- rag‘batlantirishlar va asoslar;
- tashqi ta’sirlar: bozor iqtisodiyoti talablari, korxonalar, jamiyat va davlat.
Ta’lim tizimining yuqorida keltirilgan tarkibiy unsurlari ustunlik qiluvchi omillar majmuini belgilaydi, bular ta’lim va xodimlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etadi.
Ilmiy-texnika inqilobi davrida ishchi xodimlarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi, chunki ishlab chiqarish jarayonida ishchi xodimning bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi, o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ya’ni ishlab chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi mayllarning o‘sishiga olib keladi. Ishchi xodim ushbu rivojlanishdan foydalangan holda yangicha ishlashni xohlaydi. Xodimlardagi o‘zgarishlarni kuchaytirishda ishlab chiqarish faktorlari kuchli ta’sir etadi. Buning asosida jismoniy mehnat, ya’ni insonning bajaruvchi funksiyasi yotadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida inson asosan 4 asosiy funksiyani bajaradi:
1. Ishchi xodim o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi harakatlar hosil qilishi uchun mehnat qurollarini ishlatishi;
2. Mehnat qurollarini boshqarishi va ularga ta’sir ko‘rsatishi;
3. Ularni to‘g‘irlashi va ta’minlashi;
4. Ularni loyihalashtirishi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilishi.
Mehnatni boshqarishda zamonaviy ishchi xodimga 1 va 2 funksiyalardagi ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va ijodiyligini oshirishda 3-4 funksiyalar ham muhimdir.
Tarixga nazar solib ko‘rsak, mashinasozlikda yuqori malakali ish darajasi oshib bormoqda. Masalan, 30-yillarda chilangar ta’mirlovchi 9-10 ta stanokda ishlay olgan bo‘lsa, hozirda esa 25-30 stanokda bemalol boshqara oladi va 100 dan ortiq metall va nometall materiallar bilan ishlaydi. Bundan tashqari u payvandlashni ham bilishi kerak.
90-yillarda texnikaning rivojlanishi yangi tipdagi stanok ishchi xodimlarini yuzaga keltirdi. Keng profilli universal ishchi xodimlar vujudga keldi. Hozirda bu ishchi xodimlar 14 ta ixtisosliklarni egallagan. Bu ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarni sozlovchilar, yarim avtomatni, avtomatlashtirilgan stanoklarni sozlovchi va boshqalar. Ishchi xodim sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga ham ega.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ham yuqori malakali ishchi xodim mutaxassislar vujudga kelmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlashga asoslangan agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda yaratiladigan yalpi ichki mahsulotning qariyib 1/3 qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti mamlakatga valyuta tushumlarini 55 foizidan ortig‘ini ta’minlaydigan muhim eksport manbalaridan biri hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillari mobaynida respublika qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar o‘zining ijobiy natijasini bera boshladi. Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi mustaqil respublikamiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanib, uning zamon talablari darajasida rivojlantirilishi xalqimizning farovon turmush tarzini va istiqlolimizning barqaror bo‘lishini kafolatlaydi. Buning uchun esa, sohani zamonaviy va har jihatdan xorijiy yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan ta’minlash birlamchi va muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |