Kasbiy-pedagogik ta’limning tarixi: muammolar va rivojlanish istiqbollari
Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri boTib u о‘qitish, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Ta’lim nazariyasi “didaktika” tushunchasi bilan ham ifodalanadi. “Didaktika” so‘zi grekcha “didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘qitish, o‘rgatish” degan m a’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish obyekti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, о‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bogTiqlikni m a’lum tizim orqali amalga oshirish boTib hisoblanadi.
Pedagogik jarayon - bu o‘qituvchi va talaba bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llasbni o‘z ichiga qamrab oladi. Kasb ta’limi jarayonida mazmun, o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash asosiy bog‘lovchi komponentdir. Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy m a’noni anglatadi. Y a’ni bu: talabalarda bilim, 14 malaka va ko‘nikmalami hosil qilish: ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish; o‘quvchilaming muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo‘lishiga erishish; ulaming qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir. Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni talabalar ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talabiariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega boMishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. Demak, pedagogik ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi. Talabalar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish lozim. Buning uchun esa talabada ko‘nikma va malaka hosil qilish zarur. 0 ‘quv jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar - fanlarning asoslari o‘rganiladi. Ammo shunga qaramay hozirda o‘rganish zarur bo'lgan yangi-yangi fanlarning tarmoqlari (ekologiya, EHM, oila psixologiyasi, iqtisodiyot asoslari, m a’naviyat asoslari) vujudga kelmoqdaki ular ta’lim hajmini benihoya kengayishiga sabab bo‘hnoqda. Bunday muammolar hozirda deyarli barcha davlatlarda mavjud va har bir davlat bu muammolami o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishga harakat qilmoqda. Biz bu muammolami ta’lim tarnoyillarini (prinsiplarini) buzmagan holda, yosh avlodning sogiigiga ziyon yetkazmagan holda yechimini topishga harakat qilmoqdamiz. Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir: 1. Texnik muammolar - bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablami, uni qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi; 2. Dastur muammolari - bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta’minotining tarkibi va turlarini, ulaming qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi; 3. Tayyorgarlik muammolari - bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va talabalaming hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bogTiqdir. 15 Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki aynan ta’lim tizimi jamiyatning har bir a ’zosini m a’naviy, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida eng asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham barcha tarixiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta’lim tizimini isloh qilish muhim o‘rin tutgan. Ta’lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi. 0 ‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim jarayonida: S Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi. S Kerakli malakalarga ega bo‘ladi. S K o‘nikmalar hosil qiladi. Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv moddiy bazalari bugungi kunda bir necha yo‘nalishda rivojlanmoqda: - ta’lim oluvchilaming o‘quv-texnika vositalariga bemalol yondashishi, qo‘llashi; - axborot texnologiyalaridan foydalanishi; - o‘quv ko‘rgazmali vositalarni qo‘llashi; - o‘qitish tizimining bir-biriga bog‘liqligi. Hozirgi paytda to‘rtta yo‘nalishdagi yangi axborot texnologiyalarining taTim jarayonida qoTlanilishi: 1. Nashriyot texnologiyalarini qoTlash. 2. Telekommunikatsiya. 3. Katta maketlar va ommaviy axborot vositalari. 4. Kompyuter robotexnikasi. Telekommunikatsiya tizimlari yangi pedagogik va axborot hamda turli sohalardagi kasbiy bilimlami eng qisqa vaqtda uzatish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, o‘qitishning yana bir yo‘nalishini, ya’ni - media o‘qitishni vujudga keltiradi. Bunda ta’lim oluvchilar turli xil ommaviy axborot vositalarini (gazeta, jumal, TV, kino, radio, video va boshqa) egallab olishga tayyorlash yo‘nalishida olib boriladi. 16
Nazorat savollari:
1. Kasbiy pedagogik ta’lim haqida
2. Kasbiy pedagogik ta’limning muammolari
3. Kasbiy pedagogik ta’limnmg rivojlanish istiqbollari
Do'stlaringiz bilan baham: |