Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o`zgartirish muammosi
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g`oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo`lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo`lish). Bu uch xil komponentlar o`zaro bir-birlari bilan bog`liq bo`lib, vaziyatga
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo`lishi mumkin. SHuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo`lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo`lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish»,
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg`unlik yo`qligini ko`rsatadi. Bu bir qarashda so`z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo`lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o`rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo`lmasligiga yoshlarni o`rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‘sir ko`rsatadi.
2. Motiv tasnifi.
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o`zimizning shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg`unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o`lchanuvchi motivlar:
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo`lgan g`oyaviy motivlar;
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
borliq go`zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo`yicha umumiylikka ega bo`lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo`naltirilgan protsessual motivlar;
faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo`ljallangan rag`batlanuv, mukofot motivlari.
Faoliyat turlari mohiyatini o`zida aks ettiruvchi motivlar:
ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o`zida namoyon etuvchi motivlar;
o`qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
Paydo bo`lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo`lgan motivlar:
doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.
Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o`lchanuvchi motivlar:
kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar;
paydo bo`lishi, kechishi o`rta sur‘atli motivlar;
yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar.
Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
aniq, yaqqol, voqe bo`luvchi real motivlar;
zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar:
biologik motivlar;
psixologik motivlar;
yuksak psixologik motivlar.
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri.
Bu o`rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O`qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o`ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko`nikmalar o`zlashtriladi.
Foliyat turlari o`z-o`zidan ro`y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o`zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o`z-o`zidan ro`y bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?»,
«qanday manfaat yo`lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir.
Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o`zini tutish sabablarini o`rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi.
Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo`ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.).
Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar. YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladigan tashqi stimullardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |