“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning  psixologik jihatlari
V.A.Suxomlinskiy ko‘p yillik amaliy tajribani, kasbiy-ishlab chiqarish
faoliyatga moslashuvga oid qiziqarli fikrlarni umumlashtirib va tahlil qilib bunday
deb yozadi: "Agar o‘quvchi o‘z ishini chuqur o‘ylab tahlil qilsa, unda o‘z tajribasini
nazariy anglashga qiziqish, o‘quvchilarning bilimi bilan o‘zining kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga moslashuvi o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini izohlashga
qiziqish paydo bo‘lmasligi mumkin emas". Bo‘lg‘usi mutaxassis - o‘quvchining
kasbiy tayyorgarligiga, uning yosh fiziologiyasi va psixologiyasi asoslariga oid
bilimlarni egallab olishiga katta ahamiyat berib "qat’iy psixologik negizsiz kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv  yo‘q", deb hisoblaydi.
Psixolog olimlarning fikricha har qanday shaxsning shakllanishi asosan uch
sohada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki
bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabhasi, sohasi kengayib, boyib
boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va
ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik
davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni
paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z
o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi
jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish,
mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash,
anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs
psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud:
Birinchi bosqich—mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga
bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi
ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi
ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga
tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.


100
Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik
yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita
faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega
bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan
shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir.
Uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan
aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham
shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan
tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy
o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari shaxs
ijtimoiylashuvining ikkinchi bosqichida aniq namayon bo‘ladi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga qay darajada kirishib ketishi ularning yuqorida ko‘rib o‘tilgan
ijtimoiy sifatlaridan tashqari shaxsning psixologik sifatlari, shaxs bo‘lgan  toifalari va
ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasiga ham bog‘liq.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish