59
aniq lab olish kerak. Bu daqiqalarda esa tomonlar muhokama uchun
zarur ma’lumotlar to‘g‘risida, shuningdek, hujjatlar yoki og‘zaki
deklaratsiyalar to‘g‘risida kelishib olishadi. Muzokaralarning bosh-
lanish vaqtiga ikkala tomon ham so‘zsiz rioya etishi qabul qilin-
gan.
Ish uchrashuvlari, ayniqsa, muzokaralar
maxsus ajratilgan va
moslashgan xonada (zalda) o‘tkaziladi. Muzokaraning har bir ish-
tirokchisi oldiga ishtirokchining familiyasi, ismi va otasining ismi,
u vakil bo‘lsa firma yoki tashkilot nomi ko‘rsatilgan yozuv tax-
tachalarini qo‘yib qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Joylar (stullar) yetishmasligi holatlari bo‘lmasligi shart.
Zarur hollarda muzokaralarga maxsus ajratilgan (tashrif etilgan)
xodimlar (mutaxassislar) xizmat ko‘rsatishadi.
Ishtirokchilar stollar ustidan qog‘ozlar va yozuv-chizuv uchun
kerakli narsalarni topa olishlari lozim. Shuningdek, stollar ustiga
salqin ichimliklarini ham qo‘yish o‘rinlidir.
Oz miqdorda pishi-
rilgan narsalar bilan choy va kofelar qo‘yish ham tavsiya etiladi.
Rasmiy qabullar odatda yirik ko‘rgazmalar, konferensiyalar
ochilishi va savdo shartnomalarini imzolash davrlarida uyushtirila-
di. Rasmiy qabul tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lsa, u qaysi shakl-
da bo‘lishdan qat’i nazar alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Av-
val qabul turi aniqlanadi, so‘ngra tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan
maqsad, o‘tkaziladigan joyi, mehmonlar ro‘yxati, taklifnomalarni
tarqatish tartibi, stollar joylashuvi rejasi, ularni jihozlash, nutqlar
va xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullaniladi. Qabul bayram
kunlari o‘tkazilmaydi.
Mehmonlarga 1–2 hafta oldin taklifnoma jo‘natiladi. Taklifno-
ma tipografik usulida tayyorlanadi. Oldin har bir taklif etiluvchiga
og‘zaki maslahat solib ko‘riladi, rozi bo‘lsa taklifnoma jo‘natiladi.
Katta e’tiborni mehmonlarning joylashuviga qaratish zarur. Bu
masalada har bir mehmonning xizmat
va ijtimoiy holatini qat-
tiq nazarda tutish lozim. Ularning stoldagi joylarini hisobga olish
zarur.
Mehmonlarni stolga joylashtirish tartibi quyidagicha:
Eng e’tiborli mehmon uy bekasining o‘ng tomoniga, eng e’tiborli
mehmonning oilasi uy egasining o‘ng tomoniga joylashadi. Qol-
ganlari lavozimi, yoshi bo‘yicha bitta erkak, bitta ayol tarzida joy-
lashadilar.
60
Umuman rasmiy yoki uydagi barcha qabullarda ishtirok etishda
o‘zini tutishning asosiy qoidalariga amal qilish quyidagicha:
Erkaklar: oyoqni almashtirib o‘tirmaydi, shimni paypoq dara-
jasidan yuqoriga ko‘tarmaydi.
Ayollar: o‘tirganda ko‘ylak va yubkani ko‘tarmaydi, past kres-
loga o‘tirganda oyoqni almashtirmaydi. Tizzani bir-biriga juftlagan
holatda
bir tomonga qaratib, oyoqni bir joyda ushlab turadi.
Qabulning bosh qoidalaridan biri, bu aniqlik, nafaqat o‘z vaqtida
kelish, balki chiroyli, o‘z vaqtida kuzatilishi hamdir.
Qabul davrida barcha mehmonlar uchun qiziqarli bo‘lgan voqea
va hodisalar haqida gap olib borish kerak. Iloji boricha ish yuza-
sidan suhbatlashuv, tortishuvlaridan yiroq bo‘lishiga harakat qilish
lozim.
Muzokara davomida yoki u yakunlangandan so‘ng
mehmon-
larni tushlik yoki kechki ovqatga taklif etish yaxshi odat.
Barcha mamlakatlarda yaxshi odat aniqlikning belgisi hisobla-
nadi. Qabulga 15 daqiqagacha kechikib kelishga ruxsat etiladi.
O‘ndan uzoq vaqt kech qolib ketish o‘ta qo‘pol hurmatsizlik
hisoblanadi. Agar kechikib kelishga uzrli sabab bo‘lsa, oldindan
ogohlantirib qo‘yiladi, kechirim so‘raladi. Muddatdan oldin ke-
lish ham yaxshi odat emas, mezbonlarni noqulay holatga tushirib
qo‘yish mumkin.
Ish uchrashuvlari tashkil etilishini to‘laligicha tashabbuskor to-
mon yoki kelishuv bo‘yicha qabul qiluvchi tomon bo‘lib qoluvchi
tomonlardan biri o‘z zimmasiga oladi. Ko‘pincha muzokaralar kok-
teyl, lanch, kechki ovqatlanish va qabulning boshqa turlari shunday
tartibli tadbirlar shaklida o‘tkaziladi.
Lanch
(2-nonushta) odatda soat 9.30 va 10 lar o‘rtasida uyush-
tiriladi va 1–1,5 soat davom etadi (nonushtaninng o‘ziga 45–60
daqiqa va choy yoki kofe uchun 15–30 daqiqa).
Do'stlaringiz bilan baham: