Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani
bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e‘tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi
psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan; o‘ Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. o‘ Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi.
Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990- yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin.
XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo
bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an‘analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan.
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o`ziga xos holda belgilanib, ―kasb to`qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb atalgan. ―Mental xarita‖ - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo`lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo`llanish sohasi, aniq ishchi o`rniga nisbatan yashovchanligi o`rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko`rsatkichlaridan boxabar bo`lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko`rinishga ega bo`ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko`rsatkichlarni kiritadi:
SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
Bajarayotgan ishga qo`yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
Hayoti davomida talim olish va o`rganishga tayyorlik.
Madaniyligi, o`zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo`lish.
Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko`nikmasiga egaligi.
K.Farren kasbning yashovchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi:
Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog`liqligi.
Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg`unlashish imkoniyati.
Boshqa kasblarda o`z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati.
SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik.
Kasb bo`yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.
Mahoratga etaklovchi bilimga egalik.
Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo`lish .
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko`rsatkichlari bilan bir qatorda quyidagi ko`rsatkichlarni ham keltirib o`tish joiz: tanlangan ishlab chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖, ―ishchi o`rnining yashovchanligi‖.
XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida yuzaga kelgan bo`lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g`oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to`g`risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog`liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o`rtasida aloqa o`rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o`rganishga turlicha yondoshadigan beshta asosiy yo`nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo`nalishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |