14.13-rasm.
Bu oynada Default filename maydoniga avval yaratilgan HLP-faylning nomini va Default title mydoniga esa yordam tizimi sarlavhasini kiritish kerak. So’ngra Add Above yoki Add Below tugmalaridan foydalanib mundarijani yaratish mumkin. Bu tugmalar mos ravish joriy qatordan yuqoriga yoki pastga qator qo’shadi. Move Right va Move Left tugmalari mos ravishda joriy qatorni o’ngga va chapga suradi. Edit va Remove tugmalari mos ravishda joriy qatorni taxrirlaydi yoki o’chiradi. Qo’shish tugmalaridan biri bosilganda Edit Contents Tab Entry muloqot oynasi ochiladi. Bu oynada quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
Mundarijaga yangi bo’lim qo’shish uchun Heading maydonini tanlab,
Title maydoniga bo’lim nomi kiritiladi (14.14-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |