Kasbi bo’yicha O’quv dasturlari to’plami


Fanning bo`limlari va mavzular nomi



Download 5,72 Mb.
bet47/134
Sana20.03.2022
Hajmi5,72 Mb.
#504557
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
Bog'liq
O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan t

Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Labaratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Kirish: Fanning maqsad va vazifalari

2

2

2
















2

1-mavzu. Kiyimni loyihalash asoslari. Odam gavdasining tuzilishi va turlari.

4

4

2

2











3

2-mavzu. Bolalar kiyimlarini loyihalash va texnik modellash.

20

14

6

8










6

4

3-mavzu. Ayollar belli kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.

18

12

6

6










6

5

4-mavzu. Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.

38

28

12

16










10

6

5-mavzu. Ayollar ustki kiyimini loyihalash.

10

10

4

6











7

6-mavzu. Milliy o`zbek kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish.

18

10

4

6










8

8

7-mavzu. Erkaklar kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish

4

4

2

2













9

8-mavzu. Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash asoslari.

12

4

2

2










8

10

9-mavzu. Yakuniy nazorat

2

2




2
















Jami: 128 soat



128

90

40

50










38



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, andaza uchun qog`oz, millimetrovka, moda jurnallari kerak.


O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkеnt, O`zbеkiston, 1997-y.

  2. Ta'lim to`g`risidagi O`zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. Toshkеnt, 1997-y.

  3. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori, Toshkеnt, 1997, «Sharq» nashiryot-matbaa konsеrni, 63*-bеt

  4. Q.M.Abdullayeva,N.S.Gaipova,M.A.Gafurova “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash”

  5. A.P.Shershneva. Osnovi konstruirovaniya jenskoy odejdi. – 1988.

  6. L.M.Litvina., I.S.Monidova. Modelirovaniye i xudojestvennoye oformleniye jenskoy, detskoy odejdi. – M.: 1990.

  7. G.K.Xasanbayeva. Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash. –T.: 1990.

  8. R.I.Yegorova., V.P.Monastirnaya. Bichish-tikishni o`rganing. – T.: 1991.



Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmog`i

  1. http:// ziyonet.uz/ru Tikuv texnologiyasi

  2. http:// www. tvorim.e-gloryon.com Rukodeliye

  3. http:// www. ni-tochka.ru Andaza tayyorlash

  4. http://www.osinka.ru/sewing/modelling/ Конструирование и моделирование одежды

  5. http:// www.modnaya.ru Tikuvchilik sirlar

  6. http:// www.cadrus.ru/disiger/literatura Tikuvchilik adabiyotlar

  7. http:// www. krossmart.ru/ Tikuvchilik texnologiyasi

  8. http:// www. liveinternet.ru/.. конструирование и моделирование одежды

  9. http:// www. prosv.ru›Методика преподования курса

  10. http://www.assol.org/programmnye_produkty/po_dlya_proektirovaniya_odezh dy/moduli_2d-konstruirovaniya/

  11. http:// www. minikurs.kroikashitie.ru/ Tikuvchilik to`garagi

  12. http:// www. burda moden com Burda moden jurnallari

  13. http:// www. RusProgram.3dn.ru NanoCad-kompyuterda andaza tayyorlash

  14. http:// www. jurnalik.ru/zhenskie/ Elektron moda jurnali

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI



Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.09
“15” avgust 2012-yil

Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan

Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi


fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.
Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).



Tuzuvchi:

X.Boboxonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU katta o`qituvchisi, PFN
















M.Nabiyeva



1-Toshkent Pedagogika kolleji o`qituvchisi















Kirish

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” ta`limga bo`layotgan yuksak e`tibor namunasidir. Bu hujjatlar O`zbekistonning har jihatdan taraqqiy etishini ta`minlabgina qolmay, hamma sohada o`zgarishlar bo`lishini nazarda tutadi. Yuz berayotgan barcha yangiliklar va o`zgarishlarni, bozor iqtisodiyotining o`ziga xos talablarini hayotga tatbiq etgan holda pedagogika kasb-hunar kollejlarida turli kasblar bo`yicha mutaxasisslarni tayyorlash ko`zda tutilgan.


Kasb-hunar kollejlarida “Maktabdan va sinfdan tashqari to’garak tashkilotchisi” mutaxassisligi bo’yicha bichish-tikish to`garagi rahbarlarini tayorlash orqali loyihalovchi - rassom, tikuvchi, bichuvchi kasblariga qiziqishi bor bo`lgan o`quvchilarga yordam beriladi. Umumta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanining maqsadi o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblari bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, ularning mehnatini qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Kasb-hunar kollejlarida esa, aynan tanlagan kasblari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. O’quvchilarni “Tikuvchilik texnologiyasi”, “Tikuvchilik materialshunosligi”, “Tikuv buyumlarini loyihalash va badiiy bezash” va boshqa maxsus fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bo`sh vaqtlarini to`g`ri, rejali o`tishini ta`minlash va tikuvchi-bichuvchi kasblarini egallashlarida bichish-tikishga o’rgatish metodikasi fanining vazifasi katta. Tikuvchi-bichuvchi kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini albatta bilishi kerak. Tikuvchilik kasbi eng sharafli kasblardan hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo`qki, bu kasb xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi tikuvchilik to`garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak rahbariga bichish-tikish to`garagi davomida to`garak a’zolariga tikuvchilik kasbi sirlarini o`rgatish usullarini tanlash, ularni har tomonlama tarbiyalashni o`rgatishda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalarni hosil qilish yo`l-yo`riqlarni o`rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo`lajak to`garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo`llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo`llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o`rgatishda qo`llaniladigan yo`l-yo`riqlarini o`rgatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir to`garak tashkilotchisi tikuvchilik mutaxassisligi tavsiyanomasida ko`rsatilgan tikuvchi kasbi 3-4 malaka bajarasini oladigan ishlarni o`zi bilishi va to`garak a`zolariga o`rgata olishi zarur. Dastur nazariy va amaliy tarzda o`qitiladi. Nazariy bilimlar berishda tikuvchilik sohasida qo`lga kiritilgan yangiliklar, yangi tikuv mashinalari, ishlov berish usullari haqida ma`lumotlar va ko`rsatmalar beriladi. o’quvchilar amaliy ishlarni bajarishda “Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari”va boshqa mutazassislik fanlaridan,”Tikuvchilik texnologiyasi” o`quv amaliyaot jarayonida egallagan bilim, ko`nikma va malakalariga asoslanadi.
Amaliy ishlarni o`tkazishda mavzuga oid ko`rgazmalar tayyorlanadi, mashg`ulot ishlanmalari, namunalar tuziladi. Dastlabki amaliy mashg`ulotlarni kollejning o`zida ramziy dars (dublyor) dan foydalanib o`tilsa bo`ladi. So`ngra albatta bunday darslar otaliq madaniyat uylarida,”Barkamol avlod” bolalar markazlarida yoki maktablar qoshida ochilgan to`garakalarda o`tkazilsa, yaxshi natija beradi.
Bo`lajak to`garak rahbarlari ilg`or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan mashg`ulotlarni kuzatishlari va tahlil etib o`rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o`zlarining ish faoliyatlari davomida qo`llanishlariga e`tabor berishlari zarur.
Bichish- tikishga o’rgatish metodikasi fani jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari kundalik, oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratiladi. Dastur 2 bo`limdan iborat:
I bolim. Bichish-tikishga o`rgatish metodikasi bo`yicha umumiy masalalar bo`lib, unda tikuvchilik metodikasi fanining maqsad va vazifalari, tikuvchilik to`garagi jarayonida tarbiyalash, to`garak rejalari turlari, ularni tuzish, to`garak mashg`ulotlari turlari, mehnatni tashkil etish shakllari, tikuvchilik mutaxassisligi tavsifnomasi, to`garak rahbarlarining
o’quv yiliga va mashg`ulotlarga tayyorlanishi, uni kuzatishni tahlil etish, ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etishni o`rganish kabi mavzular o`tiladi.
II bo`lim. Bichish-tikishga o`rgatish to’garagi mashg’ulotlarini tashkil etishni o’rgatish masalalari bo’lib, to`garak uchun xonaning moddiy bazasi, qo`l, mashina, dazmollash ishlarini o`rgatish, ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama sarfi, ularni loyihalash, badiiy bezashni o`rgatish, mayda detallarni tayyorlashni, ayollar, chaqaloq va qiz bolalar kiyimlarini, milliy kiyimlarni tikishni va ta`mirlashni o`rgatish bo`yicha nazariy bilim, ko`nikma va malakalar shakllantirish nazarda tutilgan. Bu bo`limda ko`rsatilgan tikuvchilik buyumlari xillari, o`rgatish tartiblari, ularga ajratilgan soatlar miqdori, mahalliy va milliy sharoitini hisobga olinib, o`zgartirilishi mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, pedagogik kengashda tasdiqlanib, qo`llanishi mumkin.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish