“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ishlab chiqarish amaliyoti



Download 369,63 Kb.
bet27/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

Ishlab chiqarish amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Agar korxona o‘z bazasidagi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti o‘quvchilarining barchasini o‘quv dasturlari va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi ish o‘rinlari bilan ta’minlay olmasa, o‘quv yurti bilan korxona o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqarish ta’limini boshqa korxonalarda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash.
O‘quvchilarning korxonalarda ishlab chiqarish ta’limini muvaffaqiyatli o‘tashlari uchun korxonalarda o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqarish va nazariy jihatdan tayyorlash ishlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni, albatta korxonadagi yong‘inga qarshi tadbirlar, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari bilan tanishtirish lozim.
Ishlab chiqarishda o‘qitish boshlanishidan bir oy oldin o‘quv yurti korxona bilan ishlab chiqarishda o‘qitishga yuborilayotgan o‘quvchilarning miqdorini (kasblar bo‘yicha) aniqlab, har bir o‘quvchi o‘quv dasturi hamda ishchining malaka darajasiga muvofiq keluvchi malaka tavsifnomasi talablarida nazarda tutilgan barcha mustaqil ishlarni bajarishni o‘rganishi uchun ishlab chiqarish ta’limini o‘tkazish grafigini belgilaydi.
Xavfsizlik texnikasi injeneri yoki uning vazfasini bajaruvchi shaxs o‘quvchilarni texnika xavfsizligi qoidalari va yong‘inga qarshi tadbirlar bilan tanishtiradi. O‘quvchilar ish boshlashlaridan oldin sex, uchastka ma’muriyati ma’lum ish o‘rnida o‘quvchilar bilan (alohida-alohida, brigada, guruh shaklida) tegishli suhbatlar o‘tkazadi. Ishlab chiqarish ta’limini qayd qilish jurnalida suhbat o‘tkazilgan sana, uning mavzusi va unda ishtirok etgan o‘quvchilarning familiyalari yozib qo‘yiladi.
Zarur hollarda korxona yoki tashkilot o‘quvchilarni ish joyiga olib kelish va ishdan olib borib qo‘yishni o‘z hisobidan (yoki o‘z transport vositalari bilan) ta’minlaydi.
O‘quvchilarga o‘quv dasturi talablarida nazarda tutilgan kerakli malakani egallashlarida korxona ma’muriyati tegishli yordam berishi muhimdir. Buning uchun o‘quv ustasi katta usta bilan birgalikda korxona rahbarlari va ishlab chiqarish ma’sullarini kasbga oid xarakteristika (malaka tavsifnomasi) va o‘quv dasturlari mazmuni bilan tanishtirishi lozim. Ana shular asosida ish o‘rinlari tanlanadi va joylashtirish belgilab chiqiladi.
Ish o‘rinlarini tanlashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi barcha ish o‘rinlarining iloji boricha sexda kompleks tarzda joylashgan bo‘lishini, o‘quvchilar ishlashlari uchun kerak bo‘lgan jihozlar tutash mutaxassisliklari bo‘yicha bajaradigan turli ishlarning xarakteriga muvofiq kelishini hamda ishlarning asta-sekin murakkablashtirishga imkon berishni nazorat qilib boradi. Uchastka va ish o‘rinlaridagi texnologik jarayonlar ishlab chiqarish texnologiyasining hozirgi zamon talablariga javob berishi, ishlarning hajmi guruhdagi barcha o‘quvchilarni band qilishi kerak. O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ish o‘rinlari xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi kerak.

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish