kasbiy ta’limda pedagog faoliyatining umumiy tavsifi: maqsadga yo‘naltirilganlik, o‘quv motivatsiya va rag‘batlantirish; yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; pedagogik loyihalarni amalga oshirishda shakl, metod va vositalarni optimallashtirish;
pedagogik mahorat va pedagogik bilimdonlik tushunchasi: o‘qituvchi
shaxsining shakllanish jarayoni; muloqatini asosini egallash; kasbiy-pedagogik muloqat texnologiyasi; pedagogik vaziyatlar: pedagogik vaziyatlarni va pedagogik masalalarni hal
qilish texnologiyasi; tarbiya faoliyati texnologiyasi; kasbiy ta’lim pedagogining ixtisoslik tavsifi: kasb-hunar kolleji pedagogining faoliyati: mohiyati, funksiyasi, tuzilishi, mazmuni; kasbiy ta’limda tarbiyaviy ish mazmuni va uni amalga oshirish; o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish; guruh rahbarining ishini rejalashtirish; tarbiya jarayonini boshqarish: kasbiy ta’lim tizimida innovatsion tarbiya tizimlarining tavsifi; zamonaviy kasb-hunar kollejlarida shaxsiy pedagogik tajribani orttirish tizimi, zamonaviy pedagogik g‘oya va tajribalarni rivojlantirish va ularni qo‘llash yo‘llarini egallash kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogik mahorat fanini;
pedagogik texnologiya haqida tushuncha: o‘quv jarayoni tuzilishida pedagogik texnologiya; an’anaviy pedagogik texnologiya; zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari, ularning qo‘llanilishi va tavsifi: shaxsiy-yo‘naltiruvchi pedagogik texnologiya, o‘quvchi shaxsiga va faoliyatini oshirishga yo‘naltirilganlik; zamonaviy va an’anaviy texnologiyani taqqoslovchi tahlil; o‘zlashtirish nazorati va tuzilishi: ma’nosi, nazoratga qo‘yilgan talablar va vazifalar, nazorat instrumentlarini ishlab chiqish, faoliyatni baholash va tahlil: pedagogik texnologiyani samaradorligini baholash – bu o‘qituvchi pedagogik mahoratining ko‘rsatkichi; ta’limda axborot texnologiyalari: kompyuterlar-o‘quv tarbiya jarayonlarni
boshqarish va tashkil qilish vositasi; dasturlashtirilgan pedagogik vositalar, masofadan o‘qitish tushunchasi; elektron o‘qitish vositalari va ularga o‘quv jarayonida qo‘llashda asosiy talablar kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogik texnologiyalar fani va shu kabi fanlarni.
Shu tariqa “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan o‘z aro aloqasi ta’minlanadi.
?
halarni keng va chuqur aloqadorligini o‘rganish mazmunini boyitishga uni o‘zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi.
Uzviylik alohida o‘quv predmetlarinigina emas, balki turli o‘quv predmetlarining o‘zaro munosabatlarini ham qamrab olishi zarur. Buning uchun turli o‘quv predmetlarini o‘rganishda ob’ektlarning turli jihatlarini ob’ektiv aloqadorligi asos hisoblanadi.
II. Ta’lim mazmuni avval DTS (TTS), so‘ngra o‘quv reja va dasturi shaklida loyihalashtiriladi.
Ta’lim mazmuni ta’lim jarayonining asosiy elementi (tashkil etuvchi
komponenti)ni o‘zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. O‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart-sharoit, makon, zamon, shuningdek ta’lim muassasasining turi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat ijtimoiy
va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish.
bilish tajribasi, atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va
natijalari;
v) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar tajribasi; g) axloqiy etik tajriba;
d) ma’naviy-madaniy tajriba va shu kabilar.
O‘qitish mazmuni muayyan ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmetlarini o‘rganish jarayonida o‘zlashtiriladi. O‘qitish mazmunining tuzilmasi, ya’ni turli elementlarning o‘zaro munosabatlari, ketma-ketligi, davomiyligini o‘quv rejasi aniqlab beradi Shu paytgacha o‘qitish mazmunini shakllantirishga yagona yondashuv ishlab chiqilmagan. Amalda o‘qitish mazmuni bajariladigan vazifalarning murakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi.
Masalan, umumiy ta’limning asosiy vazifasi insonni har tomonlama rivojlantirish, hayot va mehnat, kasb tanlashga va kelgusida kasb-hunar sirsinoatlarini o‘rganishga tayyorlashdan iborat.
Aniq kasb (ixtisoslik) bo‘yicha ta’lim mazmunini integrativ yondashuv asosida tanlab olishda uning qaysi soha bo‘yicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga olinadi.
Integrativ yondashuv asosida kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda me’yoriy asos tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi.
Demak, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb-hunar turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi. Yuqorigi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish yoki faoliyat ko‘rinishlariga mos bo‘ladi. O‘rta qatlam tutash kasblarga to‘g‘ri keladi; pastki qatlam esa alohida kasblar, ixtisosliklarga to‘g‘ri keladi. Tahlil borishida eng avval umumiy ta’lim mazmuni, keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb-hunarning o‘ziga tegishli mazmuni tanlab olinadi. Bunday deduktiv tahlil mazmunning unifikatsiyalashgan qismlarini ajratib olib, kasbiy ta’lim mazmunini ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini beradi. Bu yondashuv o‘quv dasturini ishlab chiqish (tuzish) imkonini beradi.
Bloklar mazmunini tanlab olishda har bir oldingi blok keyingisiga tayanch sifatida qarab kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, uzviylik va yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, avvalgi faslda ko‘rsatilganidek, kasb-hunar pedagogikasida kasb-hunar ta’limining xususiy prinsiplariga ham asoslaniladi. Chunki bu prinsiplar kasb-hunar ta’limining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olib, umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlikda qo‘llaniladi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi qaysi darajalarda aniqlashtirilishi mumkin?
Pedagogik vazifalarni shakllantirishda nimalarga amal qilish zarur?
Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlari nimalar?
Malaka nima?
Ta’lim mazmunini tanlab olishda nimalarga ahamiyat beriladi?
Ta’lim mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida nimalarni ko‘rsatish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |