6
?
Uzbekist
о
n Respublik
а
sining
“
T
а’
lim tugrisid
а
gi K
о
nuni
”
T
о
shkent
1997 yil.
100
Buning asosida o‗quv dasturlar ishlab chiqishni asosiy va maxsus jarayoni,
kerakli kasb olingan kasb ta‘limiga muvofiq aniq va puxta shu bilan bir qatorda o‗zaro
bog‗liqlikda dastur asosida olib boriladi.
Asosiy o‘quv jarayoni –
bu bosqichda ta‘lim oluvchilar umumiy talablarga javob
beruvchi bilim, malaka va ko‗nikmalarga ega bo‗lib, ular shunday bilim oladilarki, u
ilmiy-texnik o‗zgarishlar ta‘siriga mos keladi. Umumiy mehnat egallangan bilim,
ko‗nikma va malakalarga kasbiy bilimlarga asos bo‗lib, uning mustahkamligi ishlab
o‗qitishni samaradorligiga olib keladi. Asosiy o‗quv jarayonida ta‘lim oluvchilar
egallashi lozim bo‗lgan bilimlar kelajakdagi uning faoliyati, mehnat turi va ishlab
chiqarishdagi egallaydigan o‗rniga bog‗liq bo‗ladi. Asosiy bilim berish jarayoni maxsus
bilim berishni negizi bo‗lib xizmat qiladi, shuning uchun ta‘lim oluvchi ko‗rsatilgan
fanlar bo‗yicha nazariy va amaliy mashg‗ulotlarni mustahkam egallab bormog‗i lozim.
Maxsus o‘quv jarayoni –
asosiy o‗quv bosqichdan maxsusga o‗tish sekin-asta
ro‗y berib, butun o‗quv jarayoni shu maqsadlarga qaratilgan vaqt ichida olib boriladi.
Maxsus bosqichda o‗qitish tanlangan kasbga yo‗naltirish bo‗yicha olib borilib, o‗qitish
jarayoni shu sohadagi texnik va texnologik rivojlanish talablariga javob bermog‗i lozim,
ammo markazlashtirilgan tartibda ishlab chiqilgan o‗quv dasturi xo‗jalik sohasidagi
yoki korxona talablariga javob Bera olmaydi, chunki bir sohada texnologik
jihozlarning bir turi o‗rganilsa, ikkinchi turida mutaxassislarni tayyorlashda turli sohalar
bo‗yicha o‗qitish afzaldir.
Maxsus o‗qitish jarayonida ta‘lim oluvchilarni korxonaning xususiyatlari bilan
aniq va mukammal tanishtirish jarayonida uning korxonadagi hamma ish turlarida
egallagan bilim va malakasini amalda qo‗llay olishni ta‘minlash lozimdir. Ta‘lim
oluvchilar ishlab chiqarishdaga texnik va texnologik jarayonlar, qurilma va moslamalar
haqida bilim olib amalda qo‗llay bilishlari kerak. Maxsus o‗qitish jarayonida o‗qituvchi
ustaning ishlab chiqarish jarayoniga o‗qitishda quyidagilarga erishmog‗i lozim:
Ta‘lim oluvchini hozirgi zamon texnika jarayoni metodlari va zamonaviy metodlarga,
qurilmalarda ishlashni o‗rgatish;
Mehnatni tashkil etish metodi ham ta‘lim oluvchini zarur bo‗lgan bilim, ko‗nikma va
malakalariga, kasbiy malakasiga qarab turli ish operasiyalarini bajarishni zamonaviy
texnologiya talabiga javob beruvchi ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ta‘lim oluvchini ish me‘yorini bajarishga yondoshishga o‗rgatish;
Korxonadagi ish chizmalarini to‗g‗ri o‗qishga, texnologik hujjatlardan to‗g‗ri
foydalanishga o‗rgatish;
Korxona jamoasida ta‘lim oluvchi ishidan muhim tarbiya sifatida foydalanish;
Ta‘lim oluvchini mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarishdagi va yong‗in xavfsizligi
talablariga amal qilishga o‗rgatish;
Ta‘lim oluvchini ish o‗rni va ish qurollariga nisbatan javobgarlik va qadrlash hissini
singdirish;
Ta‘lim oluvchida ish madaniyati haqida taassurot berish, ish joyini to‗g‗ri tashkil
qilishni o‗rgatish;
Umuman olganda, bugungi kunda shunday mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga
erishish kerakki, u anglagan holda ish unumdorligini oshirishga o‗z hissasini qo‗shsin.
Ularni ishlayotgan korxonaning obro‗si, ish sifatini oshirish ruhida, mehnat intizomiga
qat‘iyan rioya qilish ruhida tarbiyalash lozim.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |