Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari. O‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limini korxonalarda guruh ustasining rahbarligida o‘taydilar.
O‘qitishni tashkil qilishning eng ko‘p tarqalgan shakillari quyidagilardir:
guruhlarni korxona yoki tashkilot ajratgan mustaqil o‘quv uchastkalarida o‘qitish;
o‘quvchilarni alohida-alohida brigadalarga bo‘lib ishlab chiqarish
uchastkalarida o‘qitish;
o‘quvchilarni malakali ishchilar brigadalari tarkibida o‘qitish;
o‘quvchilarni murakkab mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha individual ish o‘rinlarida o‘qitish;
korxonaning shtatli ishchi o‘rinlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish.
Guruh o‘quv ishini tashkil qilishning u yoki bu shakli qator shartlarga:
o‘quvchilar o‘rganayotgan kasb va mutaxassisliklardagi ishchilarningmehnatlarini tashkil qilish shakillariga;
texnologik jarayonning tashkil qilinishiga;- beriladigan ishlar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarni malakali ishchilar brigadasi tarkibida o‘qitish ishlab chiqarish sharoitlariga hamda o‘quvchilarni brigadalarga taqsimlab o‘qitish mumkin bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda, masalan, murakkab agregatlar va mashinalarga xizmat ko‘rsatish (elektrovoz, mashina mashinisti) kasblariga o‘rgatishda, ximiyaviy ishlab chiqarish apparatchilari, tog‘ jinslarini erituvchi ishchilarning yordamchilarini va boshqalarni tayyorlashda qo‘llanadi.
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining ishlab chiqarishga moslashuvchanligi O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga moslashuvchanligi ularning ta’limni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash, ta’limni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirish orqali shakillantiriladi.
Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar. O‘quvchilarni ishlab chiqarish talimi uchun korxonalarga ko‘chirish o‘quvchilarni ishlab chiqarish sharoitlarida o‘qitishga o‘tkazish - kasbga tayyorlashda eng muhim bosqichidir. Buni malakali ishchining mustaqil ishining muqaddimasi desa bo‘ladi. O‘quvchilarningg sex rahbarlari, ishlab chiqarish ilg‘orlarl, o‘quv yurtlarini ilgari bitirib chiqqanlar, taniqli kishilar va boshqalar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Sex boshlig‘i va ishlab chiqarish ilg‘orlari korxonaning ajoyib an’analarini gapirib berishlari hamda o‘quvchilarni bu an’analarni davom ettirishga da’vat etishlari orqali o‘quvchilarda ushbu korxona, undagi mehnat jarayoniga mehirni uyg‘otadi. Bu esa o‘quvchilarning ishlab chiqarishga moslashishlarini shakillantirishni osonlashtiradi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga moslashuvchanligini shakillantirishda ayniqsa ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘rni katta.
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga rahbarlik qilish uchun muhandis-texnik xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida o’quvchilar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarga quyidagilar kiradi:
-o’quvchilarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan moslashishi;
kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish; tanlangan kasbbo‘yicha ixtisoslashtirish;
murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasinito‘plash;
-progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish;
yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasinio‘zlashtirish;
korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mehnatni ilmiytashkil qilish masalalarini o‘rganish;
ko‘nikma va mahoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash,murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar: Dual ta’lim tizimining qanday afzalliklari mavjud?
Dual ta’lim tizimining kamchiliklari nimalardan iborat?
Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlarini aytib bering.
Ishlab chiqarish amaliyotining ahamiyati nimalardan iborat?
Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari haqida ma’lumot bering.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarni aytib bering.