Dual ta’lim tizimining quyidagi qator ustunliklari mavjud: o‘qitish jarayoni bevosita amaliyot bilan birgalikda olib boriladi., Unda ta’limning taxminan 40%ga yaqin nazariy bilim berilsa, 60%dan ziyodrog‘i bevosita ishlab chiqarish korxonalari yoki qishloq xo‘jalik bilan bog‘liq sohalarida olib boriladi;
o‘qish jarayonini tashkil qilishda tahsil oluvchilarning kasbiy malaka olishga bo‘lgan talab va ehtiyojlari jadal suratda amalga oshiriladi;
o‘qish bevosita ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshirilganligi sababli moliyalashtirish mexanizmi yengillashadi;
o‘qish jarayoniga korxonalar jalb qilinganligidan ijtimoiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi sababli kuchli siyosiy aloqadorlik usulini paydo bo‘lishiga olib keladi;
- xalq xo‘jaligining davlat tuzilmasi, shuningdek, nodavlat xususiy tadbirkorlik nuqtai nazaridan ham foydali moliyaviy usul hisoblanadi.
- xalq xo‘jaligining rivojlanishida zarur bo‘lgan o‘rta pog‘onada malakali kadrlarning bandlik darajasi yuqori bo‘ladi.
Ayni paytda dual ta’lim usuli kamchiliklardan xoli emas:
- ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarga kasb-hunar sirlari nisbatan tor ixtisoslik doirasida - o‘qitilganligi uchun jamiyatda va xo‘jaliklarda ishlash uchun keng imkoniyat yaratilmaydi;
- birgina yo‘nalishda malaka oshirilgani sababli ular yaqin ikkinchi bir yo‘nalishga moslashuv mexanizmi cheklangan;
- kasb - hunar ta’limini amalga oshirish o‘ziga xos berk xarakterga ega;
- tor mutaxassislik berilganligi mutaxassis shaxsning tashabbuskorligi va erkinligi chegaralangan bo‘ladi;
- taklif qilinayotgan o‘quv muassasalarini ishlab chiqarish korxonalarining smeta xarajatlariga bog‘liqligi uchun ko‘p sondagi tinglovchilar malaka oshirishdan foydalana olmaydi.
1 - rasmdan ko‘rinib turibdiki, dual tizimda kasb-hunar ta’limini amalga oshirishda o‘quv muassasasi va zavod bir paytning o‘zida shartnoma tuzadi. Shartnomaga asosan o‘quvchi bevosita reja asosida haftada 3-4 kun zavodda real ishlab chiqarish sharoitda amaliyotni o‘taydi.
Ikkinchi tomondan maktabda ayni shu tanlagan kasbiga doir fanlar bilan bir qatorda majburiy fanlarni o‘quv dasturlar asosida bilim yurtida o‘qib nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Zavod bilan maktab va KHKlarning hamkorligi bo‘lajak kichik mutaxassisni ish joyi bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Odatda kasb-hunarning turiga, murakkabligiga bog‘liq holda o‘qish muddati 2 - 3,5 yilni tashkil qiladi.
O‘qish tamom bo‘lgandan keyin o‘quvchi bitiruv imtihoni topshiradi. Bitiruv imtihonida maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda korxona vakillari ishtirok etadilar.
Bu esa, bitiruvchining bilim, ko‘nikma va malakalari haqida korxona vakiliga aniq xulosa qilish imkoninini beradi.
Ayni paytda bitiruvchining imtihoni yaxshi baholanishi unga korxonada o‘z o‘rnini topishga omil bo‘ladi.