Kasbiy motiv va motivatsiya mehnat faoliyati motivlari


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni



Download 38,09 Kb.
bet3/3
Sana03.09.2021
Hajmi38,09 Kb.
#163401
1   2   3
Bog'liq
scsc

Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni
o„zgartirish muammosi
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli
tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar,
tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda
amalga oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish).
Bu uch xil komponentlar o‗zaro bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‗lishi mumkin. SHuni aytish
lozimki, komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim
talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‗lsalar
ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish»,
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat
komponentlarida uyg‗unlik yo‗qligini ko‗rsatadi. Bu bir qarashda so‗z va ish
birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‗lishini eslatadi. Agar
odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa
bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‗rganib qoladi va ustanovkaga aylanib
qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga yoshlarni o‗rgatib
borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga
bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
2. Motiv tasnifi.
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‗zimizning
shaxsiy ma‘lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga
ajratishni lozim topdik.
I. SHaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‗unlashgan, ularning mohiyati
mezoni orqali o‗lchanuvchi motivlar:
1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‗lgan g‗oyaviy motivlar;
2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi,
shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3) jamiyatning axloqiy me‘yorlari, prinsiplari, turmush tarzi,
etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
4) borliq go‗zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in‘ikos etuvchi nafosat
(estetik) motivlari.
II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‗yicha umumiylikka ega
bo‗lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
2) guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3) faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‗naltirilgan protsessual
motivlar;
4) faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‗ljallangan
rag‗batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari mohiyatini o‗zida aks ettiruvchi motivlar:
1) ijtimoiy – siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
2) kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‗zida namoyon etuvchi motivlar;
3) o‗qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo‗lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan
umumiylikka ega bo‗lgan motivlar:
1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2) qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab
etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechish sur‘ati bioquvvat bilan o‗lchanuvchi motivlar:
1) kuchli, qudratli, ta‘sir doirasidagi shijoatli motivlar;
2) paydo bo‗lishi, kechishi o‗rta sur‘atli motivlar;
3) yuzaga kelishi, kechishi sust sur‘atli motivlar.
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelish xususiyati,
xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
1) aniq, yaqqol, voqe bo‗luvchi real motivlar;
2) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
3) imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini
o‗zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga
keltiruvchi motivlar:
1) biologik motivlar;
2) psixologik motivlar;
3) yuksak psixologik motivlar.
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta‘siri.
Bu o‗rinda ustanovkalar ham alohida ahamiyatga ega. O‗qish-bilim olish
faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‗ynaydi va chuqur muammo kasb etadi. Bu
shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‗nikmalar
o‗zlashtriladi.
Foliyat turlari o‗z-o‗zidan ro‗y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy
xulqi va o‗zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‗z-o‗zidan ro‗y
bermaydi. ęaoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun
psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma‘noga ega.
Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‗lanishi, yo‗nalishi va faolligini
tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u
yoki bu shaxs xulqini, ya‘ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?»,
«qanday manfaat yo‗lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani
qidirish demakdir.
Haxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‗zini tutish sabablarini
o‗rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lib, masalani yoritishning ikki jihati
farqlanadi.
1. Ichki sabablar, ya‘ni xatti – harakat egasining sub‘ektiv psixologik
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‗ljallar,
istaklar, qiziqishlar va h.k.).
2. Tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart – sharoitlari va holatlar.
YA‘ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan tashqi
stimullardir.
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
1. Kasbiy motiv va motivatsiya
2. Mexnat faoliyati motivlari
3. Kasbiy moslashuv
4. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasi
Download 38,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish