7. Dizayn, interyer. Xona interyeri
Amaliy - 4soat
Liboslar yaratilishi, milliy, zamonaviy va turli liboslarning andazalarini yaratish.
Uyning ichki va tashqi ko`rinishini chizish. Interyer ustida ishlash.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fan bo`limlari
va mavzular nomi
|
Hammasi
|
Umumiy yuklama, soat
|
Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy
(ma`ruza)
|
Amaliy
|
Kurs ishi
|
1
|
Kirish
|
2
|
2
|
1
|
|
|
|
2
|
Chizmalarni tahlil qilish qoidalari
|
4
|
2
|
1
|
2
|
|
2
|
3
|
Geometrik chizmachilik
|
12
|
6
|
|
6
|
|
6
|
4
|
Proyeksiyon chizmachilik
|
16
|
12
|
|
12
|
|
4
|
5
|
Kompleks chizmalar bajarish
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
6
|
Mashinasozlik chizmachiligi
|
14
|
10
|
|
10
|
|
4
|
7
|
Sxemalar
|
3
|
2
|
|
2
|
|
1
|
8
|
Dizayn, interyer. Xona interyeri
|
4
|
4
|
|
4
|
|
|
|
Jami
|
57
|
40
|
2
|
38
|
|
17
|
Eslatma. O'qituvchi mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda dars o'tish usullarini o'zi tanlaydi hamda yangiliklar qo'llashi mumkin.
Boshlanish tizimi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlangan akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
O`qitishning texnik vositalari
1. Jihozlar, invertarlar
2. Didaktik materiallar va texnik vositalar.
- televizor
- ekran
- shaxsiy kompyuter
- mavzu boyicha disklar
- kodoskop
- videoko`z
- slaydlar
- kartochka-topshiriqlar va dasturlashtirilgan topshiriqlar, testlar
3. O`quv ko`rgazma qurollari, mavzular bo`yicha chiziq plakatlari.
4. Darslik va test topshiriqlari kitobi.
Foydalanilgan adabiyotlar
P.Odilov. Chizmachilik. 8-9 sinflar uchun darslik. –T: 2005
A.Ashirboyev. Chizmachilik. –T: 2007
Chizmachilik fani bo`yicha ko`rgazma fayl papka.
A.Umronxo'jayev, ''Chizmachilik'' darsligi 8-9 sinflar, ''O'zbekiston'', 2002 yil.
A.Umronxo'jayev, ''Chizmachilik o'qitish metodikasi'' qo'llanmasi. ''O'zbekiston'' 2002
P.Odilov va bosh. ''Chizmachilik'' darsligi, 8-9 sinf ''Sharq'' mat-kont. 2004-yil.
7. A.Abruraxmonov, D.H.Irgasheva '' Oddiy qirqimlar'' qo`llanma. 2011-yil
Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i.
1. htpp:// www.ziyo.net.uz
2. www.Google.uz
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI
Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.07
“15” avgust 2012-yil
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
tikuvchilik materialshunosligi
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).
Tuzuvchi:
|
M.Rahimjonova
|
–
|
1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Q.Abdullayeva
|
–
|
Nizomiy nomli TDPU dosenti, pedagogika fanlari nomzodi.
|
|
|
|
|
|
D.Xalimova
|
–
|
75-maktab direktori
|
|
|
|
|
Kirish
Kiyim tikish texnologiyasida faqat gazlamalardan emas, balki bezakli, isituvchi, astarli, yopishtiruvchi furnituralardan, biriktirish materiallaridan ham foydalaniladi. Materiallardan to`laqonli foydalanishni kiyim-kechak tikishda hisobga olish uchun ularning xillari, xossalarini bilish zarur. Har xil gazlamalarning xossalari ularning tolaviy tarkibiga, pardozlash usullarining tanlanishiga bog`liq. Shuni hisobga olgan holda bu fanni egallashda o`quvchida tolalarning olinishiga qarab turlarga bo`linishi, tabiiy va kimyoviy tolalarning bir-biridan farqini, gazlamaning o`ngi, teskarisini, bo`yi, eni, iplari yo`nalisharini ajrata olish, sirtini aniqlash, gazlamaga mos holda qo`shimcha materiallarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlay olish bo`yicha ko`nikma va malakalar hosil bo`ladi.
Nazariy bilim berishda to`qimachilik korxonalaridagi yangiliklar, to`qimachilik tolalari, gazlamalarning tarkibi, xossalari, navlari, standartlash hollari, noto`qima materiallar, kiyim detallarini biriktirish uchun qo`llaniladigan materiallar, astarli, isituvchi, qotirmali materiallar, tikuvchilik materiallarining xossalari, xususiyatlari sifatini nazorat qilish va saqlash haqida ma`lumotlar berishga e`tibor beriladi.
Amaliy va nazariy olingan bilimlar amaliy-laboratoriya mashg`ulotlarida mustahkamlanadi. Amaliy laboratoriya isharini o`tkazishda o`quvchilar 2 guruhga bo`linadi. Tabiiy tolalarning xususiyatlari gazlamalarning tolaviy tarkibini, bo`yi va eni, ip yo`nalishini aniqlash, turli gazlamalar to`plamini albomga joylashtirib biriktirish, bezash materiallari namunalari to`plamlarini yig`adilar.
Nazariy va amaliy mashg`ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida to`qimachilik sanoati korxonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi.
Fanni o`rgatish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- tolalarning olinishiga qarab turlarga bo`linishini, tabiiy va kimyoviy tolalarning bir-biridan farqlay olishi;
- kalava iplar turlarini va ularning xossalarini bilishi;
- gazlama o`rilisharini aniqlay olishi, namunalar tayyorlay olishi;
- gazlamaning o`ngi, teskarisini, bo`yi, iplari yo`nalisharini ajrata olishi;
- tikuvchilikda ishatiladigan gazlama xillarini ajrata olishi;
- gazlamaga mos holda qo`shimcha materiallarning xususiyatlari asosida tanlay bilishi;
- tikuvchilik materiallarining xossalarini aniqlay olish va saqlash usullarini bilishi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- mavzularning har birini zamon talabiga, iqtisodga, to`qimachilik korxonalari yangiliklariga bog`lay olishi kerak;
- to`qimachilik tolalari, gazlamalarning tarkibi, xossalari, navlari, xillari, xususiyatlari sifatini nazorat qilish haqida bilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |