8
1-BOB. BO„LAJAK BOSHLANG„ICH SINF O„QITUVCHILARNI KASB
TANLASH ISHIGA TAYYORLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
1.2
Talabalarni kasb tanlash ishiga tayyorlash-pedagogik muammo sifatida
Ma‘lumki, qadim Turkistonda azal-azaldan farzandlarni kasb-hunarga
yo‗naltirish, ularni ilk yoshdanoq ilmu-fan va ma‘rifat sirlarini egallashiga katta
e‘tibor berilgan. Bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher
Navoiy, Muhammad Zahiriddin Bobur, Furqat va boshqalar asarlarida ustoz-
shogird,
kasb-hunar
sirlari
to‗g‗risida ko‗plab materiallar keltirilgan.
Hunarmandlar, ziyolilar va boshqa kasb-hunar egalarining sulolalari munosib
baholangan va katta ahamiyat kasb etgan.
―Yigit kishiga etmish hunar oz‖, ―Hunar, hunardan unar‖,
―Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tuproqqami ketgumdir oxir‖, va h.k.
Mamlakatimizda ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun[I.1,-10b.] Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturiga asosan yosh avlodni kasbga yo‗naltirish to‗rt bosqichda amalga
oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi 5-6 yoshdan boshlanib, unda ―Kasblar
alifbosi‖ bilan tanishtirish, erta kasb-hunarga yo‗naltirish maktabgacha ta‘lim
muassasalari tarbiyachilari tomonidan mashg‗ulotlar, o‗yinlar tarzida tashkil
qilinadi va amalga oshiriladi. ―Kim bo‗lsam ekan?‖-boshlang‗ich kasb-hunarga
yo‗naltirish bosqichida 1-4-sinfda kichik maktab yoshidagi o‗quvchilar uchun (6-9
yoki 7-10 yoshlilar) mehnat darsi hamda sinf soatlari hisobiga oyda bir marta
o‗quv mashg‗ulotlari tashkil etiladi.
Umumta‘lim maktablarining kichik va o‗rta yoshdagi o‗smirlari (11, 12, 13,
14 yoshlilar) uchun ―Kasblar olamiga sayohat‖ qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga
yo‗naltirish bosqichida o‗quv mashg‗ulotlari oyda ikki marta sinf soatlari va
mehnat darslari hisobiga amalga oshiriladi.
―Men orzu qilgan kasb‖ shaxsning kasbiy yo‗nalganligini shakllantirish va
rivojlantirishning yakunlovchi, to‗rtinchi bosqichida kasbga yo‗naltirish ishlari 8-
9-sinflarda olib borilib, unda o‗quv mashg‗uloti haftada bir marta maktab
ixtiyoridagi soatlar va mehnat darslari hisobiga tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
9
Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda 12 yillik bepul majburiy umumiy
o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim (akademik litsey va kasb-hunar kolleji) zamonaviy
asbob-uskunalar bilan jihozlangan o‗quv muassasalarida amalga oshirilmoqda.
O‗z-o‗zidan ravshanki, dunyoda o‗xshashi yo‗q ushbu ta‘lim tizimini
samarali
ishlashini
ta‘minlashda umumta‘lim maktablari yuqori sinf
o‗quvchilarining kasb-hunar kollejlarida tayyorlanayotgan kichik mutaxassislarni
qay darajada ongli, mustaqil ravishda tanlashlariga bog‗liq. Buni ijobiy hal etish
bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining tayyorgarlik darajasiga maktab, kasb-
hunar kolleji, ota-onalar, mahalla va keng jamoatchilikning o‗zaro hamkorligiga
bog‗liq.
Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olib, milliy pedagogikamizda ham
maktabgacha ta‘lim muassasalarida 5-6 yoshdan boshlab bolalarni kasb-hunarga
yo‗naltirishning birinchi bosqichi bo‗yicha dastur ishlab chiqilgan.
Unga ko‗ra, birinchi bosqichda MTM bolalarini ―Kasblar alifbosi‖ bilan
tanishtirish, erta kasb-hunarga yo‗naltirishning asosiy maqsad va vazifalari
quyidagilardan iborat:
- Bolalarda insonlar-turli kasb egalari haqidagi bilim va tasavvurlarning
rivojlanishi va shakllanishi;
- Bolalarda turli hamda keng tarqalgan kasblarga qiziqishini rivojlantirish va
unga ijobiy munosabatni shakllantirish;
- Kattalar mehnati, mehnat natijasi, mehnat qurollari haqidagi birlamchi
tasavvurlarni mustahkamlash uchun sharoit yaratish;
- Maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida mehnat tushunchalari
va malakalarini oilaviy sharoitda tarbiyalash yuzasidan ota-onalarga tavsiya
berish.
Do'stlaringiz bilan baham: