Sukunatni Meridit buzdi:
Falton qanday xatoga yo‘l qo‘ygan?
2-topshiriq
1935 yilda mashqur Stefan Dolmanning ekspeditsiyasi «yashil do‘zax» deb ataluvchi Janubiy Afrika changalzorlarida halok bo‘lgan edi. Ularning izini topa olmadilar. Bir qancha vaqt o‘tgach, ekspeditsiy
aqatnashchilariga o‘sha yurtlarda yashovchi qabilalardan biri hujum qilgan, degan mish-mish tarqaldi. Ekspeditsiya tarkibiga rahbar Stefan Dolman va uning rafiqasi Silvana, bukri fotosuratchi - Bob Trevor va Amerika ro‘znomalaridan birining muxbiri, Dolmanning, u bilan birga Afrikada sherlarga ov qilgan ko‘rimsiz va nimjon hamkasabasi - Djon Xardi va, nihoyat, Dolmanning yaqin do‘sti kapitan Alvaro Koles kirgan edilar.
Stefanning onasi Lyutsiya Dolman, Ikkinchi jahon urushining boshlarida vafot qildi. U umrining so‘nggi daqiqalarigacha o‘g‘lining tirik ekanligiga va uyga qaytishiga ishonardi. O‘limidan oldin u o‘zining katta boyligini o‘g‘liga vasiyat qilgan edi.
Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushi tugagach, bir necha yildan so‘ng Londonda Janubiy Afrikadan kelgan va o‘zini Stefan Dolman deb tanitgan odam paydo bo‘ldi. U Stefan Dolmannning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega edi va shunday voqealarni so‘zlab berdiki, Dolmanning marhum onasining vasiylari uni o‘g‘il va merosxo‘r deb tan oldilar.
Halok bo‘lgan deb hisoblangan odamning qaytib kelishi katta shov- shv ko‘tardi. Matbuot jasur tadqiqotchining sarguzashtlarini bajonidil tasvirlay boshladi. Birin-ketin qator suhbatlar, muloqotlar chop etildi, matbuot kengashlari o‘tkazildi.
Bir kuni Lyutsiya Dolmanning sarmoyalari saqlanayotgan bankning boshqaruvchisi politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. U merosxo‘r barcha pul mablag‘larini olgani va Janubiy Afrikaga jo‘nash niyatida ekanligi haqida xabar berdi.
Ckotland-Yard inspektori Antoni Sleyd o‘sha zahoti bank boshqaruvchisining idorasiga tashrif buyurdi, boshqaruvchi unga cheklarni ko‘rsatdi. Barcha cheklardagi imzolar tamomila bir xil va zig‘ircha ham farq yo‘q edi. Sleyd diqqat bilan barcha pul hujjatlarini ko‘zdan kechirdi, keyin boshqaruvchidan Dolman bilan tanish bo‘lgan-bo‘lmaganligi haqida so‘radi.
Qachonlardir urushdan oldin u bu yerda Djon Xardi bilan birga kelgan edi. Tashrif qisqa bo‘ldi va men ularning yuzini yaxshilab eslab qololmadim. Dolman juda ko‘p narsalarni boshdan kechirdi va, agar yuz ifodasiga qarab baho beradigan bo‘lsak, aftidan, u qattiq o‘zgarganga o‘xshaydi. Hatto ovozi ham o‘zgaribdi. Ochig‘ini aytsam, aynan mana shu shubhalar meni sizga qo‘ng‘iroq qilishga undadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |