184
Biz, " integratsiya" tushunchasiga berilgan turli xil izohlarni umumlashtirgan
holda, bu jarayonni u yoki bu fanning ularni unifikatsiyalar va majmualashtirishga
olib keladigan tarkibiy qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy-metodologik
o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib chiqqan ilmiy tadqiqotlarimizda "integratsiyalash, integratsiyalash
jarayoni" tushunchasi bilan bir qatorda "differensiatsiyalash, differensiatsiyalash
jarayoni" tushunchasi ham uchraydi. Integratsiyalash va differensiatsiyalash jarayoni
inson tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir tomondan, olam - yagona butunlik sifatida,
ikkinchi tomondan chuqur aniq qonuniyatlar va sifatiy o‘ziga xos turli xil tarkiblar,
sistemalar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ikkita jarayon bir-birini dialektik taqozo
qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integratsiya va differensiatsiya
jarayonlarining o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy bilimlar taraqqiyotining turli bosqichlarida bu jarayonlardan bittasi
ikkinchisidan ma’lum vaqt mobaynida ustunlik qilishi mumkin. Fan-texnika
taraqqiyotining hozirgi bosqichida, integratsiya jarayoni differensiatsiya jarayoniga
nisbatan ustunlik qilmoqda. Shubhasiz, ilmiy bilimlar differensiatsiyasi fan-texnika
taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.
I.T.Frolov fikricha - "integratsiyalash g‘oyasi fan va texnika taraqqiyotidagi
asosiy yo‘nalishdir".
Hozirgi kunda fanlar ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot
ishlari bilan integratsiyasi muammosiga e’tibor ortib bormoqda. Bu holat o‘z
navbatida tabiat va jamiyat taraqqiyoti muammolarining majmuaviy xarakterda
ekanligini isbotlamoqda, ya’ni ularning yechimi bir qancha fanlarning yutuqlarini
amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrda ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari
bilan integratsiyasining yangi zamonaviy turi bilishning umumiy ilmiy shakllari va
vositalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida
ularning shakllanish manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik,
pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy
ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero ta’limining, jumladan kasb
ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi ko‘p tushunchalarga umumiy
ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: