Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzular nomi
|
Umumiy yuklama, soat
|
Hammasi
|
Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqqil ish
|
Jami
|
Nazariy (ma`ruza)
|
Amaliy
|
Labaratoriya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
1
|
Kirish: Fanning maqsad va vazifalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
|
2
|
1-mavzu. Kiyimni loyihalash asoslari. Odam gavdasining tuzilishi va turlari.
|
4
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
3
|
2-mavzu. Bolalar kiyimlarini loyihalash va texnik modellash.
|
20
|
14
|
6
|
8
|
|
|
|
6
|
4
|
3-mavzu. Ayollar belli kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.
|
18
|
12
|
6
|
6
|
|
|
|
6
|
5
|
4-mavzu. Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.
|
38
|
28
|
12
|
16
|
|
|
|
10
|
6
|
5-mavzu. Ayollar ustki kiyimini loyihalash.
|
10
|
10
|
4
|
6
|
|
|
|
|
7
|
6-mavzu. Milliy o`zbek kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.
|
18
|
10
|
4
|
6
|
|
|
|
8
|
8
|
7-mavzu. Erkaklar kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish
|
4
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
|
9
|
8-mavzu. Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash asoslari.
|
12
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
8
|
10
|
9-mavzu. Yakuniy nazorat
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Jami: 128 soat
|
128
|
90
|
40
|
50
|
|
|
|
38
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, andaza uchun qog`oz, millimetrovka, moda jurnallari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkеnt, O`zbеkiston, 1997-y.
Ta'lim to`g`risidagi O`zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. Toshkеnt, 1997-y.
I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori, Toshkеnt, 1997, «Sharq» nashiryot-matbaa konsеrni, 63*-bеt
Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash”
A.P.Shershneva. Osnovi konstruirovaniya jenskoy odejdi. – 1988.
L.M.Litvina., I.S.Monidova. Modelirovaniye i xudojestvennoye oformleniye jenskoy, detskoy odejdi. – M.: 1990.
G.K.Xasanbayeva. Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash. –T.: 1990.
R.I.Yegorova., V.P.Monastirnaya. Bichish-tikishni o`rganing. – T.: 1991.
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i
http:// ziyonet.uz/ru Tikuv texnologiyasi
http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye
http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash
http://www.osinka.ru/sewing/modelling/ Конструирование и моделирование одежды
http:// www.modnaya.ru Tikuvchilik sirlar
http:// www.cadrus.ru/disiger/literatura Tikuvchilik adabiyotlar
http:// www. krossmart.ru/ Tikuvchilik texnologiyasi
http:// www. liveinternet.ru/.. конструирование и моделирование одежды
http:// www. prosv.ru›Методика преподования курса
http://www.assol.org/programmnye_produkty/po_dlya_proektirovaniya_odezh dy/moduli_2d-konstruirovaniya/
http:// www. minikurs.kroikashitie.ru/ Tikuvchilik to`garagi
http:// www. burda moden com Burda moden jurnallari
http:// www. RusProgram.3dn.ru NanoCad-kompyuterda andaza tayyorlash
http:// www. jurnalik.ru/zhenskie/ Elektron moda jurnali
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.09
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchi:
|
X.Boboxonova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Q.Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, PFN
|
|
|
|
|
|
M.Nabiyeva
|
–
|
1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi
|
|
|
|
|
Kirish
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” ta`limga bo`layotgan yuksak e`tibor namunasidir. Bu hujjatlar O`zbekistonning har jihatdan taraqqiy etishini ta`minlabgina qolmay, hamma sohada o`zgarishlar bo`lishini nazarda tutadi. Yuz berayotgan barcha yangiliklar va o`zgarishlarni, bozor iqtisodiyotining o`ziga xos talablarini hayotga tatbiq etgan holda pedagogika kasb-hunar kollejlarida turli kasblar bo`yicha mutaxasisslarni tayyorlash ko`zda tutilgan.
Kasb-hunar kollejlarida “Maktabdan va sinfdan tashqari to’garak tashkilotchisi” mutaxassisligi bo’yicha bichish-tikish to`garagi rahbarlarini tayorlash orqali loyihalovchi - rassom, tikuvchi, bichuvchi kasblariga qiziqishi bor bo`lgan o`quvchilarga yordam beriladi. Umumta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblari bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, ularning mehnatini qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Kasb-hunar kollejlarida esa, aynan tanlagan kasblari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. O’quvchilarni “Tikuvchilik texnologiyasi”, “Tikuvchilik materialshunosligi”, “Tikuv buyumlarini loyihalash va badiiy bezash” va boshqa maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bo`sh vaqtlarini to`g`ri, rejali o`tishini ta`minlash va tikuvchi-bichuvchi kasblarini egallashlarida bichish-tikishga o’rgatish metodikasi fanining vazifasi katta. Tikuvchi-bichuvchi kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini albatta bilishi kerak. Tikuvchilik kasbi eng sharafli kasblardan hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo`qki, bu kasb xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi tikuvchilik to`garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak rahbariga bichish-tikish to`garagi davomida to`garak a’zolariga tikuvchilik kasbi sirlarini o`rgatish usullarini tanlash, ularni har tomonlama tarbiyalashni o`rgatishda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalarni hosil qilish yo`l-yo`riqlarni o`rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo`lajak to`garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo`llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo`llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o`rgatishda qo`llaniladigan yo`l-yo`riqlarini o`rgatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir to`garak tashkilotchisi tikuvchilik mutaxassisligi tavsiyanomasida ko`rsatilgan tikuvchi kasbi 3-4 malaka bajarasini oladigan ishlarni o`zi bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi zarur. Dastur nazariy va amaliy tarzda o`qitiladi. Nazariy bilimlar berishda tikuvchilik sohasida qo`lga kiritilgan yangiliklar, yangi tikuv mashinalari, ishlov berish usullari haqida ma`lumotlar va ko`rsatmalar beriladi. o’quvchilar amaliy ishlarni bajarishda “Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari”va boshqa mutazassislik fanlaridan,”Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyaot jarayonida egallagan bilim, ko`nikma va malakalariga asoslanadi.
Amaliy ishlarni o`tkazishda mavzuga oid ko`rgazmalar tayyorlanadi, mashg`ulot ishlanmalari, namunalar tuziladi. Dastlabki amaliy mashg`ulotlarni kollejning o`zida ramziy dars (dublyor) dan foydalanib o`tilsa bo`ladi. So`ngra albatta bunday darslar otaliq madaniyat uylarida,”Barkamol avlod” bolalar markazlarida yoki maktablar qoshida ochilgan to`garakalarda o`tkazilsa, yaxshi natija beradi.
Bo`lajak to`garak rahbarlari ilg`or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan mashg`ulotlarni kuzatishlari va tahlil etib o`rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o`zlarining ish faoliyatlari davomida qo`llanishlariga e`tabor berishlari zarur.
Bichish- tikishga o’rgatish metodikasi fani jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari kundalik, oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratiladi. Dastur 2 bo`limdan iborat:
I bolim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar bo`lib, unda tikuvchilik metodikasi fanining maqsad va vazifalari, tikuvchilik to`garagi jarayonida tarbiyalash, to`garak rejalari turlari, ularni tuzish, to`garak mashg`ulotlari turlari, mehnatni tashkil etish shakllari, tikuvchilik mutaxassisligi tavsifnomasi, to`garak rahbarlarining
o’quv yiliga va mashg`ulotlarga tayyorlanishi, uni kuzatishni tahlil etish, ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etishni o`rganish kabi mavzular o`tiladi.
II bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish to’garagi mashg’ulotlarini tashkil etishni o’rgatish masalalari bo’lib, to`garak uchun xonaning moddiy bazasi, qo`l, mashina, dazmollash ishlarini o`rgatish, ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama sarfi, ularni loyihalash, badiiy bezashni o`rgatish, mayda detallarni tayyorlashni, ayollar, chaqaloq va qiz bolalar kiyimlarini, milliy kiyimlarni tikishni va ta`mirlashni o`rgatish bo`yicha nazariy bilim, ko`nikma va malakalar shakllantirish nazarda tutilgan. Bu bo`limda ko`rsatilgan tikuvchilik buyumlari xillari, o`rgatish tartiblari, ularga ajratilgan soatlar miqdori, mahalliy va milliy sharoitini hisobga olinib, o`zgartirilishi mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, pedagogik kengashda tasdiqlanib, qo`llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |