“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning bosqichlarini aytib bering.
2. Kasbiy pedagogikada qo’llaniladigan metodlarni aytib bering.
3. Nazariy metodning mazmuni nimadan iborat?
4. Eksperiment-tajriba-sinov usulining o’ziga xosliklari nimalardan iborat?
5. Suhbat metodi haqida ma’lumot bering.
6. Sotsiologik tadqiqot metodining mazmunini tushuntiring.
V BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
5.1. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. DARS
TASNIFI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari. Darslarni tasniflash
tarixidan.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari.
3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
?


109
1. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (o‘qituvchi va tahsil oluvchilar)ning ma’lum
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi
ko‘rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish davrida ta’limning tashkiliy shakllari
turlicha bo‘lgan.
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o‘qitish keng tarqalgan bo‘lib, ma’lum
ijobiy jihatlarga ega bo‘lganligi bois hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. O‘rta asrga
kelib, kasbiy ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o‘tkazila boshlagan. Chunki bu
davrda sanoat ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilayotgan davr edi.
XVI asrning oxiri va XVII  asrning boshlarida chex pedagogi Y.A.Komenskiy
sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi paytda kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari quyidagi xususiyatlariga
binoan turlanadi:
1.
Tahsil oluvchilar soniga ko‘ra: ommaviy, jamoaviy, guruhli, individual.
2.
O‘qitish joyiga ko‘ra: ta’lim-tarbiya muassasalarida va ta’lim
muassasalaridan tashqarida (o‘quv ustaxonalarida, mashq maydonlarda,
korxonalarda, uy ishlari, sayohat va shu kabilar).
3.
O‘quv vaqtining davomiyligiga ko‘ra: 45 minutlik, juftlik (80 min),
qisqartirilgan (70 minutlik), qo‘ng‘iroqsiz.
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng ko‘lamda qo‘llanilganligi sababli dars ta’lim
tarbiya ishining asosiy shakli deb yuritiladi. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos
jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
-deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajadagi tahsil oluvchilar ishtirok
etadi;
-ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq alohida-alohida qismlar ko‘rinishiga
ega bo‘ladi;
-har bir dars o‘quv rejasiga kirgan ma’lum bir o‘quv predmetiga oid bo‘ladi;
-darslar muntazam ravishda almashib turadi;
-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqoriligi. Chunki bir o‘qituvchi bir
vaqtni o‘zida ko‘p sonli tahsil oluvchilar bilan ishlaydi;
 Shu bilan birga sinf-dars tizimining quyidagi kamchiliklari ham e’tirof
etilgan:
-o‘rtacha tahsil oluvchiga mo‘ljallanganligi;
-har bir tahsil oluvchilar bilan individual ishlash imkoniyatining yo‘qligi.
Butun uzluksiz rasmiy ta’lim jarayonining ta’lim-tarbiya berish qonun-qoida
va tamoyillari hamda jamiyatning davlat ta’lim tizimiga qo‘yadigan talablari dars
jarayonida amalga oshiriladi.
Umuman olganda,  har qanday narsa yoki hodisani tasniflaganda, unga shu
narsaning biron bir xususiyati asos qilib olinadi.
Darslarni ham tasniflamoqchi bo‘lsak, shu umumiy qoidaga rioya qilamiz.
Birinchi bor, ikki narsani asos qilib olib, darslarni tasniflab chiqqan rus olimi
I.N.Kuznetsov bo‘lgan. U o‘zining tasnifiga darsning mazmuni va dars o‘tish usulini
asos qilib olgan. Masalan, matematika darslariga kiritilgan mazmun asosida-
arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya guruhlari ajratilgan. Shunga


110
o‘xshash boshqa fanlarda ham darslarni tasniflab chiqish mumkin. Darsning o‘tish
usuli bo‘yicha: sinfda o‘tiladigan darslar, ekskursiya darslari, kinodarslar, mustaqil ish
darslari va hokazo.
Darsning mantiqiy tuzilishi va bilish jarayonining xarakteriga qarab darslar:
kirish darsi; egallangan bilimlar bilan birlamchi tanishish darsi; yangi bilimlarni
egallash darsi; egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi; ko‘nikmalar hosil
qilish darsi; umumlashtirish, qaytarish va mustahkamlash darsi; tekshiruv darslari;
aralash dars.
Nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar orasidagi keng qo‘llanilayotgan dars
tasniflaridan biri M.A.Danilov bilan B.P.Esipov ishlab chiqqan tasnif hisoblanadi.
Ular, o‘z tasniflariga ikki didaktik maqsadlar va darslarning umumiy tizimdagi o‘rnini
asos qilib olganlar. Ular quyidagilardir: 1) aralash darslar; 2) yangi material bilan
tanishish; 3) olingan bilimni mustahkamlash; 4) o‘rganilgan narsani sistemaga
keltirish va umumlashtirish; 5) bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish; 6) bilimlarni
tekshirish.
Yana darslar ularni o‘tish asosiga qarab, quyidagi turlarga ajraladi:
1.
a) dars-ma’ruza; b) dars-suhbat; v) kino darsi; g) nazariy yoki mustaqil
ishlar darsi; d) aralash dars.
2.
a) mustaqil ishlar darsi; b) dars-laboratoriya; v) amaliy ishlar darsi; g) dars-
ekskursiya.
3.
a) og‘zaki so‘rash; b) yozma sinov; v) sinov; g) sinov amaliy nazorat; d)
nazorat ishi; e) aralash dars.
Darslar ichki tuzilishiga qarab ham tiplarga bo‘linadi. Ya.Komenskiy va
I.F.Gerbartlardan boshlab, shu kungacha darsning to‘rt bo‘lakdan iborat bo‘lgan tipi
hukm surib kelmoqda. Bularga: yangi bilimlarni egallash uchun tayyorlanish; yangi
bilimlarni egallash; yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimga keltirish; egallagan
bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Bu tipdagi dars aralash deyiladi.
Uning shu kungacha saqlanib kelishining sabablaridan biri, aralash darsdagi
to‘rt unsur istagan ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda bu
tipdagi dars jarayonida didaktikaning deyarli barcha talablariga erishish oson.
Bu turdagi darslarning afzalligi yana shundaki, u dars jarayonida hukm
suruvchi qonuniyatlarga mos keladi. Bu darslarda o‘qituvchi va pedagoglar, o‘z
sharoitlaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning qabul qilish imkoni, tayyorgarlik
darajasi va boshqa bir qator omillarni hisobga olgan holda, darsga ajratilgan vaqtni
dars ichidagi to‘rt unsurni ixtiyoriy ravishda taqsimlay oladilar.
Aralash darslarning yuqorida aytilgan yutuqlari bilan bir qatorda,
kamchiliklari ham oz emas. Chunonchi, aralash darslarda, undagi to‘rt unsurning
hammasiga vaqt yetishmaydi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish