Odam –texnika tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: bul’dozer mashinisti, kon texnigi, injener-geolog, texnik-elektrik, texnik-texnolog, agregatlar va mashinalarni montaj qilish, sozlash va ishlatish mexanigi, ishlab chiqarish texnologik uskunalarini sozlash mexanigi, aviatsiya texnikasini yig’uvchi-chilangar, aviatsiya asboblari va elektr jihozlari montajchisi, texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha aviatsiya texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik, temir yo’l stantsiyalaridan foydalanish va xizmat ko’rsatish texnigi; elektromexanik, axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimlarini ishlatish bo’yicha texnik, kimyoviy ishlab chiqarish va texnologiyasi texnik – texnologi, neft va gazga kimyoviy ishlov berish va qayta ishlash texnik-texnologi, bino va inshootlar bo’yicha texnik-arxitektor.
“Odam – badiiy obraz” kasb tipiga
Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. “Odam – badiiy obraz” kasb tipiga - drama teatr aktyori, qo’g’irchoq teatri aktyori, estrada artisti, musiqiy teatr aktyori, sirk artisti, sirk va original janrlar artisti, havaskorlik xor jamoasi dirijyori, akademik vokal artisti, an’anaviy vokal artisti, estrada vokal artisti, fortepiano ijrochisi, torli cholg’ular ijrochisi, xalq cholg’ulari ijrochisi, rassom, teatr liboslari san’ati rassomi, kino va televidenie rassomi, dizayner, reklama bo’yicha mutaxassis, interer va mebellar dizayneri, me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi-dizayneri, milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri, haykaltarosh, chinni va kulolchilik mahsulotlari usta-rassomi, ganch, naqqoshlik bo’yicha usta-rassom, musiqa asboblarini yasash va ta’mirlash bo’yicha usta, kashtachilik, zardo’zlik, zargarlik misgarlik bo’yicha usta-rassom, raqs ijrochisi, folklor-etnografik jamoalari rahbari, ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori, madaniy-ma’rifiy tadbirlar badiiy bezovchisi, dinshunos va boshqa kasblarni aks ettiradi.
ODAM BELGILAR
Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi sistemalari dunyosida – tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi.
Buxgalter, auditor, analitik, marketolog, byudjet analitigi, baholovchi, stenografist, statist, iqtisodchi, axborot–resurs markazi kutubxonachisi, arxivshunos va ish yurituvchi, menejer, tovarshunos, birja agenti, moliyachi, bank ishi mutaxassisi, soliq mutaxassisi, sug’urta agenti, kompyuter operatori, korrektor, redaktor, sekretar-referent, aloqa operatori, aloqachi, kassir, kontroler-kassir, kartograf, pochtalon, notarius va boshqa kasblarni aks ettiradi.
“Kasblar alifbosi” mashqi
Berilgan harflarga kasb nomlarini yozing
A
|
B
|
D
|
O
|
Arxitektor
|
Bog`bon,
|
Dutorchi
|
Oshpaz
|
Do'stlaringiz bilan baham: |