14.16-rasm.
Ma`ruza. O’rnatuvchi disklarni (Installyatsion) yaratish. (2 soat)
O’quv modul birliklari:
O’rnatuvchi disklarning zaruriyati
InstallShield Express dasturi
O’rnatiluvchi komponentlarni tanlash
Foydalanuvchi sistemasini konfiguratsiyalash
Muloqotlarni sozlash
O’rnatuvchi disk obrazini yaratish
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari:
Talaba ushbu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng:
O’rnatuvchi disklarga bo’lgan zaruriyat haqida ma’lumotga ega bo’ladi
InstallShield Express dasturi bilan tanishadi
O’rnatiluvchi komponentlarni tanlashni biladi
Foydalanuvchi sistemasini konfiguratsiyasini o'rganadi
Muloqotlarni sozlay oladi
O’rnatuvchi disk obrazini yarata oladi
Tayanch so’z va ibоralar
Kompyuter qurilmalari bilan ishlaydigan modullar.
Kompyuter qurilmalariga Delphi orqali murojaat qilish usullari.
Kompyuter qurilmalari xaqidagi ma’lumotlarni olish usullari.
O`rnatuvch disklarni yaratish
O’rnatuvchi disklarni yaratish.
Zamonaviy dasturlar disketlarda yoki CD-disklarda joylashadi. Dasturni o’rnatish jarayoni, yani, kerakli kataloglarni yaratish va unga mos ishchi fayllarni hamda ma’lumotlarni o’zida saqlovchi fayllarni joylashtirish ko’pgina foydalanuvchilar uchun qiyinchilik tug’diradi.
Shuning uchun, amaliy dasturlarni kompyuterga o’rnatishda maxsus dasturdan foydalaniladi. Bu dastur joriy diskda joylashadi.
Installyatsion dasturlar boshqa dasturlar singari yaratilishi mumkin. Lekin bu juda ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda installyatsion dasturlarni yaratuvchi maxsus dasturlar tuzilgan bo’lib, uni yordamida dasturchi xech qanday kod yozmasdan installyatsion dastur yaratishi mumkin.
InstallShield Express dasturi
Dasturlar yaratilganidan so`ng, ularni boshqa kompyuterlarda ishlatish uchun, o`rnatuvchi (Установочный) disklarni yaratish lozim bo`ladi. Bunday disklarni
yaratish uchun maxsus tuzilgan dasturlar bo`lib, ulardan keng tarqalgani InstallShield Expres dasturidir. Borland shu dasturdan foydalanishni tavsiya etgani bois InstallShield Express dasturi Delphining o’rnatuvchi diskidan joy olgan.
InstallShield Express yordamida installyatsion disketlarni yaratish jarayonini quyidagi misol yordamida ko’rib o’tamiz. Universal test dasturi uchun installyatsion disk yaratish kerak bo’lsin.
Eslatma: InstallShield Express utiliti Delphini o’rnatish paytida avtomatik tarzda o’rnatilmaydi. Uni o’rnatish uchun Delphini o’rnatuvchi dasturni ishga tushirish va hosil bo’lgan Delphi Setup Launcher muloqot oynasidan InstallShield Express Custom Edition for Delphi buyrug’I tanlanadi.
Installyatsion disketni yaratish uchun InstallShield Express ni ishga tushirish kerak. Hosil bo’lgan Welcome muloqot oynasidan Create a New Setup Project (yangi proyekt yaratish) ni tanlab, Ok tugmasi bosiladi (32-rasm).
32-rasm. Dastur ishga tushirilganidan keyingi InstallShield Express muloqot oynasi.
Hosil bo’lgan New Project (33-rasm) muloqot oynasiga proyekt haqidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Project Name maydoniga – proyekt nomi; New Subdirectory maydoniga katalog nomi, InstallShield Express dasturi ushbu katalokka barcha yaratiluvchi fayllarni joylashtiradi. Directory va Drive ro’yxatdan foydalanib proyekt katalogini qayerga joylashishini ko’rsatish mumkin.
Create tugmasi bosilgandan so’ng installyatsion dastur yaratuvchi proyekt oynasi ochiladi. Bu yerda yaratilayotgan o’rnatuvchi dastur parametrlarini aniqlovchi buyruqlar ketma-ketligi joylashgan (34-rasm).
33-rasm. New
Project muloqot oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |