Yozma nutq oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: - Yozma nutq oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
- Har bir so’z yoxud termin, har bir gap, jumla mazmunni to’liq ifodalashga va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart;
- Yozma nutq imkon qadar sodda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim.
- Yozma nutqda fikrlar rasmiy uslub doirasida sodda va ravon, tushunilishi yengil bayon etilishi kerak.
- Tushunilishi qiyin bo’lgan terminlardan iloji boricha foydalanmaslik, agar matnda faqat mutaxassislar uchun tushunarli bo’lgan terminlar qo’llanilsa, bunday terminlarga izohlar va sharhlar berib borilishi maqsadlidir.
Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zni tanlang. - Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zni tanlang.
- 1. Aylanayin So‘fi Olloyor hazratim, sadag‘angiz ketayin, hazratim, menga shafqat qiling. Ko‘pga bergan tirnoqni mendan-da … (ayamang, darig‘ tutmang, qizg‘anmang). (T. Murod) 2. … (Basir, Ko‘zi ojiz, Ko‘r) ham hassasini bir marta yo‘qotadi. (Maqol) 3. Bu libos yoshingizni … (katta, qari, keksa) ko‘rsatyapti. (So‘zlashuvdan) 4. Onasi, shu yerdamisan, fotihaga kelganlarga … (daraxt, nihol, ko‘chat)ning hammasini ulashinglar, ikkitadan, uchtadan beringlar. Jannatdan chiqqan mevalar bular, denglar. (X. To‘xtaboyev) 5. Ma’lum bo‘lishicha, Oyqiz Bahodirga bolaligidayoq … (beshikkerti qilingan, atalgan, qulog‘i tishlatilgan) ekan. (Sh.Xolmirzayev) 6. Malika …. (balog‘atga yetgan, voyaga yetgan, bo‘y yetgan)da husni jamolining ovozasi yetti iqlimga yoyilibdi. (Ertakdan)
Suhbat qilish san’ati yaxshilab egallab oling, chunki suhbatdagina insonning asli kimligi ayon bo’ladi. Xat yozayotganingizda o’ylash uchun ancha vaqt bo’ladi, ammo suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda yoqimli bo’lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak bo’ladi. Ammo suhbatda juda ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi, chunki gap aytish oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o’q deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o’zingiz uchun muhim bo’lgan ma’lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat davomida tez- tez to’xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so’zlardan ko’ra, aql bilan ish ko’rish muhimroq bo’ladi. - Suhbat qilish san’ati yaxshilab egallab oling, chunki suhbatdagina insonning asli kimligi ayon bo’ladi. Xat yozayotganingizda o’ylash uchun ancha vaqt bo’ladi, ammo suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda yoqimli bo’lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak bo’ladi. Ammo suhbatda juda ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi, chunki gap aytish oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o’q deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o’zingiz uchun muhim bo’lgan ma’lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat davomida tez- tez to’xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so’zlardan ko’ra, aql bilan ish ko’rish muhimroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |