Kasbiy faoliyat psixologiyasi


yengillashtiruvchi  mashqlar



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/191
Sana02.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#311190
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   191
Bog'liq
fayl 1706 20210830

yengillashtiruvchi  mashqlar,
  boshqacha  qilib  aytganda
,  psixogimnastik 
mashqlar 
o‗tkazish  tavsiya  etiladi.  Masalan,  ana  shu  maqsadda  o‗tkaziladigan 


132 
 
psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)  o‗qituvchi  guruhni  aylana  shaklida  turishlarini  so‗raydi  va  a‘zolarni 
navbatma-navbat  o‗rtaga  chiqib,  guruh  bilan  xohlagan  tarzda,  lekin  samimiy 
salomlashishni  so‗raydi.  Keyin  guruhdan  kimning  salomi  ko‗proq  yoqqanini 
so‗raydi; 
2)  guruh  a‘zolari  o‗qituvchi  atrofida  yarim  aylana  shaklida  turishadi. 
Navbat  bilan  guruh  a‘zolari  o‗rtaga  chiqib,  xoxlagan  a‘zo  bilan  so‗zsiz,  lekin 
ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so‗raladi; 
3)  hamma  doira  shaklida  o‗tiradi  va  o‗qituvchi  olib  kelgan  koptok  navbat 
bilan muloqot katnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o‗sha odamning kuchli, 
yaxshi  bir  sifati  aytilib,  so‗ngra  yana  otiladi.  O‗qituvchi  koptokning  albatta  har 
bir kishiga tegishini nazorat qiladi. 
Bu  kabi  mashqlar  munozara  qatnashchilari  o‗rtasida  o‗zaro  tanglikning 
bo‗lmasligi  va  o‗z  fikrini  bayon  etayotganda  o‗qituvchidan  tortinmasligi  uchun 
o‗ziga xos trening hisoblanadi. 
O‗qituvchi  munozarani  boshlar  ekan,  ishtirokchilar  ongiga  quyidagilarni 
yetkaza olishi kerak: 
a)  mashg‗ulot  har  bir  ishtirokchiga  albatta  foydali  bo‗ladi  va  ular  bir-
birlariga yordam berish uchun kelganlar; 
b)  munozara  o‗zaro  muloqotning  bir  shakli  bo‗lib,  har  bir  ishtirokchi  bir-
biriga ochiq va samimiy munosabatda bo‗lsin; 
c)  munozara  ishtirokchilarining  o‗zaro  tajribalarini  almashinishlari  uchun 
qulay sharoitdir; 
d)  fikr  bayon  etishda  kerak  bo‗lsa  tavakkal  qilaylik,  lekin  indamaslik 
shiorimiz bo‗lmasin; 
e) munozara paytida ko‗p yozish shart emas; 
f) agar biror narsa tushunarli bo‗lmasa, uni so‗rashdan tortinmang; 
g) bilgan bilimlarimizni  bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham 
bundan  manfaatdor  bo‗lsinlar,  «yashiringan  bilim  -  bilim  emas»  ligini 
unutmaylik! 


133 
 
Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  bugungi  kunda  ta‘limda  zamonaviy 
didaktika  va  ta‘lim  tarkiblarining  samaradorligini  oshirish  imkoniyatlari,  yangi 
g‗oya  va  texnologiyalarning  ilmiy  ishlab  chiqilishi  va  amaliy  asoslanishi 
qo‗llanilmoqda.  Zamonaviy  texnologik  mutaxassis  bo‗lish  uchun  ta‘lim 
texnologiyalarining barchasini,  shu  jumladan pedagogik komponentlarini  chuqur 
o‗rganib, tahlil qilish lozim. 
Pedagogik  lug‗atda  pedagogik  texnologiya  tushunchasiga  turli  xil  yo‗llar 
bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar 
har  xil  mualliflarning  ta‘riflarini  umumlashtiruvchi  sermazmun  yig‗imdir. 
Pedagogik 
texnologiya 
ko‗proq  sifatli  natijaga  erishishga  qaratilgan. 
qo‗llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning 
mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-
kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog‗liq. 
A
uditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o‗quv faoliyatini 
samarali  bo‗lishi  uchun  faol  o‗qitish  metodlari  va  ularni  tashkil  etish  usullarini 
bilish muhim bo‗lib, yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning 
o‗z psixologik qonuniyatlari mavjud. Dars mobaynida munozara, breynshtorming 
va  treninglarni  o‗tkazish,  dars  samarasini  oshiradi.  Har  qanday  muammoni 
yechish  uchun  qo‗llash  mumkin  bo‗lgan  bahs  turlari  va  asosan  yozma  bahsni 
o‗tkazish  qoidalari  bor.  ―Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi‖  va  ―Ta‘lim 
to‗g‗risidagi Qonun‖da o‗qitishning yangi texnologiyalari va o‗qituvchi-pedagog- 
psixologlarga  qo‗yilgan  yangi  talablar  ham  ta‘lim  sifatini  oshirishga,  ham 
o‗qituvchining kasb mahoratini yuksak bo‗lishiga xizmat qiladi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish