140
a) oddiydan murakkabga (induktiv);
b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma’lumga (deduktiv);
3. Tarbiya jarayonini o‘rganuvchilarning mustaqil tarbiya tafakkuri darajasiga
ko‘ra:
a) mahsulsiz (reproduktiv);
b) mahsullik (produktiv);
4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga ko‘ra:
a) Tarbiya beruvchi rahbarligidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar;
b) Tarbiya beruvchi rahbarligisiz tahsil oluvchilarning mustaqil ishlari
(manbalar
bilan ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat vazifalarini
bajarish va shu kabilar);
5. Tarbiyalanuvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha:
a) tarbiyalash o‘yinlari;
b) tarbiya bo‘yicha munozaralari;
v) tarbiya bo‘yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish;
6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag‘batlantirish usuliga ko‘ra:
a)
ishontirish;
b) talab qo‘yish;
v) qo‘yilgan talabga muvofiq mashq qildirish;
g) rag‘batlantirish va jazolash;
7. Nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuliga ko‘ra:
a) yakka
holda tarbiyalash;
b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash;
v) og‘zaki va yozma sinov yoki so‘rovnomalar;
g) dasturli so‘rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz);
d) o‘z-o‘zini nazorat qilish va shu kabilar.
Pedagogikada maqsadiga ko‘ra tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga
ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor
tajribasini shakllantirish
metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari.
O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida quyidagi shakllardan foydalaniladi.
1. Fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash.
2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish jarayonida
o‘quvchilarni tarbiyalash.
3. Darsdan tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy
va turli xil tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash.
Fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash har bir fan va
undagi har bir mavzuni o‘rganish jarayonida uning tarbiyaviy xarakterini,
tomonlarini
ochib berish orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish
ularning jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda
esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dasrdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulot va muloqat quyidagilarga imkon
beradi:
· bir-birini bilish;
· yaxshi munosabatlar shakllanishi;
141
· shaxs qirralarini anglash;
· yaxshi daqiqalarni
birgalikda boshdan kechirish;
· insonlarning yaqinlashuvi;
· hamkorlikdagi hissiy kechinmalar;
· do‘stlashish-ruhiy yaqinlashish;
· tarbiyachi kasbining kerakligini
his etish;
· ehtiyoj-talabni his etish.
Darsdan tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy
va turli xil tarbiyaviy tadbirlar tarbiyalamoq o‘quvchi-yoshlarning faoliyatini tashkil
qilmoq demakdir
Do'stlaringiz bilan baham: