Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/191
Sana02.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#311190
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191
Bog'liq
fayl 1706 20210830

 
 
6.1. O‘qitish psixologiyasi. O‘rgatish modellari va tajribani 
o'zlashtirish mexanizmlarining tavsifi.
 
 
 
 
Tayanch  so`z  va  iboralar:
 
O‘qish  motivlari,  o‘quv  faoliyati  mazmuni, 
salbiy motivatsiya, o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya, ichki extiyoj, shakllanish 
imkoniyatini  belgilash,  undovchi  motivlar,  ko`zg`atuvchi  yosh  xususiyatlari, 
muomalaga kirishish, motivatsiya doirasining kengligi. 
 


117 
 
O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari ularni ikki 
kategoriyaga,  yoki  guruhga  ajratib,  tekshirishni  lozim  topadilar.  Birinchi 
kategoriyaga  taalluqli  motivlar  o‗quv  faoliyatining  mazmuni,  moxiyati  hamda 
uning  jarayonlari,  sharoitlari  bilan  bevosita  uyg`unlashgandir.  Ikkinchi 
kategoriyaga  kiruvchi  motivlar  tizimi  o‗quvchilarning  atrof  -  muxit  bilan  keng 
ko‗lamdagi  o`zaro  munosabatlariga  ularning  begona,  o`zga  kishilar  bilan 
muomalaga  kirishish,  extiyojiga,  ijtimoiy  turmush  voqeliligiga  nisbatan  shaxsiy 
qarashiga bog`liqdir. 
O‗quv  faoliyati  mazmuni  bilan  uzviy  bog`liq  motivlar  tizimini  shartli 
ravishda  ikki  guruhga  ajratib,  ularni  ijobiy  (musbat,  pozitiv)  va  salbiy  (manfiy, 
negativ)  deb  nomlash  mumkin.  Bunday  atamalarni  qo`llashdan  asosiy  maqsad 
maxalliy  an‘ana,  ijtimoiy  tajriba  (stereotipizatsiya  darajasidagi  ta‘sirchan  kuchli 
tashqi  omil)  ekstremal  xolat  ta‘sirida  keskin  ruxiy  burilishlar  yasashga  qodir 
psixologik  mexanizmlarni  aniqlashdan  iboratdir.  Odatda  salbiy  (negativ) 
motivatsiya  shunday  vaziyatda  vujudga  kelishi  mumkinki,  qachonki  o‗quvchi 
bilimlarni  o`zlashtirmaslik  oqibatida  qanday  ko‗ngilsiz  xolatlarga  olib  kelishini 
anglab  yetsa  (jazolanish,  ota  -  onalar  tanbexi,  sinfdoshlar  e‘tirozi,  yomon  baho 
olish, jamoa a‘zolari orasida obro`sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq 
sa‘yi  -  xarakatlarni  amalga  oshirsa.  Salbiy  motivatsiyaga  ega  bo`lgan  o‗quvchi 
kamroq  musibatli  (mushkul  axvol)  yo‗lni  tanlab,  ta‘lim  jarayonida  qatnashishda 
davom  etadi.  Bunday  o‗qish  motivatsiyasiga  aloqador  o‗quvchilar  yuqori 
ko‗rsatkichlarga,  muvaffaqiyatli  o`zlashtirish  imkoniyatiga  ega  bo`lmaydilar, 
chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuyg‗usi, bilim va o‗quv predmetiga nisbatan 
qiziqishning mavjud emasligi bunga ma‘noviy  to`siq bo`lib xizmat qiladi. Buning 
natijasida o`zlashtirmovchi, bo`sh o`zlashtiruvchi, sust o‗quvchilarning safi taboro 
kengayib  boradi,  bu  narsa  kundalik  odatga  aylana  borsa,  u  stereotip  darajasiga 
o`sib o`tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‗qish esa, shaxsdan faol, qatiy, 
ijodiy  izlanishlarni  takozo  qiladi  va  shunga  o`xshash  talablarni  o`zlashtiruvchi 
oldiga  qo‗yadi.  Shaxsning  mazkur  xolatlarga  tayyor  emasligi,  undagi 
imkoniyatlarning  cheklanganligi  sababli  o`zlashtirmovchilar  qatorini  to`ldirishga, 


118 
 
bir  sinfda  yoki  kursda  ikki  yil  o‗qishga  olib  keladi,  usha  qiyinchiliklar  bilan  o`z 
sinfi,  kursini  tamomlaydi.  Bunday  toifadagi  o‗quvchilar  yoki  talabalar  o‗quv 
faoliyati motivatsiyasini qayta ko`rish evaziga ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
O‗quvchilar  va  talabalarda  o‗qishga  nisbatan  salbiy  motivatsiya  birdaniga 
vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta‘sir 
etishi extimol. 
Xozirgi  zamon  psixologiya  fani  bilimlarni  egallashga  nisbatan  ichki 
extiyojga  katta  ahamiyat  beradi  va  bu  bilan  shaxs  xulq  -  atvorini  birmuncha 
boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi 
(talaba) da barqaror bilishga qiziqishni  shakllantirish muammosiga aloxida e‘tibor 
qilinadi.  Darhaqiqat  barqaror  bilishga  qiziqishlar  ko`zg`atuvchi  turtki  (kuch) 
sifatida  o‗quv  motivlarini  vujudga  keltiradi,  muvaffaqiyatli  ta‘minlashga  xizmat 
qiladi. O‗quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan soxasiga, u yoki bu faoliyat 
turiga  qiziqishning  tug`ilishi  ko‗p  jixatdan  shaxsni  qay  tariqa  shakllanish 
imkoniyatini belgilaydi.  
Ana  shu  boisdan  o‗qituvchi  o`z  o‗quv  faniga  nisbatan  o‗quvchi  va 
talabalarda  qiziqishni  o`stirish  tarafdori  bo‗lishi  shart,  chunki  xuddi  shuning 
negizida  o‗quv  materiali  va  o‗quv  dasturini  yuksak  darajada  o`zlashtirish 
muammosi  yotadi.  Shuni  aloxida  ta‘kidlash  lozimki,  bilishga  qiziqish  motiv 
doirasida o`sadi, o`zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog`lanib ketadi.  
Ma‘lumki,  o‗quvchi  (talaba)  bilim  dargoxida  ilm  olishdan  tashqari 
tengdoshlari  jamoasi  ichiga  kirib  boradi  va  qatnashadi,  shu  boisdan  unda  o`z 
o`rtoqlari,  o‗qituvchilariga  nisbatan  muayyan  munosabat  shakli  vujudga  keladi. 
Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli 
xulq - avtor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish 
istagini anglatib, uning hayotida ishtiroq etish xoxishini o`zida aks ettiradi.  
O‗quvchi va talabalar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa 
odamlar  bilan  muomalaga  kirishi  ehtiyoji  bilan  uzviy  bog`liq  bo`lib,  ularni 
baholash,  quvvatlash,  tengdoshlar  jamoasida  muayyan  joy  egallash  singari 
talablarda  o`z  aksini    topadi.  Mazkur  motivlar  o‗quv  faoliyatining  moxiyati  bilan 


119 
 
bog`liq bo`lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu  
motivlar o‗quvchi va talaba o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi. 
Ijtimoiy  motivlarni taxlil qilishda  davom  etsak, ular bevosita  jamoa  burchi, 
qarindoshlar  va  yaqin  kishilar  oldiga  burch,  o‗qishni  umuminsoniy  madaniyat, 
qadriyat,  ma‘naviyatni  egallash  tasavvuri  bilan  bog`liq  vosita,  ushbu  vosita 
odamlar  foydali  shaxs  tariqasida  namoyon  bo‗lish,  o`z  imkoniyatini  ro`yobga 
chiqarish,  ezgu  niyatini  ushalishiga  intilish  funksiyasini  bajarish  mumkin.  Turtki, 
undovchi usul vazifasini bajaruvchi ko`zg`atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab 
u  yoki  bu  darajada  aks  etadi,  ammo  ular  xar  doim  ham  anglashilgan  shaklga  ega 
emas,  shuning  uchun  ifodalanish  darajasi  nursizdir.  O`smirlik  va  o‗spirinlik 
davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan, ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o`sib 
o`tadi.  Bunday  motivatsiyani  xar  tomonlama  qo`llab  quvvatlash,  rag`batlantirish 
bilan  birga  va  bir  davrning  o`zida  bilishga  qiziqishiga  aloqador  boshqa  o‗quv 
faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.   
Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va talabalarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari 
bilan  ham  aloqador  bo‗lishi  mumkin,  jumladan, ularda  o‗qishga  nisbatan  qiziqish 
yuk  bo`lsa  –  da,  lekin  barcha  topshiriqlarni  yuksak  darajada  bajaradi,  chunki 
o‗qituvchi  ularning  "a‘lo"  baholashi,  sinf  yoki  kurs  peshqadami  qilib  tayinlashi, 
xech  qanday  shubxa  bilan  qaramasligi,  extimol  o‗quv  jarayonidagi  bunday 
xususiyatlar  odamlarga  shaxsiy  muvaffaqiyat  yoki  yutuqqa  erishishning,  nufuz 
(obro` - e‘tibor) ning, yalov - bardorlikning birdan - bir yo‗li deb  tasavvur qilinadi. 
Bunday  yo‗lni  tanlash  vijdonga  hilof  xatti-xarakatlarga  olib  boradi,  shaxsni 
shakllanish jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb  qabul qilingan 
motivlar  jamoa  ehtiyojini  qamrab  oladi,  goxo  ular  shaxsiyatparastlik,  tor  saviyali 
shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.  
Ularning  hayotida  o`z  tengdoshlari  va  do`stlari  bilan  muomalaga  kirishish, 
do`stlikka  sodiqlik,  bergan  va‘dasi  (so`zi)  ni  uddasidan  chiqish,  hamkor  bo‗lish 
ehtiyoji  muxim  o`rin  egallaydi.  O‗qituvchi  mashg`lotlarda  o‗quv  faoliyatining 
zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, 
o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi. 


120 
 
Shuning  uchun  qiziqish  motiv,  motivatsiya  shaxsning  xatti-xarakati  ichki 
regulyatsiyasi  funksiyasini bajarib,  ehtiyojni qondirish, xoxish  -  istak, ezgu  niyat, 
orzu  tilakni  amaliyotda  ro`yobga  chiqarishning  bosh  omili  bo`lib  xisoblanadi. 
Motiv  va  motivatsiya  faqat  bilimlarni  o`zlashtirish,  o‗quv  ko‗nikmalari  va 
malakalarini  egallash  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  shaxsning  xulq-atvori, 
ya‘ni  shaxsga  oid  xususiyatlarining  namoyon  bo‗lishini  ham  izohlashga  xizmat 
qiladi. 
Hunar - texnika bilim yurti o‗quvchilarining o‗quv faoliyati motivlari: 
1) o`z ishining ustasi, yaxshi mutaxassis bo‗lishga intilish;  
2) o‗qishga qiziqish;  
3) mehnatga muxabbat; 
4) jamiyatga foyda keltirish uchun intilish;       
5) o`rtoqlari orasida xurmat - e‘tiborga erishish xoxishi; 
6) bilim yurtini tamomlagandan keyin durustroq maosh uchun xarakat; 
7) yomon mehnat qilganda jazo olishdan qutilish uchun xarakat; 
8) jamoa oldidagi javobgarlik. 
Yuqoridagi keltirilgan o‗quv motivlarini  aniqlashga muljallangan  metodika 
sakkizta  motivlardan  tuzilgan  bo`lib,  hunar  -  texnika  bilim  yurti  o‗quvchilarining 
o‗qish  motivlarini  tadqiq  qilishga  qaratilgandir.  Ushbu  metodikani  maxalliy 
sharoitga  moslashtirish  natijasida  motiv  va  motivatsiyalarning  etnopsixologik 
jabxalari  va  xususiyatlarini  o‗rganish  imkoniyatini  vujudga  keltiradi.  Bundan 
tashqari,  motivlar  va  motivatsiyalarning  turli  faoliyat  doirasida  yuzaga  kelish 
omillarini  hamda  manbalarini  aniqlashga  qulay  shart  -  sharoit  yaratadi.  Mazkur 
metodikani  bir  nechta  vazifani  bajarish  niyatida  qo`llab  ko`rish,  uning 
foydalanilmagan imkoniyatlari bo`yicha qo`shimcha ma‘lumotlar beradi. 
Motivlarning  hilma-hil bo`lganligi, motivatsiya doirasining kengligi sababli 
ularning xar ikkalasi ham hayot va faoliyatning juda ko‗p qirralarida ishtiroq etadi, 
shuning bilan birga mazkur faoliyatning maxsuldorligi, samaradorligi, barqarorligi, 
uzluksizligini  ta‘minlaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda  mehnat  faoliyatiga  oid 
motivlarning etnopsixologik xususiyatlarini topishga yordam beradi. 


121 
 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish