Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar



Download 492,19 Kb.
bet99/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar



Kasb-hunar ta’liimida innovasion yondoshuv
Reja:
1. “Innovasion” yondoshuvda pedagogik tizim.
2. Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari.
3.Amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilayotgan pedagogik (ta’lim) texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar olimlar tomonidan e’tirof etilishi.


Tayanch so’z va iboralar: innovatsiya, innovatsion yondashuv, pedagogik texnologiya, ta’lim metodlari.


1. “Innovasion” yondoshuvda pedagogik tizim
Ta’lim tizimida tub islohotlar zarurligini e’tirof etish uchun o‘tgan asrning 80- yillaridan boshlab pedagogik leksikonda “Innovasiya” iborasi qo‘llana boshladi. U pedagogika nazariyasi va amaliyotida allaqachon o‘z o‘rnini topgan bo‘lsada, uning mohiyati shu paytgacha to‘laqonli yoritilmagan hisoblanadi, ya’ni yakdillik mavjud emas.
Keng ma’noda “Innovasiya” pedagogik tizimga yangilik kiritish yo‘li bilan ta’lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, sifat va samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Pedagogika tizimiga kiritilgan yangilik sifat va samaradorlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Biz tizimga uning ichki zahira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklargina innovasiya deb tushunamiz.
Pedagogik tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va samaradorlikka erishishga oid g‘oya, nazariya, qoida,shakl, metodlar va vositalar tizimini – pedagogik innovasiyalar sifatida qabul qilish mumkin. So‘nggi 20-25 yillar davomida pedagogik tizimga ko‘plab yangiliklar kiritilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Misol sifatida yangi konsepsiyalar, investisiyalar, DTS, testlar, muqobil o‘quv rejalari, yangi turdagi o‘quv yurtlari, texnologiyalar va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki, pedagogik jarayon tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lib, ma’lum belgilangan chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar kiritilayotgan yangilik ruxsat etilganidan ortib ketsa, tizim buzilib, uning o‘rniga yangi xususiyatga ega boshqa tizim hosil bo‘ladi.
Pedagogik jarayon (tizim) o‘zining mohiyatiga ko‘ra har doim texnologiyalashadi. Texnologiyalanish pedagogik tizimning ichki sifati bo‘lib, uning imkoniyatlari qat’iy qonuniyat va qoidalarga bo‘ysunadi.
Texnologiyada variativlikka imkon berilmaydi, undan biror kichik komponentni olib tashlab bo‘lmaydi chunki texnologiyada ortiqchalikningni o‘zi mavjud emas.
Undagi biror komponentni almashtirsak,albatta natija o‘zgarib ketadi.
Tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki, bir paytning o‘zida uning ko‘p parametrlarini (yo‘nalishlarda) yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga yangiliklarni asta- sekinlik bilan kiritib, uning foydaliligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng har tomonlama tekshirish, keyingi o‘zgartirishlar haqida o‘ylash zarur. Tahlillarimiz pedagogik tizimni takomillashtirishning quyidagicha ikkita: jadal va ekstensiv (nojadal) yo‘llarining mavjudligini ko‘rsatadi. Jadal yo‘l, pedagogik tizimning ichki imkoniyatlari hisobiga rivojlantirishni ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha vositalar, jihozlar, vaqt, kuch, mablag‘lar jalb etishni nazarda tutadi.
Pedagogik jarayon ko‘p qirrali bo‘lib, unga tarixiy, ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik, gigiyenik, tashkiliy boshqaruv, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, mafkuraviy, huquqiy meyoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi ko‘p sonli olimlar va amaliyotchilar tomonidan ta’kidlangan. Pedagogik jarayonni jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil deb qarab J.G‘. Yo‘ldoshev va S.A. Usmonovlar uni:: “Ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayon, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi” tarzda talqin etadilar.
Bundan pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor omil ekanligi kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyati va mazmuniga ko‘ra jamiyatshunoslik, psixologiya, fiziologiya, pedagogika fanlari nazariyasi va amaliyoti, ilg‘or tajribalar, shaxs va jamiyat taraqqiyoti haqidagi g‘oyalar asosida rivojlanadi.
«Texnologiya» iborasi grekcha - «techne» - mahorat, san’at, va «logos» - ta’limot, o‘rgataman yoki o‘rganaman ma’nosini anglatadi. U pedagogikaga ishlab chiqarish sohasidan kirib kelgan .
Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olib qaraganda, texnologiya- mehnat obektiga maqsadga muvofiq ta’sir etib, uning holati, xususiyati, shakli kabilarni o‘zgartirish san’ati, mahoratini o‘zlashtirish manosini anglatadi.
Pedagogik nuqtai nazaridan olib qaraganda, u o‘quvchilar ongi, sezgilari, his-tuyg‘ulari kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda ko‘zda tutilgan bilim, (ko‘nikma, malaka) va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda jarayon ishtirokchilarining shaxsiy va texnik vositalar imkoniyatlari hisobga olinishi tabiiy holdir.




  1. Download 492,19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish