Kasb tanlash yo`nalishlari
Kasb tanlash bilan bog`liq bo`lgan yo`nalishlarga to`xtalib o`tamiz. Ulardan birinchisi kasbiy ma‘rifat hisoblanadi. Kasbiy ma‘rifat deb tanlanadigan kasb haqida, uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni uzatishga aytiladi. SHuning uchun ma‘lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb haqida, uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha ko`p ma‘lumotlarga ega bo`lishlik shu kasbni tanlashda to`g`ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yo`lining boshida turgan o`spirin uchun juda foydali hisoblanadi.
Keyingi yo`nalish –kasbiy maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi:
Lug`aviy- ma‘lumot berish vazifasini bajaradi. Bu ma‘lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qo`yiladigan talablar, turli xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy o`sishning kelajakdagi yo`nalishlari haqida ish axtaruvchiga xabar beradi.
Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub‘ekti shaxsini uning ma‘lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai- nazardan o`rganish haqida gap ketadi. Biz o`z tadqiqotimizda ham mazkur masalaga etiborimizni qaratganmiz.
Korreksion vazifani bajaradi. Kasb tanlash sub‘ektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab o`zgartirish korreksiya deb ataladi
Kasbiy yo`nalganlik bu talabaning o`z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qo`llash uchun shaxsiy intilishidir. SHaxsning kasbiy yo`nalganligi kasbga nisbatan ijobiy munosabat, unga qiziqish va layoqat, shaxsiy tayyorgarlikni takomillashtirish istagi, o`z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishini o`z ichiga oladi. SHuningdek, kasbiy yo`nalganlik kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni hamda qabul qilishni nazarda tutadi.
Talabalarda kasbiy yo`nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlariga ishontirish, bo`lg`usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat an‘analarini targ`ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini ko`rsatish zarur.
SHaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o`rin tutadigan faoliyat yo`nalishidir. Bu faoliyat yo`nalishini to`g`ri tanlash va belgilash keng ko`lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. SHunga ko`ra, quyidagi mulohazaga e‘tibor qaratish ancha muhimdir. ―Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va xislatlari ustuvorligiga ko`ra munosibrog`ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yo`nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabrog` jarayon. CHunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo`lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko`rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o`rganish (qo`shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim
muassasalarida ta‘lim olish orqali. Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik‖ holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o`z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo`ladi. Kasb tanlash ma‘lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub‘ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob‘ekti) munosabatlarini o`zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi:. Tanlov sub‘ekti va tanlov ob‘ekti o`rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o`rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo`lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub‘ektining individual xususiyatlariga bog`liq holda kechadi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish davomida bugungi kunda mavjud bo`lgan muammolarni bartaraf qilish choralarini belgilab olishimiz lozim. Bu muammolarga quyidagilar kiradi:
kasb – hunarga yo`naltirish ishlarining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilik, ayniqsa, ota-onalar o`rtasida keng targ`ibot qilish ishlarini kuchaytirish;
ta‘lim tizimining barcha bo`g`inlarida kasb-hunarga yo`naltirish ishlarining ilmiy, o`quv-metodik, me‘yoriy bazalarini yaratish;
kasb-hunarga yo`naltirishning zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga izchil tatbiq etish;
kasb-hunarga yo`naltirishning uzluksizligini ta‘minlaydigan va yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradigan noan‘anaviy texnologiyalarni yaratish;
kasbiy axborot va maslahatlarning elektron tashuvchi vositalarini yaratish;
xorijiy mamlakatlarning kasb-hunarga yo`naltirish ishlarida ilg`or tajribalarini o`rganish va amaliyotga tatbiq etish;
hududiy tashxis Markazlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish va takomillashtirish.
O`spirinlarning kasbiy o`zlikni anglashi borasidagi holatlari tahlil qilinganda, ularning kasblar to`g`risidagi tushunchalarida sayozlik mavjudligi ko`zga tashlandi. Bundan tashqari, kasbiy o`zligini anglash bilan ma‘lum kasbni tanlash jarayoni o`rtasida ta‘lim-tarbiya muhiti va atrofdagilarning ta‘siri omillarini nazardan chetda tutmasligimiz lozim bo`ladi. Mazkur o`zaro ta‘sir jarayonlaridagi dialektik bog`liqlikning o`ziyoq ushbu masalaning naqadar murakkabligidan dalolat beradi. Masalan, birgina kasbiy maslahatni tashkil etishning o`zining bir qator bosqichlari mavjud:
kasbiy ma‘lumot bosqichida shaxs o`zi uchun mehnatni tashkil etish, ishga qabul qilish talablari, turli kasblarni egallashi, ularni tayyorlash bosqichlari va ta‘lim olish muddati, mehnat haqi va kasbning istiqboli xususida ma‘lumotlar oladi .
diagnostik bosqichda shaxsning o`z tanlagan kasbiga nisbatan qiziqishlari, layoqati, qobiliyati va maqsadlarining mosligi o`rganiladi
v) shakllantiruvchi bosqichda kasb tanlagan o`quvchi yoki shaxsga rahbarlik qilinadi, kasb tanlashdagi og`ishlarning oldi olinadi va tuzatishlar kiritiladi
g) tibbiy jihatdan salomatligining kasbga mos kelishini aniqlash va psixologik bosqichda shaxs sifatlarining o`z tanlagan kasbiga muvofiqligi masalalari muhokama qilinadi
Turli kasblar insonga qo`yadigan talablarini yaxshi bilish masalaning bir tomonidir. Bu talablarni ko`pincha turli xil kasblarga tibbiy va psixologik jihatdan zid deb ta‘riflash juda oson bo`ladi. Uning ikkinchi tomoni – ehtimol tutilgan mehnat bozorini jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo`lgan ehtiyojini bilishdir. Bu mohiyatiga ko`ra, iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo`lib, usiz kasb tanlashga yo`llash mumkin emas.
Kasbga yo`naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo`naltirilayotgan shaxsning qobiliyati va istagini bilishdan iborat.
Kasb mehnat bozori haqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga yo`naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakl joylashgan. U kasb tashviqotini jamiyat va davlat uchun zarur bo`lgan kasbga yoshlar e‘tiborini jalb etishni ham o`z ichiga oladi. YOshlarni kasblarga yo`naltirishda asosan muhitning: ota-onalar, tanishlar, o`rtoqlar, maktab, mahalla va ko`chadagi do`stlarning stixiyali ta‘sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan bahosi o`smirga ko`proq ta‘sir ko`rsatadi. O`smirlarga ta‘sir etish ahamiyatiga ko`ra, badiiy adabiyotlar, kinofilmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi o`rinni egallaydi. Ular o`smirlarda katta taassurot va hayajon uyg`otadi. Aksariyat o`g`il bolalar dengizchi, uchuvchi, milliy xavfsizlik va ichki ishlar xodimi, qizlar esa san‘atkor, shifokor, oshpaz, tikuvchi bo`lishni orzu qiladilar.
Har qanday kasb jamiyat uchun muhim, ishlayotgan kishilar uchun sharafli bo`lib, ularning mehnatga talabini qanoatlantirishi mumkin. Ularga bo`lgan munosabatlardagi farqlar jamiyat bahosi, ularning obro`yi, yoshlarning shaxsiy manfaati, istagi va mayli bilan izohlanadi. Bularning barchasi esa ijtimoiy muhit va o`z qobiliyatiga o`zi baho berish natijasida vujudga keladi. U yoki bu kasbga bo`lgan iste‘dodlarini, orzu, mayl va istaklarini o`quvchilarda oldindan uyg`otish va har tomonlama rag`batlantirish zarur. Umumiy ma‘lumot darajasiga qiziqishni uyg`otish bilangina chegaralanmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |