish.
Kasbiy psixologiya fanini o’qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
–
bo’lg’usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan
qurollantirish;
–
kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga
tatbiq etish;
–
huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama
shakllantirish;
–
huquq
yo’nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy
qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
–
kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo’lish va
psixologik aloqa o’rnatish mahoratiga ega bo’lish.
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko’lamidan kelib
33
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat
qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda
qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi.
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini
tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi. Metod so’zi – yunoncha
methodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda
yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot
ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so’z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur
metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda
foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada
kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar,
faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda
mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatish
– psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli,
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod.
Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv
yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo’llagan holda nazorat
olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil:
Do'stlaringiz bilan baham: