Mehnat darslarini o‘tish bo‘yicha tavsiyalar.
Yuqorida aytilganidek, pedagogik amaliyot davrida talaba
lar o ‘zlari biriktirilgan sinflarda m ehnat ta ’lim ining belgilangan
yo‘nalishlari bo‘yicha 6—8 ta dars o ‘tishi lozim. Birinchi haftasi-
da amaliyotchi talaba fan o‘qituvchisining ish uslubi bilan, sinf
xonasining asbob va jihozlar bilan ta ’m inlanishi, savol-javobning
qanday o‘tkazishi bilan tanishadilar. Amaliyotchi o ‘z ishida oliy
o ‘quv yurtida oigan bilim lariga tayanishi lozim va im koni bori-
431
cha maktabdagi fan o‘qituvchilarining tajribalaridan foydalana-
dilar. Bundan tashqari biriktirilgan mehnat darslarida qatnashish
shuning ucliun zarurki, dars o‘tkazishning tashkil qilinishi va
metodikasidan keskin farq qiluvchi ustaxona bilan bog'liq muay
yan odatlarni egallagan o‘quvchilarga salbiy ta ’sir qilishi mum kin.
Nihoyat, mazkur maktabda yuzaga kelgan mavjud sharoitlarni
o ‘rganish maktab dasturining o‘rganiladigan mavzusi talablariga
to ‘la javob beradigan ish obyektini rejalashga yordam beradi.
Talabalar darslarga tayyorlanishida uning ko‘rgazmali vosita
lar bilan ta’minianganligi alohida diqqatga sazovordir. H ar mak
tabda o‘rganiladigan m ehnat operatsiyalarining, texnikaga oid
m a’lumotlarning ko‘rgazmaliligini yaxshilashga va o‘quv jara-
yonining samaradorligini ko‘tarishga imkon topiladi. Amaliyot-
chilar bu borada tashabbus ko'rsatishlari va o‘rgatadigan o‘quv
materialiga doir ayrim ko‘rgazma vositalarini taklif etib, ke-
yinchalik uni o‘zlari yoki o‘quvchilar yordamida tayyorlashlari
maqsadga muvofiqdir. Bular plakatlar, moslamalar, slaydlar na-
munalari bo‘lishi mumkin.
A m aliyotchilar uchun darsning eng qiyin element!
0
‘quv
chilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishdir. Zaruriy tajri
basi yo‘qligi tufayli amaliyotchi talaba mustaqil ishlarni baja
rish davomida o‘quvchilarda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni
hali oldindan ko‘ra bilmaydi. Shunday paytlarda am aliyot
chi o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, o‘zini qanday tutishni bilm ay
di, shu tufayli o‘quv jarayonidagi uning rahbarlik roli yo‘qqa
chiqadi. Amaliyotchi eng avvalo shuni yodda tutishi kerakki,
o ‘quvchilar amaliy ish bajarayotganlarida albatta xatolarga yo‘l
qo‘yadilar, yo‘riqnom alar yordam ida m ehnat harakatining ichki
ko‘rinishini ochib berish m um kin. 0 ‘quvchilar mustaqil ishni
bajarayotganlarida am aliyotchilar ularning m ehnat am allarini
to ‘g‘ri bajarayotganliklarini tekshirishga asosiy diqqat-e’tiborini
qaratishlari lozim. M etodik adabiyotlar bilan tanishish, m ak
tabdagi fan o‘qituvchisidan va amaliyot rahbaridan m aslahatlar
olish ko'pchilikka xos xatolarni aniqlashga ham da oldindan
ularni b artaraf etish choralarini o‘ylab ko‘rishga im kon beradi.
Mustaqil ish vaqtida ish o‘rinlarini aylanib chiqib, o‘quvchilarga
m aslahatlar berish zarur. Ba’zan amaliyotchi aynan bir narsaning
o ‘zini turli o‘quvchilarga ko‘p m arta alohida-alohida namoyish
qilayotganini payqamay qoladi. Bunga ko‘p vaqt ketadi va bari-
432
bir ham m a o ‘quvchilarni qam rab olishning iloji bo ‘lmaydi. Bu
holda eng m uhim i xatoning tipikligini o ‘z vaqtida aniqlash va
frontal yo‘riqnom a o‘tkazishdir.
Amaliyotchi yangi m aterialni bayon etishga tayyorlanar ekan,
o‘quvchilarda o‘quv m ateriali bilan bog‘liq bo‘lgan, o'quv dastu
ri doirasidan chiqmaydigan savollar paydo bo‘lishi m um kinligini
hisobga olishi kerak. A lbatta bu savollarga javob berishi zarur,
lekin bunga ham isha ham vaqt bo‘lavermaydi. Bu holda o‘quv-
chilarga darslardan keyin o‘z oldiga kirishini, to‘garak ishida qat-
nashishni tak lif qilish, zarur adabiyotlarni tavsiya etish mum kin.
0 ‘tilgan material yuzasidan savol-javoblar va yangi m aterial
ni m ustahkam lashga tayyorgarlik ko'rishda amaliyotchi savollar-
ni o‘ylab olishi, o‘quvchilarning javoblaridagi m um kin bo ‘lgan
chetlashishlarni tahlil qilib chiqishi, ularning xatolarini darhol
tuzatishga tayyor turish lozim. Bu ishni xushm uom alalik bi
lan, o‘quvchiga qattiq tegmaydigan qilib amalga oshirish kerak.
0 ‘quvchila’7ishini tekshirayotganda ularning xarakteridagi o‘ziga
xos xususiyatlarni e’tiborga olish va baholarni shu asosda qo‘yish
kerak. M a’lum ki 10-15 yoshdagi bolalar juda qattiq emotsio-
nal ta ’sirlanadilar. Ehtiyotsizlik bilan aytilgan har bir qo'pol so‘z
ularni qattiq g‘azablantirishi, bu g‘azabni jilovlash qiyinlashib,
agarda am aliyotchining o ‘zi ham yomon kayfiyatda bo‘lsa, u hol
da butun dars buzilishi m um kin.
M ehnat fanini yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishda har bir yo‘na-
lishning o ‘ziga xos xususiyatlari mavjud. M asalan «Servis xiz
mati» yo‘nalishida o ‘quv xonalari tegishli tartibda jihozlangan
bo‘lishi, sanitar-gigiyenik m e’yorlarga javob berishi kerak bo'ladi.
0 ‘quvchilarga tikuv m ashinasidan to‘g‘ri foydalanishni va turli
shikastlanishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
va o‘quvchilarning shunga amal qilishlarini ta ’m inlash zarur.
Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, texnik vositalardan, yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning fanga
bo'lgan qiziqishlarini orttiradi. Amaliy m ashg‘ulotlarda joriy,
oraliq, yakuniy yo‘riqnom alarni o ‘z vaqtida m azm unli va to ‘g‘ri
o‘tkazish o‘quvchilar tikayotgan buyum larining sifatli bo‘lishiga
olib keladi.
M ehnat darslarida ko‘rgazmali qo‘llanm alardan foydalanish
m etodining samarali bo'lishi quyidagi talablarga rioya qilinishiga
bog‘liqdir:
433
1. Ko‘rgazmali qo'llanm alarni nanioyish qilish vaqtida ular
ning barcha o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishini ta ’m in
lash zarur, estetik jihatdan talab darajasida bo‘lishi kerak.
2. K o'rgazm ali qo‘llan m alar o ‘quv m aterial! m azm u n in in g
eng muhim belgilarini aks ettirishi lozim.
3. Bayon qilinayotgan materialning mazm uniga to ‘la-to‘kis
muvofiq keladigan ko'rgazmali narsalarrii nanioyish qilish ke
rak. Ortiqcha kuzatish obyektlari bo‘lmasligi lozim, chunki ular
0
‘quvchilarning diqqatini chalg'itishi mumkin.
4. 0 ‘qituvchi ko‘rsatayotgan narsaning o‘quvchilar tom onidan
idrok etilishi jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim.
M ehnat darslarida o ‘quvchilar bilim ini tekshirishda amaliyot
chi talabalar quyidagi tavsiyalar asosida ish yuritadilar.
0 ‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va m alakalarini tekshirish
hamda baholash katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Bilim va m ehnat ko‘nikm alarini tekshirish va baholash m ehnat
ta’lim ining barcha bosqichlarida: o‘tilgan m aterialni takrorlash
va yangisini mustahkam lashda m ehnat usullarini egallashda va
mehnat topshiriqlarini mustaqil bajarishda, grafik ish va uy vazi
falarini bajarishda amalga oshiriladi.
Bilim, ko‘nikm a va malakalarni tekshirish ikki xil shaklda:
frontal va yakka tarzda o ‘tkaziladi. Mehnat ta ’lim i darslari
da yakka tekshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi, chun
ki o‘quvchilarning biridan so‘rash boshqa o‘quvchilarni ishdan
chalg‘itmaydi. Frontal so‘rash kam roq qo‘llaniladi va undan bi
ror m ehnat usulini butun guruh qanchalik to ‘g‘ri o‘zlashtirgani-
ni tekshirish zarur bo‘lib qolganda foydalaniladi. Odatda tayyor
buyumni baholashda frontal tekshirish qo‘llaniladi.
Bilim, ko'nikm a va malakalarni tekshirish og‘zaki, yozma va
amaliy b o lish i mumkin.
1. Og‘zaki tekshirish — o‘quvchilar bilim ining saviyasi, pux-
taligi va ongliligini aniqlash im konini beradi.
2. Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kam roq, odatda
o‘quvchilar bilim ini sinash kerak bo‘lganda, ya’ni o‘quvchilar be
rilgan m avzuni o ‘zlashtirishida u yoki bu m asala bo‘yicha qan
day bilimlar bilan kelgani va bu bilimlar mavzuni o‘rgangandan
keyin qanchalik tolaligini aniqlash zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.
3. Bilim larni amalda tekshirish m ehnat ta ’lim ida alohida o'rin
tutadi, chunki
0
‘quvchilarning m ehnat darslaridagi faoliyati aso-
434
san ijtimoiy foydali buyum larni tayyorlashdan iborat bo‘ladi va
shu yo‘l bilan moddiy ifodasini topadi.
0 ‘quvchilar bilim i, ko‘nikm a va m alakalarini tekshirish ja
rayoni quyidagi didaktik m asalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan.
1. Bilim, ko‘nikm a va m alakalarni aniqlash.
2. 0 ‘quvchilarni o‘quv faoliyatlarida rag‘batlantirish.
3. 0 ‘quv jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishdagi nuqsonlarni
aniqlashda yordam berish.
4. 0 ‘quvchiIarda o ‘z-o ‘zini nazorat qilish m alakalarini tarkib
toptirish.
5. Bilim, ko‘nikm a va malakalarni tekshirish oldindan ish
lab chiqilgan dastur asosida o‘tishi ham da o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatiga tarkiban qo‘shilib ketishi kerak.
Baho qo‘yishga oqilona va m etodik jihatdan to ‘g‘ri yondashish
zarur. U o‘quvchining qiziqishini ham da o ‘qishga bo‘lgan xohi-
shini rag‘batlaiatirishi va aksincha noto‘g‘ri qo‘yilgan baho uning
o‘qishga bo‘lguíi qiziqishini pasaytirishi m um kin. Baho tarbi
yaviy vositalardan biri bo‘Imog‘i kerak. Shuning uchun ham baho
qo‘yishda am aliyotchining nihoyatda obyektiv bo‘lishi talab eti
ladi. K o‘pincha amaliyotchi talabalar o‘quvchilarning intizomiga
oid birorta kamchiligi (darsga kechikib kelishi, gaplashib o‘tirishi
va hokazo) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo‘l qo‘yadilar.
Bu o‘rinda amaliyotchi talaba tarbiyaviy ta ’sir ko‘rsatishning
boshqa vositalaridan foydalanishi lozim. 0 ‘quvchilarning bilim,
m alaka va ko‘nikm alarini baholashda quyidagi talablarning ba
jarilishi talab etiladi.
1. N azariy va texnologik bilim lar m e’yori va ularni amaliy ish
jarayonida qo‘llash.
2. Asboblar, m oslam alar va boshqa jihozlarni bilishi va ularni
ishga sozlay bilishi.
3. A m aliy ish jarayonida texnika xavfsizligi va sanitariya-gigi-
yena talablarini bajara bilishi.
4. Ajratilgan vaqt m e’yorida buyum ni tayyorlay olishi.
5. M ehnat usullarini qanchalik egallay bilishi.
6. D ars jarayonini yozma va grafik hujjatlardan foydalana bili
shi va ularning oddiylarini tuza bilishi.
7. Ish jo ‘yini nechog‘liq to ‘g‘ri tashkil qila bilishi.
8. M ateriallarni tanlay bilishi, asbob-uskunalarga to ‘g‘ri m u-
nosabatda bo‘lishi.
435
9. NechogMiq mustaqil ish lay bilishi va ijodiy izlanishi.
10. Buyumni sifatli tayyorlashi.
11. Texnik va texnologik talablarni to ‘g‘ri bajara olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |