32
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish
ishlarining olib borilishi yetarli darajada emasligi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 sentabrdagi
406-sonli qarori bilan qishloq xo‘jalik tayyorlov yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar kollejlariga o‘quv xo‘jaliklari uchun yer maydonlari ajratib berilishi kerak
edi, amalda bu qarorning joylarda yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi;
yer maydoni va muayyan ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan kasb-hunar
kollejlarida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun boshlang‘ich kapital
mablag‘larining manba’larining aniqlanmaganligi;
ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ta’lim-tarbiya jarayonidan tashqari ishlarga
(qishloq xo‘jaligi ishlari, metall yig‘ish, majburiy obuna va x.k.) jalb etilayotganligi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirib, litsey va kollejlarga kirgan
o‘quvchilar o‘zlari uchun butunlay yangi bo‘lgan ta’lim muassasasidagi ijtimoiy
muhitga tez kirisha olmaganliklari;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirib, kasb-hunar kollejlariga o‘qishga
kirgan o‘quvchilarning shaxsiy, individual psixofiziologik xususiyatlari, umumiy
o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, ijtimoiy sharoitlari, istak-
xohishlarining turli-tumanligi kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarida hisobga
olinmaganligi;
o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish sekinlik bilan amalga oshirilayotganligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika,
o‘quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash tugallanmaganligi;
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshmayotganligi;
ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish
to‘liq amalga oshmayotganligi.
Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq
yaratilmaganligi va shu kabi ko‘p sonli majmuaviy muammolar mavjudligidan
darak bermoqda.
Har qanday pedagogik tadqiqot maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. Tadqiqot
natijalari ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi zarur.Tadqiqot mantiqi
turli bosqichlarni ko‘zda tutadi.
Ilmiy pedagogik tadqiqot amaliyot uchun yangi muhim bilimlarni olishga
yo‘naltirilgan ilmiy faoliyat jarayoni va natijasidir. Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalari
ta’lim-tarbiya tuzilmasi, mazmuni va texnologiyasi, tashkil etish shakllari, metodlari
va vositalarini takomillashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: