Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
1. Shaxsning kasbiy etikasi. Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o’rganiladi?
Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: “Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) – bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.
Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yo’zaga kelishiga yordam beradi.
Kasb etikasining kategoriyalari. Har bir fanning o‘z kategoriyalari bo‘lgani kabi o‘smirlik davri yoshlarning ham kasb etikasi va estetik madaniyati kategoriyalari mavjud. «Kategoriya» so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi «hukm», «guvoh», «ifodalash», «ta’rif berish», «fikr aytish» demakdir. Kasb etikasi fanining kategoriyalari boshqa fanlarning kategoriyalaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, etika kategoriyalari faqat axloqshunoslik sohasida emas, balki boshqa fan sohalarida ham qo‘llaniladi. Har qanday nazariya, kashfiyot va ilmiy qarashning zaminida ma’lum qadriyat bor, ya’ni u mazkur ish nima maqsadda qilingan, u yaxshimi yoki yomon narsami, degan savoldan tashqarida bo‘lolmaydi. Shunday qilib, amaliyotda axloqiy faoliyatdan tashqarida bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q.
Ikkinchidan, etika kategoriyalari (masalan, vatanparvarlik, adolat, javobgarlik va h.k.) bir vaqtning o‘zida boshqa fanlar – siyosiy, iqtisodiy va huquqiy fanlarning ham kategoriyalari hisoblanadi. Bu axloqiylikning, uning in’ikosi bo‘lgan axloq kategoriyalarining sintez qilish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Sintez, bir tomondan, axloqiy tarbiya uchun boshqa fan jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ish ko‘rishini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, boshqa fan kategoriyalariga axloqiy mazmun bag‘ishlashini, ularning axloqiylikdan tashqarida emasliklarini ham ko‘rsatib beradi.
Uchinchidan, etika kategoriyalari o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar inson hayotining barcha jabhalarini, ya’ni tug‘ilishidan hayotining so‘nggi kunlarigacha bo‘lgan mehnat, sevgi, kundalik odob-axloq, xulq, muomala – hammasini o‘zida umumiy tarzda aks ettirishi bilan ajralib turadi.
To‘rtinchidan, etika kategoriyalari kishilar xatti-harakatlari, xulq-avtorlarini jamiyat talablari nuqtayi nazaridan ma’qullash yoki qoralash, ya’ni axloqiy baholash xususiyatiga egadir.
O‘smir shaxsining etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |