3. Protsessual-amaliy aspekt
- pedagogik (texnologik) jarayonning amalga
oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarga amal
126
qilish.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya fan sifatida amal qilib, ta‘limning
yanada ratsional yo‗llarini tadqiq etadi.
Bu esa, ta‘limda qo‗llaniladigan usullar, tamoyillar va regulyativlar tizimi
sifatida hamda ta‘limning real jarayoni sifatida bajaradi.
Pedagogik texnologiya paydo bo‗lgunga qadar ta‘lim tizimi doirasida
ta‘lim jarayonini yetarli samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmadi. Pedagogik
texnologiyaning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‗quv maqsadlariga
kafolatiga erishishda o‗quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzalikda emas, balki rejalashtirilgan
natijasini olish imkonini beruvchi konstruktiv, ko‗rsatmali sxemada o‗z ifodasini
topadi.
Maqsadga yo‗naltirilganlik, jarayon natijalarini tashhisli tekshirish, ta‘limni
alohida o‗rgatuvchi qismlarga bo‗lib tashlash o‗quv jarayonining qirralarini
bugungi kunda ta‘limni qayta ishlab chiqish sikli g‗oyasiga birlashtirish imkonini
beradi. U asosan o‗z ichiga quyidagilarni oladi.
*
ta‘limda umumiy maqsadning qo‗yilishi;
*
tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o‗tish;
*
pedagoglarning bilim darajalarini dastlabki baholash;
*
bajariladigan o‗quv ishlarning majmuasi;
*
natijani baholash.
Bundan ko‗rinadiki, o‗quv jarayoni «modulli» ko‗rinishga kelib, turli
mazmun bilan to‗ldirilgan, umumiy tizimga mos holda ishlab chiqariladigan
bloklar qismlardan iborat.
O‗quv jarayoni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning
rejalashtirishda pedagogdan yuksak malaka talab etadi, materiallar tayyor
bo‗lgach, pedagog asosan tashkiliy va konsultativ vazifalarni bajaradi. Umumiy
ko‗rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
fanning identifikatsiyalashgan o‗quv maqsadlarini ishlab chiqish;
o‗quv maqsadli shajarasi;
127
o‗quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish;
maqsadga erishish usullari;
erishilgan o‗quv maqsadlarini baholash.
Bu tarkibiy qismlarning har biri ma‘lum yo‗nalishdagi pedagogik
operatsiyalar tizimini tashkil etadi. (Sxemaga qarang)
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo`yiladigan muxim talablardan biri
ortiqcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay, qiska vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
o‗quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va
malakalarni xosil qilish, shuningdek, o‗quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko`nikma xamda malakalar darajasini baxolash
o‗qituvchidan yuksak pedagogik maxorat xamda ta‘lim jarayoniga nisbatan
yangicha yondoshuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta
tajriba to`plangan bo`lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar
interfaol
metodlar
nomi
bilan
yuritilmoqda.
Ta‘lim amaliyotida
foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan
foydalanish borasida so`z yuritamiz
Bahsning samarali bo‗lishi, eng avvalo, bahslashuvchilarning bir-birlariga
nisbatan
fazoviy
joylashuvlariga
bog‗liq. Tinglovchi va muzokarada
qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining
mohiyati muhim bo‗lganligi bois biz ushbu xolatlarni keltiramiz:
Sinf sharoiti. Bu - an‘anaviy dars o‗tkazish shakli bo‗lib, tinglovchilar
bir-birlarining yuzlarini ko‗rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi
Ta‘limning umumiy
maqsadlari va mazmuni
O‗quv
maqsadi
Ta‘lim
Baholash
Tuzatishlar (korreksiya)
Tuzatishlar (korreksiya)
128
o‗qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning
mavqelari, mas‘uliyati turlicha. Bu sharoitda bahs o‗tkazish mumkin emas.
Chunki, sinfda oxirgi qatorda o‗tirgan bola bilan birinchi qatorda o‗tirganning
darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqei -
Do'stlaringiz bilan baham: |