Kasbga yo’naltirishning hozirgi kundagi ahvoli


KASBGA YO‘NALTIRISH ISHINING MAKTAB TIZIMI



Download 77 Kb.
bet3/4
Sana20.03.2022
Hajmi77 Kb.
#503795
1   2   3   4
Bog'liq
KASBGA YO’NALTIRISHNING HOZIRGI KUNDAGI AHVOLI

KASBGA YO‘NALTIRISH ISHINING MAKTAB TIZIMI.
Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimii dastlabki bosqich hisoblanadi. Kasbga yo‘naltirish ishi maktab tizimining vazifalari:
-shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo‘lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;
-politexnik va boshlang‘ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini egallagan bo‘lg‘usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
-ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bo‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bo‘lib qoladi. Zarur politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, bunda hunar-texnika ta’limi tizimi shundan keyingi hamma bosqichlarida kasbiy ma’lumot, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot olish jarayoni jadallashadi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash- butun pedagoglar jamoasining, ona-onalar va zavod jamoatchiligining ko‘p yillik ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni ma’naviy-psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni xar tomonlama kamol toptirishning o‘zaro bog‘liq jarayoni deb karaladi, bu jarayonda qobiliyat va e’tikod bilan birga o‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlari boshlangich ishlab chiqarishga tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi ishchi kasblarini egallashga yo‘naltirishning xal kiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk boskichda amalga oshirilgan takdirda bunga erishiladi.
O‘rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki o‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bo‘yicha ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni, kunikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi
Ta`lim va kasbga yo‘naltirish bilan qo‘shilgan unumli mehnatda muntazam qatnashish eng ko‘p pedagogik samara beradi.
O‘rta maktablarni tamomlab yoki hunar-texnika ta’limi sistemasida, o‘kuv kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o‘tib, xalq xujaliginiig turli tarmoqlarida darhol ishlay boshlagan yigitlarning soni yil sayin ko‘payib bormokda.
Maktabda kasbga yo‘naltirish soxasidagi hamma ishlarning bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tartibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini, kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta’limi, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yeki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning sinf raxbari, maktab kutubxonachisi, maktab o‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-onalar qo‘mitasining a’zolari, bazaviy korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning ish rejasini xalq maorifi buyicha maktab kengashi ko‘rib chikadi va tasdiklaydi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashtirish va tashqil qilishdan, kasbga yo‘naltirish ishiga oid ilg’or tajriba ma’lumotlarini yig’ish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat Kasbga yo‘naltiruvchi kengash rayon maktablar-aro o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, xalq deputatlari rayon Kengashi ijroiya komiteti xuzuridagi yoshlarni kasbga io’naltirish va ishga joylashtirish komissiyasi, hunar-texnika ta’limi sistemasidagi o‘quv yurtlari, bazaviy korxonalar va tashkilotlar, o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog’lab turadi.
Maktabdan tashqari muassasalar (o‘quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar va yosh tajribachilar texnika stansiyalari, yoshlar klublari, ratsionalitsatorlar byurolari va shu kabilar) kasbga yo‘naltirish umumiy ishi sistemasida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o‘quvchilarning maxsus qiziqishlari shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta’limni va mehnat politexnik ta’limini to‘ldiradi, o‘quvchilarda kasb tanlashnish ijtimoiy ahamiyatga molik va sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo‘jaligi turli tarmoqlari bilan tanishishni kengaytiradi, o‘quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va mutaxassisliklarni, avvalo, o‘z rayoni, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha fakultativ kurs kasbga oid ma’lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari yuzasidan o‘quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilariga qarab qo’yidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir: I. O‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan o‘quvchilar soniga qarab:
I. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar.
D. Yakka-yakka o‘quvchilar qatnashadigan tadbir
II. tashkil etish usullariga qarab:
1. Yalpi tadbirlar — leksiyalar, yig’ilishlar, konferensiyalar, olimpiadalar, kinofilmlarni ko‘rish; tematik kechalar, ishlab chiqarish ilg’orlari bilan o‘tkaziladigan uchrashuv kechalari; kasb bo‘yicha kalendar kunlari.
2. Guruxiy tadbirlar - ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar bo‘yicha tanlovlar, yosh texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar bilan tanishish maqsadida jonajon o‘lka bo’ylab sayyoxlik yurishlari.
Z. Yakka-yakka o‘tkaziladigan tadbirlar - kasb haqida maslahat beriladigan suxbatlar, kasb to‘g‘risida tavsiya etilgan kitoblarni o‘qish, uchrashuvlar, konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar, o‘quvchini qiziqtiradigan fan va texnika soxasini chuqurlashtirish va rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
III. Mazmun manbalariga qarab;
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ishchilar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar, o‘qituvchining xikoyasi yoki suxbati, kinolardan parchalar, fotosuratlar, ro‘znoma va oynomalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish uchun proyeksion apparatlardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish ishchisini suxbati; kasblar haqida ma’lumotnomalar bilan tanishish; mehnat va ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘liq kasblar to‘g‘risidagi ocherklarni o‘qish; mutaxassislar bilan suxbatlar o‘tkazish yordamida axborot materiallarini to‘plash; fotosuratlar, fotoalbomlar ko‘rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali ishchilar kasbiy faoliyati to‘g‘risidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy xo‘jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish.
IV Kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo‘yicha; «O‘qish uchun qayerga kirish kerak» ma’lumotnomasini nashr etish, kasblar va hunar-texnika bilim yurtlari haqidagi plakatlar, e’lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy rayonda mavjud kasblarning qisqacha tavsiflari bo’lgan to‘plamlar; «Mehnat yo‘lini tanlash», «Mening kasbim-eng yaxshi kasb» mavzusidagi kinofilmlar; reklama qilinadigan televizion filmlar, sexlar, o‘quv yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg’orlari to‘g‘risida radio eshittirishlar, hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar yoshlarining turmush va o‘qishi haqida xikoya qiluvchi jumxuriyat va maxalliy ro‘znomalarda bosilgan maqolalar; shahar kinoteatrlari foyyelarida, magazinlarning vitrinalarida, katta ko‘chalarning chorraxalarida ishchi kasblarini targ’ib qiluvchi stendlar va ko‘rgazmalar; ko‘chalar va maydonlardagi yoshlarni hunar-texnika bilim yurtlariga o‘qishga kirishga da’vat etuvchi yorqin bo‘yoqli chaqiriqlar.
Maktab kasbga yo‘naltirish ishi sistemasini tarkib toptirish xali nixoyasiga yetkazilgani yo‘q. Kasbga yo‘naltirish sistemasi tarkibiy tuzilishi kasbga yo‘naltirish maqsad va vazifalarini; maktab ta’limi bosqichlari bo‘yicha uning mazmunini; bazaviy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo‘naltirish ishining yo‘nalishlarini; kasbga yo‘naltirish tadbirlarini amalga oshirish shakllari, metodlari va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo‘yicha unumli mehnatda maktab yoshlari ishtirokining konkret yo‘llarini o‘z ichiga olishi lozim.
O‘rta maktabda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni rivojlantirish qo’yidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.
II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman o‘rganish.
III. Kasblarning asosiy guruxlari bilan tanishtirish.
IV. Viloyat, rayon xo‘jaligi biron tarmog’ining, bazaviy korxonaning tanlangan ishchi kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.
Kasbga yo‘naltirish maktab sistemasining asosiy prinsiplari sifatida qo’yidagilarni ko‘rsatish mumkin:
a) Kasbga yo‘naltirish xar tomonlama kamol topgan, faol shaxsni shakllantirshyaga qaratalgan pedogogpk jarayonning rejali ravishda amalga oshiriladigan uzviy qismi sifatida;
b) Ijtimoiy ishlab chiqarishning xaqiqiy talabi asosida mehnat yo‘lini tanlashning shaxsiy va ijtimoiy muammosini to‘g‘ri xal qilish;
v) Kasbga yo‘naltirishning og’zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar yetakchi ishchi kasblari asoslarini egallash borasidagi konkret amaliy harakatlar bilan ko‘shib olib borish;
g) maktabdagi barcha darslarda yuqoriga ko‘tarilib boruvchi chiziq bo‘yicha kasb maorifi va kasbni targ’ib qilishning pog’onali tuzilishi;
d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g’ayratlari bilan ishchi kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari
Namunaviy dastur talablariga muvofiq xar bir o‘quv fani bo‘yicha darslar mazmunini hisobga olib, kasbga yo‘naltirishni sinfdah sinfga rejalashtirish masalalari eng murakkab ishdir.
Ommaviy maktablarda kasbga yo‘naltirishning amaliy vazifalarini xal qilishga sistemali yondashish usuli qo‘llaniladi. Kasbga yo‘naltirshning sinflar bo‘yicha asosiy mazmuni qo’yidagicha bo‘lishi mumkin:
Boshlang’ich sinflarda: atrof-tevarakdagi maxalliy ishlab chiqarish korxonalari va tabiatdan foydalangan xolda mehnat faoliyati turlari bilan tanishtirish.
O‘rta sinflarda: umumiy ta’lim turkum o‘quv fanlari darslarida og’zaki metodlar yordami bilan hamma ishlarni o‘z ichiga oladigan va birga qo‘shilgan kasblarning asosiy guruxlari bilan mehnat ta’limi darslarida esa metall ishlash, elektrotexnika yog’ochga ishlov bsrish kasblari mehnat usullari bilan ko‘rgazmali tanishtirish.
Yuqori sinflarda: konkret ishchi kasblari asoslarini egallagan xolda ishlab chiqarishning konkret soxalari negizida kasbga yo‘naltirish.
Shunday qilib, ko‘rib chiqilgan tarzdagi kasbga yo‘naltirish maktab sistemasi mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi sharoitda rayon, shaxar, viloyat va jumxuriyat doirasida yangi iqtisodiy tafakkur asoslarini xal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yo‘llarini belgilashga yordam beradi.

Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish