Kasbiy psixologiya


§ ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HISSIY-IRODAVIY VA SHAXSIY



Download 3,02 Mb.
bet26/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§ ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HISSIY-IRODAVIY VA SHAXSIY

FAZILATLARNING O‘RNI

Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatlarida turli voqea- hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Xodim psixologiyasida namoyon bo‘la- digan bunday ruhiy holatlar voqelikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos individual psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi.

Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his- tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi. Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» - zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» - qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectuq» - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» - zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion - rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.

Kishi idrok etishi, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma’noda munosabat bildiradi, ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo‘ladi.

Hissiyot - kishining hayotida yuz berayotgan voqealarga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli shaklda bildiradigan ichki munosabati.

Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil o‘ziga xos kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy bo‘hronlar), kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress) holatlarini va his-tuyg‘ularni hosil qiladi.

Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o‘rinda hissiyot o‘zicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida alohida xossasi, xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish