29
O‗zlashtirish
30 ball
A'lo
30-25,8
Yaxshi
25,5-21,3
Qoniqarli
21-16,5
Qoniqarsiz
16,5 dan kam
JB va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‗plagan
talabaga YaB ga ishtirok etishga huquq beriladi.
YaB o‗tkazish shakli – test, og‗zaki, yozma ish yoki ushbu usullar
kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YaB turlarida fanni o‗zlashtira olmagan (54 % dan kam ball
to‗plagan) yoki uzurli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga
quyidagi tartibda qayta baholashdan o‗tishga ruxsat beriladi:
- qoldirilgan amaliy mashg‗ulot kelgusi darsga qadar guruh o‗qituvchisiga
qayta topshirish va maslaxat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‗ulotni qoldirgan talaba
fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;
- OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali
koeffitsentsiz qayt etiladi;
- semestr yakunida fan bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talabaning
o‗zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi;
- akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruhsatnomasi
asosida qayta o‗zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida
o‗zlashtira olmagan talabaga belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan talabalar
safidan chetlashtiriladi.
Talabaning reytingi quyidagi formula bo‗yicha hisoblanadi:
R =
bunda: Q-o‗zlashtirish darajasi (ball), V-umumiy o‗quv yuklamasi
(soat)
Reyting natijalarini qayd qilish tartibi
Fandan reyting nazorati bo‗yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost)
fan tugagan kundan bir kun muddatda kafedra 2 nusxada to‗ldiradi va mas'ul xodim
kafedra mudiriga imzolatib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.
Talabaning fan bo‗yicha baholash turlarida to‗plagan ballari reyting
qaydnomsiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining ―Umumiy soat‖
ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, ―Ball‖ ustuniga esa talabaning
mazkur mezonning 3.1 bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‗zlashtirish bali,
―Reyting‖ ustuniga hisoblangan reyting ko‗rsatkichi qo‗yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi ―Reyting daftarchasi‖ da
qayd etilmaydi.
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‗yicha talabaning
JB, OB hamda YaB turlarida ko‗rsatilgan o‗zlashtirish reyting ko‗rsatkichlarining
monitoringi olib boriladi. O‗zlashtirish natijalari kafedra tomonidan reyting nazorati
ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga
kiritiladi. Reyting nazorati ekranining tashkil etishi va uning belgilangan muddatlarda
to‗ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: