Bog'liq O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan t
7-mavzu. Ta`lim jarayonining prinsiplari Ta`lim prinsiplari, o`qitish qonuniyatlarining asoslanishida Y.A.Komenskiy ta`limoti. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sinoning ta`lim prinsiplari haqida fikrlari. Ta`lim prinsiplarining maqsadi, vazifasi va uni turlarga tavsiflash borasida ilmiy izlanishlar, ilg`or tajribalar. Ta`lim prinsipi o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini bir-biriga bog`lovchi vosita ekanligi.
O`quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, hayot va uning mazmuni haqida tushunchalarini kengaytirish, o`quvchilarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda o`qituvchining mahorat bilan ta`lim prinsiplariga amal qilishi. O`qitish prinsiplarining hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarda (psixologik, sotsial, ijtimoiy, metodik, kibernetik va boshqalar) tutgan o`rni.
Ta`limning tarbiyalovchilik xususiyatlari. O`qitishning ijtimoiy qurilish amaliyoti bilan bog`lanishi. Ta`limning o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish omili ekanligi. O`quvchilarda ta`lim jarayonida ishonch va e`tiqod, faollik va mustaqillik fazilatlarini tarbiyalash.
Ta`limning ilmiylik prinsipi. Ilmiy bilimlar haqidagi qonuniyatlarning aks etishi. Ilmiy bilimlarning o`qitishdagi o`rni. Ta`limning muntazamlilik prinsipi. Ta`limning muntazamlilik prinsipi o`qitishning tashqi dunyo taraqqiyot qonuniyatlariga bog`liq ekanligi. Ta`lim jarayonining bir-biri bilan bog`liqligi va ketma-ketligini ta`minlash. Ta`limning tushunarli bo`lishi haqida umumiy tushuncha. Tushunarli o`qitishning asosiy belgilari. Ta`limning tushunarli bo`lishini pedagogik asoslash. Ta`limning ko`rsatmalilik prinsipi. Ko`rsatmali ta`limning mohiyati. Ko`rsatmali ta`limning o`qitish jarayonidagi vazifasi. Ko`rsatmali ta`lim orqali o`quvchilarning bilish xislatlarini mustahkamlash va boshqarish. O`qitishda o`quvchining ongliligi va faolligi prinsipi. Bilimlarni ongli o`zlashtirishning asosiy belgilari. Ta`lim jarayonida nazariya va amaliyotning birligi. O`quvchilar faolligini oshirish yo`llari va usullari. O`quvchilarning o`qishga ongli va faol munosabati mustahkam bilim, iqtidor va malaka hosil qilish sharti ekanligi. Mustahkam bilimlar berish prinsipi. O`quvchilarda mustahkam bilim hosil qilishda o`zlashtirilayotgan bilimlarning asosiy g`oyasini bo`rttirish va uni bolalarning bilimi bilan bog`lash. Ta`limda har bir o`quvchiga alohida munosabatda bo`lish prinsipi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish va o`rganish.