Vijdon va vijdonsizlik
«Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deganda, odatda, kishining o‘z xatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi tushuniladi. Vijdon deb o‘smir Shaxs ining o‘z axloqiy xatti-harakatlarini va bu xatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ulari, kechinmalarini davlat, jamiyat tomonidan joriy qilingan axloqiy normalar nuqtayi nazaridan baholovchi va nazorat qiluvchi ichki tuyg‘ularining majmuasiga aytiladi. Vijdonning tarkibiy to’zilishi, birinchidan, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, erishgan muvaffaqiyatlardan o‘zini yo‘qotmaslik, ichki jihatdan qoniqish hosil qilish, ikkinchidan, o‘z shaxs iy manfaatlaridan kechib, o‘zini jamiyat manfaatlari yo‘lida baxshida etish kabi ichki tuyg‘ularni qamrab olganligini ko‘ramiz.
Vijdon insonning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. «Vijdonning buyuk qudrati bor, – deb yozgan edi qadimgi yunon mutafakkiri Sitseron, – gunohsizni har qanday qo‘rquvdan forig‘ etgani holda va gunohkorning tasavvurida u o‘zi loyiq bo‘lgan hamma jazolarni muttasil tiklagani holda, ikkovini ham baravar hayajonga solib turadi».
Burch, or-nomus va qadr-qimmat
«Kasb burchi» tushunchasi va uning ahamiyati. Inson ijtimoiy mavjudoddir. U jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘p qirrali faoliyat yuritadi, ana shu jarayon davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday aloqadorlik esa odamga qandaydir majburiyat yuklaydi, ana shu majburiyatni bajarish burchni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, burch, oddiy qilib aytganda, ado etilishi, bajarilishi shart bo‘lgan vazifa, majburiyatdir.
Burchning manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida maydonga chiqadi. «Or-nomus («sha’n»)va «qadr-qimmat» kategoriyalari. Or deganda, odatda, o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o‘z obro‘sini ulug‘lashi va ardoqlashi, ori yat, diyonat, uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. SHunga ko‘ra, oriyatli odam deb or-nomusini biladigan, o‘z obro‘yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa; nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi. Or-nomus» kategoriyasi bilan bir qatorda inson faoliyatining axloqiy tomonlarini ifodalovchi «qadr-qimmat» kategoriyasi ham mavjud.
Qadr-qimmat deb o‘smir shaxsining jamiyatda, kishilar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufo’ziga aytiladi. «Or-nomus» kategoriyasi shaxs axloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o‘z-o‘zini anglashi va nazorat qilishini ifodalaydi. Qadr-qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida o‘z qimmatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi.
Yuqorida zikr qilingan axloq kategoriyalaridan tashqari, «baxt», «hayotning ma’nosi», «imon», «adolat» kabi kategoriyalar ham mavjuddir.
Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, o‘smirlik shaxsining amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya’ni o‘ziga xoslik kasb etadi.
Shaxs lardagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishga, maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishga, mayl uyg‘otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e’tiqod funktsiyasini bajarishga aylansin.
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlangan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-kor madaniyatiga, ijodiy hamda ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida har xil toifadagi ko‘plab insonlar bilan, katta-yu kichik mehnat jamoalari bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Jamoa bo‘lib yashash jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yo’zaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat – xulq-atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarining majmuasi axloqning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning manbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat. «Axloq» – arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, odob degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yo’z beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yo’zaga keladigan munosabatlar; ularning xulq-atvori, yurish-turishi; adolat, sadoqat, burch, baxt kabi bir qator tushunchalarda ifodalanadigan munosabatlarining majmuiga aytiladi. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyatning ko‘p qirrali va murakkab axloqiy hayotini aks ettiruvchi «axloq» tushunchasini kategoriya sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyati ni boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, prinsip va normalarining majmuidir.
Axloq ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabat tariqasida vujudga kelgan. U o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
– umuminsoniy madaniyatning inson tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi faoliyat shaklidagi tarkibiy qismi;
– jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;
– kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘llaridan eng afzali;
– oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi va h.k.
Yuqorida bayon etilgan masalalar, ya’ni axloq, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni kabi muammolarni o‘rganish bilan bevosita axloqshunoslik fani shug‘ullanadi.
Axloqning jamiyat xaѐtida tutgan o‘rni u bajaradigan quyidagi funktsiyalar bilan belgilanadi: Regulyativ funktsiyasi –axloqning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Regulyativ funktsiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy printsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi. Aksiologik funktsiyasi (baholash) –yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u ѐki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-ѐmon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi. Informatsion (bilish) funktsiyasi-axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy printsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. Shu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, haѐtining ma’nosini anglashga ѐrdam beradi. Tarbiyaviy funktsiyasi–har qanday tarbiya tizimi –bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy ѐndashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.
Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy haѐtda faol ishtirok etadi, uning dunѐqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunѐqarashida individualizm printsipi ustun bo‘ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, printsip va sifatlarni o‘rganadi va haѐtga tatbiq etadi. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai nazar, yaxshilik ѐki ѐmonlik (axloq) va go‘zallik ѐki xunuklik (nafosat) nuqtai nazaridan ish ko‘radi. YA’ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan g‘oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi.
Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.
Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’ uchun kurashishi kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.
Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.
Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz.
Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:
- to’g’rilik, nazokat, vazminlik;
- xushmuomalalik, xushfe’llik;
- iltifoq;
- g’amxo’rlik;
- rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.
To’g’rilik- odamlar bilan odob - axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq - atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik - bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr - oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.
Xushmuomalalik - mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik - yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi. Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.
Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |