3. Maqsadga muvofiqlik va tizimlilik - dolzarb pedagogik muammolarning
maqbul yechimlarini topishni rejalashtirishda shart-sharoit, imkoniyat, talablar
muvofiqligini ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi.
4. Ijodiylik va mustaqillik - kollej rahbariyati har bir muhandis-pedagog,
tarbiyachilarning o‘z qobiliyati va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-
sharoit yaratib, ko‘mak berishlarini ko‘zda tutadi. Chunki uslubiy ishlar ijodkorlik,
faollik, novatorlikka asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |