Umumiy tergov jarayoni. Bunda tergovchi har xil umum faoliyat orqali maqsadga erishadi. Buning uchun turli operatsiyalar o‘ylanadi va ko‘pgina shaxslar yordamida amalga oshiriladi. Guvoh, gumondor shaxslar bilan muloqotga kirishish orqali ma’lumotlarni yig‘ishda ichki va tashqi bir-biriga bog‘liqlik yuzaga keladi, uning darajasi ham har xil bo‘ladi.
Alohida tergov harakati ma’lum bir vaqt bir nechta subyektlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tergov jarayoniga ochiq rivojlanuvchi tizim sifatida qarash mumkin, bunda har bir shaxs alohida funksiyani bajaradi.
Tergov jarayonini olib borish aniq shaxslarga qaratiladi. Tergovning obyekti bo‘lib shaxslar va ularning xatti-harakatlari hisoblanadi. O‘rgani- layotgan obyekt tergov jarayonida nafaqat o‘rganish obyekti, shuningdek tarbiya subyekti hamda ma’lumot olish manbai hamdir, uning (subyektning) xatti-harakati tergov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Jinoyatchi shaxsning faoliyatini o‘rganish spiral shaklida deb qarash mumkin, chunki spiralni bir uchi topilgandan keyin uning oxirini topish osonroq bo‘ladi va faktlar bir-biriga ulanadi. Bizga ma’lumki, sodir qilingan jinoyat izsiz qolmaydi, qandaydir darajada, qandaydir hajmda iz qoladi, bu iz orqali biz jinoyatning tuzilishini tiklashimiz mumkin.
Tergov ishlarni olib borishda tergovchi nazariy fikrlar asosida, yig‘ilgan faktlarga suyanib, eng qulay yo‘l tanlaydi va optimal xulosaga keladi. O‘tmishdagi voqealarni tiklashda faqatgina birinchi bosqichda hayotiy nazariy bilimlarga tayanadi va taxminiy voqealarning modelini tizimlashtiradi, faktlarni bir-biriga bog‘laydi, ish davomida faktlarni to‘ldirib boradi.
Bilish jarayoni tergovchining amaliy faoliyatini ham qamrab oladi. U faoliyatida tajribaga ko‘proq suyanadi. Faoliyat davomida tergov butunlay shu muammo bilan yashaydi, shu muammo bilan nafas oladi. Tergov jarayonida ma’lumotlarning ko‘payib yoki juda ham kamayib ketishi tergovchi ishini og‘irlashtiradi. Birinchi qarashda hamma faktlar ishga taalluqliga o‘xshaydi, amalda esa keyinchalik ko‘pi puchakka chiqib ketadi. Bunday dalillar tergovchining qanday qiyinchiliklar va qaysi yo‘l bilan obyektivlik muammosini yechayotganini ko‘rsatadi.
Tergov harakatini olib borishda tergovchining ruhiy holati ham ko‘p narsani belgilaydi. Jumladan:
jinoyat sodir bo‘lgandan keyin jabrlanuvchilarning holati tergov- chida ruhiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi;
jinoyat sodir bo‘lgandan keyin shaxsni aniqlashdagi holatlar;
yomon holatni yuzaga keltiruvchi obyektlar (masalan, murda);
tergov faoliyatida kutilmaganda voqealaring birdan o‘zgarishi (ko‘rsatmalaridan voz kechish hollari)
Tergov faoliyatida voqealarning modelini tiklashda tergovchi ikkita yo‘lni tanlaydi:
obyektiv borliqni qabul qilish (ya’ni xonalarni, narsalarni ko‘rish va hujjatlarni tekshirish).
og‘zaki, yozma xabar va dalillarni qabul qilish.
Dastlabki tergovda tergovchining quyidagi xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi;
o‘zi hissiyotini saqlay bilishi;
tergovda gumondor shaxsning holatini psixologik tushunish;
shaxsning to‘liq gapirishi uchun sharoit yaratib berishi va uni eshita bilishi
Tergov faoliyatida har xil soha kishilarini tergov qilish jarayonida tergovchi kerakli, zarur ma’lumotlarni oladi, lekin bu ma’lumotlar hamma vaqt ham aniq va ravshan bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham turli voqea- hodisalar bilan taqqoslash, iloji boricha yonidagi tajribali xodimlardan maslahat so‘rash ham kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |