Adabiyot yoki san’at haqida so‘z ketsa fikringizni himoya qila- sizmi?
Sizga yaxshi ma’lum bo‘lgan masala bo‘yicha noto‘g‘ri fikr eshitsangiz jim tura olasizmi?
Sizdan ish yoki o‘qish yuzasidan yordam so‘rashsa norozi bo‘la- sizmi?
O‘z fikringizni og‘zaki bayon etishga imkoniyat bo‘lsa ham yozma ravishda bayon etishni afzal ko‘rasizmi?
Natijalar izohi:
Agar siz savolga «Ha» deb javob bersangiz - 2 ball;
«Bilmadim», «Hayronman» deb javob bersangiz - 1 ball;
«Yo‘q» deb javob bersangiz - 0 ball.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 30-32 ball bo‘lsa: U holda siz «Muloqotmand» emassiz, ya’ni muloqotga ehtiyoj sezmaysiz. Bu xususiyatingizdan hammadan ham o‘zingiz ko‘proq jabrlanasiz, yaqinla- ringizni ham siz bilan muomala qilishlari murakkab. Jamoa kuchini talab qiladigan ishlarni sizga topshirib bo‘lmaydi. Odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga intiling.
Agar siz to ‘plagan ballar yig‘indisi 25-29 ball bo ‘lsa: Siz indamassiz, kamgapsiz, yolg‘izlikni yoqtirasiz. Yangi ish, yangi muloqotlar sizni anchagina muvozanatdan chiqaradi. Sizni bu xususiyatingiz ko‘pincha o‘zingizga yoqmaydi. O‘zingizni o‘zgartirish o‘zingizga bog‘liq.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 19-24 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan osoyishda muloqotda bo‘lasiz va notanish sharoitda o‘zingizga ishonasiz. Yangi masalalar sizni cho‘chitmaydi. Odamlar bilan kelisha olasiz, tortishuvlarda qatnashishni unchalik yoqtirmaysiz
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 14-18 ball bo‘lsa: Siz qiziquvchansiz, sergap suhbatdoshingizni qiziqish bilan tinglaysiz. O‘z nuqtai nazaringizni jahlsiz himoya qila olasiz. Shunga qaramay shovqinli davralarni yoqtirmaysiz.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 9-13 ball bo‘lsa: Atorfdagilar bilan tez muloqotga qirishasiz, ko‘plab yangi odamlar bilan tanishishni istaysiz. Qiziquvchansiz, sergapsiz, har xil masalalar bo‘yicha gapirishni yoqtirasiz. Hech kimning iltimosini rad etmaysiz, har doim ham uni bajarish imkoniyati bo‘lmasada. Hammaning diqqat-e’tiborida bo‘lishni istaysiz. Murakkab masalalarni hal qilishda sabr-toqat, qat’iyatlilik yetishmaydi. Lekin xohishingiz bo‘lsa, maqsadingizga erishish uchun o‘zingizni majbur qila olasiz.
Agar siz to ‘plagan ballar yig‘indisi 4-8 ball bo ‘lsa: Atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishga intilish sizni tinch qo‘ymaydi. Siz har doim hamma yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysiz. Har qanday masala bo‘yicha gapirib ketaverasiz, har qanday sharoitda o‘zingizni erkin tutasiz, har qanday ishni cho‘chimay, ishonch bilan boshlaysiz, vaholanki, ko‘pchilik hollarda uni oxirigacha yetkazmaysiz. Shu sababli hamkasblaringiz sizga ishonchsizlik bilan qaraydi.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 0-3 ball bo‘lsa: Sizning muloqotga bo‘lgan intilishingiz kasallik xarakterini olgan. Siz ezmassiz, sizga hech qanday tegishli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha ham hukm chiqarmoqchi bo‘lasiz. Jahldorsiz, tez xafa bo‘lasiz, ko‘pincha qat’iy va odil bo‘lmaysiz. Atrofdagi odamlarning siz bilan birga bo‘lishi qiyin. O‘z ustingizda ishlash sizga xalal bermaydi, o‘zingizda sabr-toqatni, o‘z-o‘zini boshqarishni, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |