Kasb tanlashga


  Asbob-uskunalarni ishga soziash, xomashyo, namuna



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/266
Sana21.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#686732
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

2. 
Asbob-uskunalarni ishga soziash, xomashyo, namuna,
ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash. 
0 ‘quv
239


ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni 
o‘tkazishning to‘g‘ri metodikasini qo‘llash, o ‘quvchilar tom onidan 
texnikaviy bilimlar, m ehnat malakalari va ko‘nikm alari muvaf­
faqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quv ustaxonalarning jihozlanishi 
texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak m ehnat madaniyatiga m u­
vofiq kelishi va ularda m ehnat ta ’limi dasturining barcha mavzu­
larini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim.
M ehnat ta ’lim ining asosiy darslari nazariy va amaliy 
mashg‘ulotlardan iborat. 0 ‘quvchilar m ehnat ta ’lim ining nazariy 
asoslarini o‘zlashtirishlari uchun taxm inan 20% o‘quv vaqtini 
sarflashga rejalanadi. Uyda va m ehnat kutubxonasida mustaqil 
ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini o‘zlashtirishIari 
lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda mehnat ta ’limi 
o‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli zamonaviy 
texnik-texnologik, umumiy ta ’lim fanlariga, fan-texnikaga oid 
jurnallar va boshqa manbalar ro‘yxati, internet va qo‘lda tay­
yorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar, axborot- 
nomalar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan kichik to‘plamIar qo‘shim - 
cha manba bo‘lib xizmat qiladi.
0 ‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bo‘lgan stanoklar, asbob- 
uskunalar, dastgohlar, moslamalarni ta ’mirlab, amaliy va labora­
toriya darslariga tayyorlab qo‘yishi, amaliy ish obyektlari uchun 
xomashyolar to‘plashi, eskizlar, chizm alar, texnologik xaritalar 
ishlab chiqishi lozim.
0 ‘quvchilar tayyorlagan buyum larni, ishlarni yakunlagan h o ­
latini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar, nam unalarni 
ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda m ehnat ta ’limi jihozlari ro‘yxati ta ’lim ning 
yangi vositalari hisobiga sezilarli kengaydi va hozirgi kunda 400 
nomdan iborat. Bular 220 tacha har xil turdagi asboblar, mosla­
malar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va ular­
ning qismlari, 14 xil to‘plamdagi jadvallar va plakatlar, 120 dan 
ortiq ekran vositalari va qo‘llanm alaridan iborat. Buning ham ­
masi m ehnat ta ’lim ining politexnik yo‘nalishini kuchaytirish, 
o‘quvchilarga texnika, texnologiya, iqtisodiyot va hozirgi zamon 
ishlab chiqarishining tashkiliy asoslarini chuqurroq va to‘liqroq 
ochib berish, ularda har turli materiallarga mexanik ishlov b e­
rishning dastlabki ko‘nikm alarini ertaroq shakllantirish zarura- 
tidan kelib chiqqan.
240


Pedagogik nuqtayi nazardan o‘quv-moddiy ta ’m inot o ‘quv- 
tarbiya jarayoni sam aradorligini va sifatini oshirishga, ta ’lim ning 
politexnik va kasbga yo‘naItiruvchi jihatlarini to‘liq amalga oshi- 
rilishini ta ’minlashga zam in yaratishi kerak. 0 ‘quvchilarga ta ’lim 
vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan to ‘g‘ri bo‘lishi, 
o‘quvchilarning tayyorgariik darajasini oshirishga imkon berishi 
lozim.
Iqtisodiy jihatdan o‘quv-moddiy baza m aqsadlarini m ehnat 
o‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga 
oshirish im konini beradigan o ‘quv jihozlaridan to ‘liq foydala- 
nishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
0 ‘quv ko‘rgazmalari va o‘quv jihozlari tarkibida, odatda kam- 
yob va qim m atbaho m ateriallar bo‘lmasligi, ularni tayyorlash 
asossiz ravishda ortiqcha xarajatlar talab qilmasligi va ommaviy 
ravishda m aktablar sotib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Iqti- 
sod nuqtayi nazardan o‘quv jihozlari ustida o‘qituvchilar va o‘quv 
ustalari ishlashlari lozim.
Umumiy ta ’lim m aktablari sharoitida o‘quvchilarning m ehnat 
va kasb-hunarga yo‘naltirish sifatini yaxshilash ham da takom il­
lashtirish uchun o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalarida har bir 
kiritilgan kasb va ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, m oslam a­
larini ishga sozlash, ta ’mirlash ham da qayta tayyorlashni tashkil 
etish va ularning m etodikasini hal qilish ahamiyatga ega. Chunki, 
o‘quvchilarga xuddi ana shular orqali texnik-texnologik operatsi­
yalarni bajarish asosiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 
m ehnat ta ’lim ining har bir yo‘naIishi bo‘yicha asbob-uskunalarni 
ishga sozlash uchun o‘quvchilar eng avvalo qo‘llaydigan asbob- 
uskunalarining tuzilishini m ukam m al o‘rganishlari zarur.
A sbob-uskunalarni ishlatish va ularni qo‘llashga sozlashni as­
bob-uskunalar va m oslam alar yuzasidan bajariladi;
1) turlari, tuzilishlari, xususiyatlarini o ‘rganib mavjud kam ­
chiliklarni bartaraf etish va ishga sozlash;
2) qo‘llanishlari, qo‘llanish usullari va texnologiyasini o‘rga- 
nib, mavjud kam chiliklarni b artaraf etish va ishga sozlash;
3) tayyorlash texnologiyasi standartlari, sifat belgilarini o‘rga- 
nib, mavjud kam chiliklarni b artaraf etish va stanok m ashinada 
qo‘llash;
4) tayyorlashda qo‘llaniladigan usullar, operatsiyalar, asbob- 
uskunalar, moslamalar, stanoklarni o'rganib, mavjud kam chi-
241


liklarni b artaraf etib moslashtirish; ishchi-mutaxassislarni qayta 
tayyorlasli, malaka oshirish;
5) 
tayyorlashda ishlatiladigan m ateriallarning texnologiyasi va 
sifatlarini yaxshilash.
M ehnat ta ’lim ining nazariy ham da amaliy mashg‘ulotlarida 
o ‘quvchilarni qo‘llaniladigan xomashyolar va nam unalar bilan 
tanishtirish ham da foydalaniladigan metodikasini yoritish o‘ziga 
xos o‘rin egallagan. Mehnat ta ’limi yo‘nalishlari bo‘yicha joriy 
etilayotgan tashkiliy, metodik va boshqa masalalar qatorida 
moddiy-texnik baza, ayniqsa xomashyo ham da nam unalar bilan 
ta ’minlash eng murakkab va dolzarb muammodir. 0 ‘quvchilar 
buni inobatga olishlari bilan birga mavjud imkoniyatlardan xabar- 
dor bo‘hshi maqsadga muvofiqdir.
Yog‘ochga ishlov berishda amaliy tashkilot ham da yog‘och- 
sozlik korxonalaridan olingan mahsulot (eshik, rom, imoratsoz- 
lik detallari va boshqa buyurtm alardan ortib qolgan bo‘laklar, 
qirindilar, bahor va kuz davrlarida daraxtlarni kaltalash h o ­
latida paydo bo‘lgan sarjinchalar va ko‘zsiz dumaloq bo‘laklar) 
yog‘ochsozlik m ehnati uchun xomashyo tarzida qo‘llanishi eng 
ommaviy tajriba hisoblanadi, ulardan m ehnat ta ’limi jarayo­
nida turli buyum lar (bolg‘a va iskanalar uchun dastalar, sabza- 
vot to‘g‘raydigan taxtalar, yog‘och g‘o‘lasining arralangan nam u­
nalari, yelimlangan yog'och vaza va hokazo) tayyorlanib ijtimoiy 
foydali m ehnat mahsulotlariga aylanadi.
M ehnat ta ’limida o‘quvchilarni xomashyolar bilan tanishtirish, 
shuningdek, ularni nazariy hamda tarixiy m a’lumotlar bilan ham 
tanishtirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan n a­
m unalar (detallar, mexanizmlar, stanoklar, texnik-texnologik ja ­
rayonlar xaritalari, qog‘oz-kartonlardan tayyorlangan maketlar) 
keng qo‘llanilmoqda.
Metallarga ishlov berishda otaliq tashkilot ham da metallsoz- 
lik korxonalarida asosiy ishlab chiqarish jarayonida tayyorlanadi- 
gan m ahsulotlardan ortib qolgan chiqindilar: tunuka quymasi va 
boshqa qoldiqlar, metallsozlik ishlaridan paydo bo‘lgan parchin- 
lar, brak holiga kelgan turli shakldagi detallar m ehnat ta ’limida 
metallga ishlov berish uchun xomashyo sifatida qo‘llaniladi. Shu 
bilan birga m etallarni qirqish jarayonida shu tariqa yig‘ilgan 
metall chiqindilari ham xomashyo bo‘la oladi. Ulardan m ehnat 
ta ’limi darslarida m etalldan tayyorlangan o‘yinchoqlarning bu-
242


/ilgan qismlarini sozlashda, turli asboblar, maketlar, m odellarni 
yasashda foydalanish m um kin. U lar turli shakldagi detallarni 
shlangensirkul bilan o‘lchash, nazorat ishlarini bajarish uchun 
mehnat obyekti vazifasini bajaradi.
M etallardan tanlab olingan shvellersimon detallardan parm a- 
lash operatsiyalarini bajarishga foydalaniladi. Shundan o‘quvchilar 
lushunadilarki, tashlandiq detallardan (qaysi shaklda bo‘lmasin) 
ham o‘quv ishlarini bajarishda foydalanish m um kin. Bu birinchi- 
dan, o‘quvchilarni izlanish, ijod qilishga undaydi, chunki m a’lum 
bo‘lm oqdaki, detallar qaysi holatda bo‘lmasin, ulardan har xil 
texnologik operatsiyalarni bajarishda foydalanish uchun im koni­
yat topiladi, ikkinchidan, o'quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishga 
yordam beradi.
M ehnat ta ’lim ida xomashyo va nam unalar qaysi holatda, 
shaklda va qanday m aterialdan bo‘lmasin, ular o‘quvchilar uchun 
u yoki bu texnologik operatsiyalarni o‘zlashtirishlarida o ‘quv 
obyekti bo‘la oladi. Turli o‘lcham va shakldagi tunuka bo'laklari 
kavsharlash operatsiyalarining turli xillarini o‘zlashtirishga olib 
keladi. M azkur tunuka parchalari xomashyo sifatida qo‘llaniladi. 
Xomashyo m ateriallaridan o ‘quvchilar chilangarlik ustaxonasida 
knopkalar ishlab chiqaradigan asbob tayyorlashlari maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bunday m oslam ani 8—10 m m li sim dan tayyor­
lash m um kin.
Shunday qilib, xomashyo turlari va nam unalari o'quvchilar 
uchun texnika-texnologiya, materialshunoslik, qirqish nazariyasi, 
ustaxonada o‘zlashtirilgan chilangarlik, tokarlik, frezerlash, par- 
malash va boshqa o‘quv m ashg‘ulotlari bo‘yicha shakllangan bilim, 
ko‘nikm alarni malaka darajasiga ko‘tarish uchun zam in yaratiladi.
Shu tarzda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazan­
dachilik, qishloq xo‘jaligi ham da milliy hunarm andchilik 
yo‘nalishlarida ham mavjud xomashyo va nam unalardan foy­
dalanish holatlarini yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish